101
qaytishda, Yamanda bwlgan chog’ida Jafar podshoh’ kutubxonasida
turkiy tildagi
mazkur asarni topgani va u Amir Temurning h’aёt ywli h’aqidagi wzi ёzgan
ekanligini takidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni
fors tiliga tarjima qilgan. Lekin Arabistondan olib kelingan asliyatdan ёki
Hindistonda bwlgan biron qwlёzma nusxadan wgirilgani aytilmagan.
Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk
boburiylardan Shoh’ijah’onga tortiq qiladi. Keyin bu tarjima Muh’ammad
Afzal
Buxoriy (vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy tah’rir qilingan.
“Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat:
Birinchi maqola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustah’kamlash,
qwshinni tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan.
İkkinchi maqolada 13 kengash va uning qismlarida Amir Temurning
h’okimiyat tepasiga kelishi va h’arbiy yurishlari tafsilotlari beriladi.
“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafaqat h’ukmdorlar va malumotli
kishilar orasida, balki jah’on ilm ah’li wrtasida shuh’rat topti. Asarning kwlёzma
shaklida h’am, toshbosma shaklida h’am, shuningdek jah’onning
kwp tillariga
qilingan tarjima shaklida h’am (inglizcha, frantsuzcha, urdu, rus va wzbek tillarida)
nashr etilishi swzimizga isbot –dalildir.
İkki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muh’ammad Afzal Buxoriy xizmatlari
tufayli “Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha etib kelgan. Bu tarjimaning mwtabar
qwlёzmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya,
Frantsiya va
boshqa mamlakatlar xazinalarida mavjud.
“Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 va 1963 yillari ovrupo
va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan.
“Temur tuzuklari”ni twliq 1857 yili Xivada Muh’ammad Yusuf Rojiy
tomonidan va 1858 yili Pah’lavon Niёz devon tarafidan turkiy-wzbek tiliga tarjima
qilingan. Ularning birinchisi “Tuzuki Temuriy”, ikkinchisi “Malfuzot”
nomi bilan
malum. Yana bir tarjima Xwjand qozisi Nabijon mah’dum tarafidan, Qwqon xoni
Muh’ammad Alixon (1821-1858 yy.)ning topshirig’iga binoan amalga oshirilgan.
“Temur tuzuklari” asarini Alixon Twra Sog’uniy 1967 yili Mir Abu Tolib
tarjimasini wzbekchaga tarjima qilgan edi. 1990 yili Alixon Twra tarjimasini
“Temur tuzuklari”ni Bombay nashri matni asosida Habibullo
Karamatov yana bir
tarjimani amalga oshirib, nashr ettirdi.
“Temur tuzuklari”ning manba sifatidagi tarixiy ah’amiyati buyuk ekanligi
mutaxassislarning unga bwlgan katta etiboridan bilish mumkin. Asarning sakkizta
mwtabar qwlёzmasi
Toshkentda, Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: