Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   276
9.2.5. “Vaqoyi” 
“Vaqoyi”- voqealar Zah’iriddin Muh’ammad Boburning jah’onga 
“Boburnoma” nomi bilan mashh’ur bwlgan shoh’ asarining asl nomidir. Muallif 
asarda wzining wn ikki ёshida Farg’ona viloyati podshoh’i, deb kwtarilgan 
vaqtidan boshlab, h’aёtining oxiriga qadar bwlib wtgan voqealarni yilma-yil baёn 
qilgan. Dunёda mavjud asarning barcha qwlёzmalarida bir necha yil, xususan 
1509-1518, 1521-1524 yil voqealari baёni tushib qolgan. 
Bobur Farg’ona viloyati h’okimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-
1494 yy.) twng’ich wg’li, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shah’rida tug’ilgan. U 
1494 yilning 5 iyunida, h’ijriy isobda wn ikki ёshida h’alok bwlgan otasi wrniga 
Farg’ona taxtiga wtqaziladi. Lekin oradan kwp vaqt wtmay, mamlakatda avj olgan 
wzaro kurash natijasida mag’lubiyatga uchrab, Farg’onani tashlab chiqishga 
majbur bwladi. 
Uning 1497-1500 yillari Samarqand taxti uchun olib borgan kurashi h’am 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Bobur 1504 yilga qadar Farg’ona va Samarqand uchun kurashdi, ammo 
Temuniylar wzaro birlasha olmadilar. Natijada, u tajribali Shayboniyxon bilan 
bwlgan janglarda mag’luyuiyatga uchrab, wz yurtini tark etib, omad va baxt izlab 
Kobulga ywl oldi. Kobulni egallagan Bobur wz mavqeini asta-sekin 
mustah’kamlab bordi. 


 
104
1511 yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshoh’i Shoh’ İsmoil 
Safaviyning (1502-1524 yy.) h’arbiy ёrdamiga tayanib, Samarqandni uchinchi bor 
egallashga muvaffaq bwldi. Ammo uning wz xalqi etiqodi – sunniy mazh’abni 
inkor etib, kishilarga shialar kiyimida kwrinishi, ah’olini undan ixlosini qaytardi. 
Bu safargi Boburning bobo meros poytaxt Samarqanddagi h’ukmronligi bir yilga 
h’am etmadi. 
1512 yilning bah’orida Kwli Malik (Xayrobod bilan Qorakwl orasida 
joylashgan mavze) degan joyda bwlib wtgan jangda Shayboniylardan 
Ubaydullaxon, Muh’ammad Temur Sulton, Jonibek Sulton va boshqalarning 
birlashgan kuchlari uning qwshinlarini tor-mor keltirdi. 
Bobur Hisori shodmon tomonga chekindi va qariyb ikki yil mobaynida wsha 
viloyatda kun kechirdi va 1514 yili yana Kobulga qaytdi. 
U 1514-1525 yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bwysundirish 
maqsadida besh marta qwshin tortadi, lekin faqat swnggi yurishi (1525 y.) 
natijasida boy va ulkan mamlakatni egalladi. Bobur tarixda yangi saltanatga asos 
soldi. Uning davlati g’arbda yanglish Buyuk mwg’ullar nomi bilan mashh’ur bwlib 
ketgan, aslida esa bu Hindistondagi Temuriylar ёki Boburiylar davlatidir. 
Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Hindistondagi poytaxti Agra shah’rida 
vafot etdi. Ammo uning vasiyatiga kwra, keyincha uning xoki Kobul shah’ridagi 
wzi asos solib obod qilgan bog’ga kwmildi. Uning qabr toshi keyincha chevarasi 
Nuriddin Muh’ammad Jah’ongir (1605-1627 yy.) tomonidan wrnatilgan. 
Bobur istedodli qalam soh’ibi sifatida ikki devon-sherlar majmuasi, aruz 
ilmiga oid risola, islom qonunshunosligi masalalariga bag’ishlangan “Mubayyin” 
nomli masnaviysi, Ubaydulla Xoja Ah’rorning “Volidiya” risolasining turkiy 
tarjimasi, musiqa va h’arbiy ishga oid risolalari muallifi, maxsus yangi alifbo 
“Xatti Boburiy” ixtirochisi h’amda “Vaqoyi” asarining ijodkoridir.  
“Vaqoyi” memuar – xotira tipidagi asar bwlib, wzining baёn uslubi bilan 
“Temur tuzuklari”ni eslatadi. Kitobda Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Hisori 
shodmon, Chag’oniёn, Kobul, Xuroson poytaxti Hirot h’amda Shimoliy 
Hindistonning XU asr ikkinchi yarmi va XU1 asr birinchi wttiz yilligidagi 
ijtimoiy-siёsiy ah’voli batafsil ёritilgan. Asar mazmunini shartli uch qismga bwlish 
mumkin: 
3.  Farg’ona va Movarounnah’r voqealari davri (1494-1504 yy.); 
4.  Kobul va Xuroson voqealari davri (1504-1525 yy.); 
5.  Hindiston voqealari davri (1525-1530 yy.). 
Siёsiy voqealar baёnidan tashqari, asar geografik h’amda etnografik 
malumotlarga boy. Undan Farg’onaning turk-mwg’ul qabilalari, kwchmanchi 
wzbeklar qwshini tuzilishi, Movarounnah’r, Xuroson va Hindiston xalqlarining 
urf-odatlari, h’ayvonoti, nabototi, parrandalari va boshqalar twg’risida tafsilotlar 
h’am wrin olgan. 
“Vaqoyi” asari asl matni uch marta, birinchi marta 1857 yili Qozonda 
N.İ.İlminskiy tomonidan Buxoro qwlёzmasi va ikki marta 1905 va 1970 yillari 
Angliyaning poytaxti London shah’rida A.Beverij xonim tomonidan Haydarobod 
qwlёzmasi asosida chop qilingan edi. 


 
105
1995-1996 yillari yapon olimi Eyji Manu “Vaqoyi” asari matnini twrtta 
turkiy va uchta forsiy qwlёzmalari asosida tuzib, unga mukammal kwrsatkichlarni 
aloh’ida jild sifatida ilova qildi. Bu tadqiqotchi keyincha yapon tilida tarjima va 
kwrsatkichlarni ikki jildda chop etdi. 
Kirill-rus alifbosida 1948-1949 yillari ikki jildda S.Mirzaev va P.Shamsiev 
tomonidan birinchi bor va 1960 yili bir jild sifatida chop qilingan edi. 
2002 yili S.Hasanov tomonidan P.Shamsiev, S.Mirzaev va Eyji Manu 
nashrlari asosida “Vaqoyi” asar matnini chop etdi. Ammo bular va boshqa nashrlar 
ushbu jah’onga mashh’ur asarning asl nusxasining ilmiy akademik nashri emas.   
Garchi “Vaqoyi” asl nusxa matni ilmiy asosda tiklanmagan bwlsa-da, uni 
tarjima qilish, wrganish h’ali asar twla tugamasdan oldin boshlangan edi. 
İlk marti “Vaqoyi” asarini fors tiliga tarjima qila boshlagan va bir qismini 
tarjima qilgan shaxs Boburning safdoshi va sadri Shayx Zayn Xavrfiy (vaf.1534 y.) 
edi. 
Asar butunlay tugamasdan turib, undan bir nusxani Bobur kwchirtirib 
Movarounnah’rga jwnatgan edi. 
“Vaqoyi” bilan tasodifan tanishgan Boburning chevarasi Sulton Salim, 
bwlg’usi Jah’ongir otalig’i, manaviy ustozi Qutbiddin Muh’ammad Beklarbegi 
wg’li Beh’ruzxon Navrangxondir. U Mirzo Poyanda Hasan G’aznaviydan asarni 
fors tiliga tarjima qildira boshlaydi. Ammo tarjimon vafot etgach, Muh’ammad 
Quli Hisoriyni bu ishga jalb etib, 1586 yili tarjima nih’oyasiga etadi. 
Uchinchi marta “Vaqoyi”ni fors tiliga tarjima qilish tashabbuskori 
Boburning nabirasi Jaloliddin Muh’ammad Akbar (1556-1605 yy.) edi. U asarni 
Bayramxon wg’li Abdurah’imxonga tarjima qildirib, uning kwplab nusxalarini 
nafis mwjaz rasmlar bilan bezattirgan. Forsiy tildagi ushbu uchchala tarjima asl 
matnni tiklashda katta ilmiy ah’amiyatga ega. 
“Vaqoyi” asari g’arb olimlari ichida mashh’ur va juda katta obrw-etiborga 
molik. Asar ingliz tiliga uch marta 1826, 1921 va 1990 yillari twla tarjima qilingan 
bwlsa, uning ixcham va qisqartirilgan nashrlari wn beshdan ziёddir. Aytish 
mumkinki, swnggi ikki yuz yil davomida ingliz sharqshunoslari “Vaqoyi” asarini 
juda jiddiy wrganmoqdalar va maxsus Boburshunoslik ilmiy ywnalishiga asos 
solganlar. 
Asarning forsiy toshbosma matni h’am mavjud. Kitob yana ikki marta 
frantsuz tiliga, nemis, turk, yapon, h’ind, urdu, turk, qozoq tillariga tarjima 
qilingan. 
Umuman, sharq tarixiga oid asarlar ichida “Vaqoyi” bksak mavqega ega. 
Shunday tarixiy obida twg’risida uch marta akademik S.Azimjonova tomonidan 
rus tilida kitoblar chop etilgan bwlsa-da, wzbek tilidagi tadqiqotlar asosan filologik 
ywealishda amalga oshirilgan. 
“Vaqoyi” birinchi galda tarixiy manba va u boshqa soh’a mutaxassislari 
uchun h’am bebah’o obida va ibratli namunadir. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish