Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn”



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   276
8.3.25. “Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” 
“Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” (“İkki saodatli yulduzning chiqish 
joyi va ikki azim darёning qwshilish eri”) nomli yirik tarixiy asar muallifi wz 
davrining yirik diplomati va tarixchi olimi Abdurazzoq Samarqandiydir. Uning 
twla ismi Kamoluddin Abdurazzoq ibn Jaloluddin İsh’oq Samarqandiy (1413-1482 
yy.) bwlib, Hirotdagi badavlat va nufuzli xonadonlarning biriga mansubdir. 
Tarixchining otasi Shoh’ruh’ h’uzurida qozi askar va imomlik lavozimida turgan. 
Abdurazzoq yaxshi wqib, fiqh’, tafsir, h’adis, arab tili, g’azal va tarix ilmlarini 
puxta egallagan, wz zamonasining etuk olimlaridan biri bwlib etishdi. 
Abdurazzoq Samarqandiy 1438 yili wzining qozi Azizuddinning arab tili 
grammatikasining bazi masalalari, yuklama va olmoshni tadqiq etuvchi “Risolayi 
Azudiya” kitobiga bag’ishlangan sharh’ini ёzib tamomladi va uni Shoh’ruh’ga 
taqdim qildi. Hukmdor asar bilan tanishib va ёsh olimdagi ulkan saloh’iyatni 
kwrib, uni saroy xizmatiga, devoni inshoga tayin qildi. Shu vaqtdan boshlab to 
1463 yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shoh’ruh’, swngra Abulqosim 
Bobur (1451-1457 yy.) va boshqa Temuriy shah’zodalarning saroyida xizmat qildi. 


 
94
Abdurazzoq Samarqandiy kwproq xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan 
diplomatik  ёzishmalarni h’ozirlash, shuningdek elchilik ishlari bilan mashg’ul 
bwlgan. Masalan, u Shoh’ruh’ davrida 1441 yili Janubiy Hindistonga elchi qilib 
yuboriladi. Kolikut shah’rida h’amda Vijayanagar rojaligida bwlib oradan ikki yil 
wtgach, 1444 yilning 27 dekabrida Hirotga qaytib keladi. Mazkur elchilik 
Temuriylar davlatining Hindiston bilan bwlgan munosabatlarini mustah’kamlash 
va rivojlantirishda katta rol wynaydi. Abdurazzoq Samarqandiy Hindiston safari 
vaqtida kwrgan-bilganlarini twplab, bir xotira sifatida ёzib qoldirgan va bu 
malumot Temuriylar davlati bilan Hindistonning wsha vaqtlardagi ijtimoiy-siёsiy 
ah’voli, ayniqsa Hindistonning ijtimoiy va madaniy h’aёtini wrganishda katta wrin 
tutadi. 
Abdurazzoq Samarqandiy 1447 yili Shoh’ruh’ning topshirig’i bilan Gilonga 
bordi va uning h’okimi amir Muh’ammad bilan muzokaralar olib bordi. Wsha yili 
u Misrga elchi qilib tayinlandi, lekin Shoh’ruh’ning 1447 yil 12 martdagi vafoti 
tufayli bu tashrif amalga oshmay qoldi. 
Abdurazzoq Samarqandiy Abulqosim Bobur xizmatida bwlgan kezlarida 
uning h’arbiy yurishlarida, masalan, 1458 yili Mozandaron va 1454 yili Samarqand 
ustiga qilgan yurishlarida qatnashdi. 1458 yili Hirotni egallagan Sulton Abu Said 
Mirzo uni 1463 yili Shoh’ruh’ xonaqosiga shayx qilib tayinladi va Abdurazzoq  
umrining oxirigacha wsha manzilda istiqomat qilib, asosan ilmiy ish bilan 
mashg’ul bwldi. 
Abdurazzoq Samarqandiy yirik tarixnavis olim sifatida h’am nom qoldirdi. 
U Eron, Wrta Osiё va Wzbekistonning XIV-XV asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy h’aёtidan, shuningdek, Temuriylar davlatining qwshni mamlakatlar 
Hindiston, Xitoy va boshqalar bilan iqtisodiy, siёsiy va madaniy aloqalari tarizidan 
baxs yurituvchi “Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” deb ataluvchi asari bilan 
mashh’ur bwldi. Kitob 1467-1470 yillar orasida yakunlangan. 
“Matla us-sadayn” ikki qism – daftardan iborat: 1) Elxon Abu Said (1316-
1335 yy.) davridan to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning Samarqand 
taxtiga wtirishigacha, yani 1405 yilgacha bwlgan davr tarixi va 2) Shoh’ruh’ning 
1405 yili Hirotda Temuriylar imperiyasining oliy h’ukmdori deb elon qilinishidan 
to Temuriy Abu Saidning 1469 yili wldirilishigacha bwlgan tarixi. Asarning 1427 
yilgacha bwlgan davrni wz ichiga olgan qismi kompilyatsiya bwlib, Hofizi 
Abruning “Majmu at-tavorix” kitobi asosida ёzilgan.      
Asarda voqealar xronologik tartibda, yilma-yil baёn qilingan. Bu h’ol 
kitobdan foydalanishda katta qulayliklar tug’diradi, albatta. 
“Matla us-sadayn”ning qwlёzma nusxalari Sankt-Peturburg, Toshkent, 
Dushanbe va Angliya, Frantsiya, Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlarning 
kutubxonalarida saqlanmoqda. 
Asarning ikkinchi davtari matni Muh’ammad Shafe tarafidan 1941 va 1949 
yillari Loh’ur shah’rida chop etilgan. 
Abdurazzoq Samarqandiyning Hindistonga qilgan safari baёn etilgan qismi 
h’amda ikkinchi davtarning 1405-1427 yillar voqealarini wz ichiga olgan birinchi 
qism-juz A.Wrinboev tarafidan wzbek tiliga tarjima qilinib, 1960 va 1969 yillari 
chop etilgan.  


 
95
“Matla us-sadayn” asarining ikkinchi qismi, xususan uning 1427-1469 yillar 
voqealarini wz ichiga olgan qismi yangi bwlib, Eron, Markaziy Osiё va 
Wzbekistonning shu davr ichidagi ijtimoiy-siёsi“Matla us-sadayn”y tarixi va 
madaniy h’aёtini wrganishda asosiy manba vazifasini wtaydi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish