(1) Covid-19 davrida iqtisodiyot.
7. Rivojlanish Innovatsiyasi.
Chop etilgan : 9-aprel, 2020.
(2) Bu bob biz qanday qilib o’z yo’limizni yaratib bu va kelajakdagi inqirozlardan chiqib keta olishimiz haqida. Shuning uchun mavzuni "Uddalab bo’lmas topshiriq-2" filmi bilan boshlasak to’g’ri bo’ladiganga o’xshaydi. 2000-yilda chiqarilgan bu filmda raqib tomon o’zining g’ayrioddiy daromad rejasiga ega Avstraliyaning biotexnik kompaniyasi ("Biosayt Farmasefrikals", bilishingiz shart bo’lsa). Ular juda yomon pandemiyaga sabab bo’luvchi Chimera virusini yaratishadi - u qizil qon hujayralarini vayron qilishidan avval tanada 20 soat davomida harakatsiz bo’ladi. Bir plan bu virusni tarqatish bilan qo’rqitish va bunday qilmaslik uchun pul ishlash bo’ladi. Lekin Biosaytdagilar biroz oldinroqqa qadam tashlashadi. Ular virusni tarqatishni reja qilishadi, sababi allaqachon uning davosini ham yaratishgan. Va tushuningki, ular buning uchun patentga ega bo’lishadi. Shuni aytish kifoyaki, ayrim kapitalistlar buni "mablag’ bilan ta'minlasa bo’ladigan" deb atashgan bo’lardi.
Film syujeti virus chiqarilishini to’xtatish va mabodo uning davosi mavjud bo’lsa, uning xavfsizligini ta'minlashga bölgan harakatlarni o’z ichiga oladi. Lekin hayronman, shunday qilishlari shartmidi? Reja virusni tarqatib yuborish va uning davosi uchun pul ishlash edi. Dorilar sotuvga chiqqandan keyin odatda, ulardan nusxa ko’chirish va patent olish oson bo’ladi. Bu yerdagi reja patent orqali dunyo hukumatlaridan global boylikning ko’p qismini tortib olish edi. Lekin bir muammo bor : patent o’sha hukumatlar tomonidan beriladi. Albattaki bu vaziyatda ular patentni bekor qilib, dorini olib qo’yolisharmidi?
Gap shundaki, global pandemiyalar oldidagi innovatsiyalar haqida gap ketganda, odatiy biznesni innovatsion tizimimiz uchun qo’llashimiz dargumon. Sababi shundaki, innovatsiya yaratilgach, uni erkin foydalanish uchun chiqarishga va jarayonda, o’tkazilgan har qanday izlanish va rivojlantirishga qarshi kuchli bosim mavjud. Buni kutgan holda, bizneslar izlanish va rivojlantirishga birinchi navbatda investitsiya kiritmasliklari mumkin. Va bu bir taxminiy holat emas.
Bunday xavotirlar firmalar uchun juda jiddiydir. Misol uchun, senator Paula Hovkins yirik vaksina ishlab chiqaruvchisidan AQSh hukumatidan chet mamlakatlariga nisbatan vaksinalar uchun taxminan 3 baravar ko’proq haq olishni qanday oqlashini so’raganidan keyin, AQShdagi vaksina ishlab chiqaruvchilari vaksina bilan ta'minlash bo’yicha YUNISEFga takliflar berishni to’xtatdi.... Prezident Bill Klinton barcha bolalarni 1993-yildagi standart kasallik turlariga qarshi emlashni e'lon qilganida u shunday degan: "Men Amerika dunyo uchun vaksina ishlab chiqarishiga, uni chetda arzonroqqa sotishiga, va Boliviya va Gaitidan farqli o’laroq, bu yarimshardagi boshqa millatlarga qaraganda aholi soniga hisoblaganda oz sonli bolalarni emlaydi deb jiddiy o’ylashlariga ishona olmayman" .... Bu bayonotlar oldida, firmalar duch kelishi mumkin bo’lgan xatarlar haqiqiy bo’lib ko’rinadi.
7 milliard odamga foydasi tegishi mumkin bo’lgan, Covid-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqilsa, unga belgilangan monopoliyacha narxni dunyo hukumatlari qabul qilishi dargumon. Hayotni saqlab qoluvchi dorilar uchun narxlar kishi boshiga 100 minglab atrofida bo’lishi noodatiy hol emas. Shuni aytish kifoyaki, AQSh kabi mamlakatga berish mo’ljallangan vaksinaning hatto dozasi 10 ming dollar bo’lsa ham hukumatga bu 3 trillion dollarga tushadi. Bu sodir bo’lmaydi.
(3) Covid-19ga qarshi vaksinaga hukumatlar qanchadir pul sarflashi mumkinmi? Ha. Bu pullar vaksinani ishlab chiqarish va sinovdan o’tkazishdagi tavakkal va xarajatlarni qoplaydimi? Umid qilamiz. Ammo inqiroz davridagi mavhumlik sabab, farmasevtika kompaniyalari va tadqiqotchilari qo’shimcha mavhumlik qo’shishlari shart emas degan xavotir bor. Bundan tashqari, bu faqatgina hozirgi inqiroz haqida emas. SARS va H1N1 kabi koronavirus ham yaqin kelajakda biz bilan birga bo’lishi va yillik vaksina ishlab chiqarilishiga talab bo’lishi mumkin. Hozirgi davrdagi global pandemiyaning xarajatini his qilgan holda va nihoyat boshqa innovatsiyalarga talabda bo’lishimiz mumkin (masalan pandemiyalarni bashorat qiluvchi va tekshiruvchi usullar). Bularning barchasi keng foydalanish ğoyasi bilan jamoat harakteriga ega bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, ushbu narxlar, biz tasavvur qilganimizdek, kelajakda pandemiya profilaktikasi uchun kam xarajat qiladigan hukumatlar bilan muzokaralarda belgilanadi. Shuni hisobga olib, global jamoatchilik farovonligini oshiradigan g’oyalar uchun innovatsion tizim haqida qanday o’ylashimiz kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |