O`quv materiallari


 Korxonalarda debitorlik qarzlarini boshqarish



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

2. Korxonalarda debitorlik qarzlarini boshqarish 

Debitorlik qarzlari tarkibiga xaridor va buyurtmachilarning qarzlari, ajratilgan 

boʻlinmalarning  qarzlari,  shoʻ’ba  va  qaram  xoʻjalik  jamiyatlarning  qarzlari, 

xodimlarga  berilgan  boʻnaklar,  mol  yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga  berilgan 

boʻnaklar,  byudjetga  soliq  va  yigʻimlar  boʻyicha  boʻnak  toʻlovlari,  maqsadli  davlat 

jamgʻarmalari  va  sugʻurtalar  boʻyicha  boʻnak  toʻlovlari,  ta’sischilarning  ustav 

kapitaliga  ulushlari  boʻyicha  qarzlari,  xodimlarning  boshqa  operatsiyalar  boʻyicha 

qarzlari va boshqa olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar kiradi. 

Debitorlik  qarzlarini  boshqarish  korxona  aktivlarini  boshqarishning  tarkibiy 

qismi hisoblanadi. Shu bilan birga debitorlik qarzlarini boshqarish korxona marketing 

siyosati bilan ham oʻzaro bogʻliq holda tashkil etilishi lozim.  

Debitorlik  qarzlarini  boshqarishda  quyidagilarga  e’tibor  qaratish  maqsadga 

muvofiq: 

Debitorlik  qarzlari  boʻyicha  aniq  chegara  va  me’yorni  belgilash.  Mazkur 

amaliyot  bevosita  pul  mablagʻlari  harakatini  samarali  tashkil  etish  orqali  faoliyat 

uzluksizligiga imkoni beradi. Debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va me’yorni 

belgilash  faoliyat  uzluksizligi  uchun  talab  qilinadigan  pul  mablagʻlari  miqdori  va 

vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 

Iste’mol  kreditlari,  tijorat  kreditlari  boʻyicha  aniq  sxemalar  ishlab  chiqish 

(toʻlov jadvallarini ishlab chiqish). Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) 

uning  iste’mol  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  sotib 

olish  uchun  beriladigan  kreditdir.  Tijorat  krediti  esa  iste’mol  kreditining  tarkibiy 

qismi  hisoblanadi va  tovarlarni  kreditga  berishni  nazarda tutadi. Mazkur  amaliyotda 




166 

 

berilayotgan  kreditlar  boʻyicha  asosiy  summaning  va  foizlarning  qoplanish  tartibi 



aniq grafik asosida belgilab qoʻyiladi va bu grafik kredit oluvchiga taqdim etiladi. 

Xaridorlar bilan optimal hisob-kitob  shaklini belgilash. Bunda    misol  sifatida 

oldindan  toʻlov  tizimidan  keng  foydalanish,  akkreditivlardan  maksimal  foydalanish 

kabilarni  keltirish  mumkin.  Akkreditivlar  toʻlovni  kafolatlash  maqsadida  tijorat 

bankida  maxsus  hisobraqam  ochishni  nazarda  tutadi  va  Oʻzbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  Boshqaruvining  2013  yil  26  apreldagi  9/1-sonli  qarori  bilan 

tasdiqlangan  “Oʻzbekiston  Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  toʻgʻrisida”gi 

Nizomga asosan amalga oshiriladi. 

Akkreditiv  boʻyicha  hisob-kitob  qilinganida  mijozning  (mablagʻlarni 

toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan 

bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs hujjatlarni taqdim 

etgan  va  akkreditivda  nazarda  tutilgan  boshqa  shartlarni  bajargan  taqdirda  toʻlovni 

amalga oshirish majburiyatini oladi. 

Akkreditivning  amal  qilish  muddati  va  u  boʻyicha  hisob-kitob  qilish  tartibi 

mablagʻlarni  toʻlovchi  bilan  mablagʻlarni  oluvchi  oʻrtasidagi  shartnomada  belgilab 

qoʻyiladi. 

Shartnomada yana quyidagilar boʻlishi kerak: 

- mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi; 

- akkreditivning turi va uni bajarish usuli

- akkreditiv ochilganligi haqida mablagʻlarni oluvchini xabardor qilish usuli; 

-  akkreditiv  boʻyicha  mablagʻlar  olish  uchun  mablagʻlarni  oluvchi  tomonidan 

taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi

-  tovarlar  joʻnatilganidan  (xizmatlar  koʻrsatilgan,  ishlar  bajarilganidan)  keyin 

hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar. 

Akkreditiv quyidagi turlarga boʻlinadi: 

-  qoplangan (deponentlangan) akkreditiv

- qoplanmagan akkreditiv. 

Qoplangan  (deponentlangan)  akkreditiv  ochilgan  taqdirda,  mablagʻlarni 

toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini 

yoki  unga  berilgan  kreditni  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bankning 

majburiyatlari  amal  qilib  turadigan  butun  muddatga  mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat 

koʻrsatuvchi bank ixtiyoriga oʻtkazishi shart. 

Qoplanmagan  akkreditiv  ochilgan  taqdirda,  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat 

koʻrsatuvchi bank mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka akkreditivning 

butun  summasini  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bankning 

mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bankda  yuritilayotgan  hisobvaragʻidan 

oʻchirish huquqini beradi. 

Qoplangan  va  qoplanmagan  akkreditivlar  chaqirib  olinadigan  va  chaqirib 

olinmaydigan  shaklda  boʻlishi  mumkin.  Akkreditivda  uning  chaqirib  olinmasligi 

nazarda  tutilmagan  boʻlsa,  bunday  akkreditiv  chaqirib  olinadigan  akkreditiv 

hisoblanadi. 

Akkreditivlar  banklar  tomonidan  koʻzda  tutilmagan  holatlar  boʻyicha  alohida 

balans  hisobvaraqlarida  va  «Mijozlarning  akkreditivlar  boʻyicha  depozitlari»  22602 




167 

 

balans  hisobvaragʻida  hisobga  olinadi.  Mablagʻlarni  oluvchi  uchun  unga  xizmat 



koʻrsatuvchi bankda akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisobvaraqlar ochiladi. 

Chaqirib  olinadigan  akkreditiv  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi 

bank  tomonidan  mablagʻlarni  oluvchi  bilan  oldindan  kelishilmasdan  oʻzgartirilishi 

yoki  bekor  qilinishi  mumkin.  Akkreditivning  chaqirib  olinishi  mablagʻlarni 

toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  uchun  hech  qanday  majburiyatni  vujudga 

keltirmaydi.  

Chaqirib  olinadigan  akkreditiv  shartlarini  oʻzgartirish  yoki  bekor  qilish 

boʻyicha  mablagʻlarni  toʻlovchining  topshiriqlari  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat 

koʻrsatuvchi  bank  orqali  beriladi  va  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi 

bank  tomonidan  mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bankka,  mablagʻlarni 

oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  tomonidan  esa  mablagʻlarni  oluvchiga  xabar 

beriladi. 

Mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank akkreditivni oʻzgartirish yoki 

bekor  qilish  boʻyicha  xabarnoma  olmagan  taqdirda,  chaqirib  olinadigan  akkreditiv 

boʻyicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur.  

Chaqirib  olinmaydigan  akkreditiv  mablagʻlarni  oluvchining  roziligisiz 

oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 

Mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  chaqirib  olinmaydigan 

akkreditivni  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  bilan  tuzilgan 

shartnoma  asosida  tasdiqlashi  mumkin.  Bunda  chaqirib  olinmaydigan  akkreditiv 

tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi. 

Tasdiqlangan akkreditivlarda mablagʻlarni oluvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank 

toʻlovni  amalga  oshirish  boʻyicha  qoʻshimcha  majburiyatlar  oladi.  Tasdiqlangan 

akkreditiv  mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bankning  roziligisiz 

oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 

Akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib 

belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.  

Akkreditivni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi. 

Mablagʻlarni  toʻlovchi  akkreditiv  ochish  uchun  unga  xizmat  koʻrsatuvchi 

bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat 

qiladi. Bunda arizaning: 

birinchi  nusxasi  —  toʻlovlar  amalga  oshirilgandan  soʻng  bankning  kunlik 

hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi; 

ikkinchi  nusxasi  —  mablagʻlarni  toʻlovchining  shaxsiy  hisobvaragʻidan 

koʻchirmaga ilova qilinadi. 

Akkreditiv  summasi  bir  vaqtning  oʻzida  koʻzda  tutilmagan  holatlar  balans 

hisobvaragʻiga kirim qilinadi. 

Akkreditiv boʻyicha shartnoma belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda 

taqdirda,  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  tomonidan  akkreditiv 

ochilmaydi. 

Akkreditivda  nazarda  tutilgan  summa  elektron  toʻlovlar  tizimi  orqali 

mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bankning  hisobvaragʻiga  mijozning 




168 

 

arizasiga  asosan  oʻtkaziladi.  Bunda  bank  akkreditivda  nazarda  tutilgan  summa 



mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi. 

Elektron  toʻlovlar  tizimi  orqali  kelib  tushgan  akkreditivga  arizalar  bank 

tomonidan  ikki  nusxada  chop  etilib,  uning  bir  nusxasi  bankning  kunlik  hujjatlar 

yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi «Toʻlov muddatini kutayotgan hisob-

kitob hujjatlari» (1-kartoteka) 90962 balans hisobvaragʻiga joylashtiriladi. 

Akkreditivni  muddati  tugaguniga  qadar  mablagʻlarni  oluvchi  va  mablagʻlarni 

toʻlovchi  oʻrtasida  tuzilgan  shartnomada  belgilangan  va  mablagʻlarni  oluvchi 

tomonidan  akkreditiv  shartlari  bajarilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlar  ikki  nusxada 

taqdim  qilingan  taqdirda,  tegishli  summa  uning  hisobvaragʻiga  oʻtkazib  beriladi. 

Bunda  bank  tomonidan  mablagʻlarni  oluvchining  akkreditiv  shartlariga  rioya 

qilganligi  hamda 

ularning 

bajarilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  toʻgʻri 

rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart. 

Mablagʻlarni  toʻlovchi  va  mablagʻlarni  oluvchi  oʻrtasida  tuzilgan  akkreditiv 

boʻyicha  shartnomada  belgilangan  shartlarning  bittasi  bajarilmagan  taqdirda  ham 

akkreditiv boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.  

Mablagʻlarni  oluvchining  hisobvaragʻiga  mablagʻlarni  oʻtkazishda  bank 

tomonidan  toʻrt  nusxada  memorial  order  rasmiylashtirilib,  uning  «Toʻlov  maqsadi» 

grafasida  toʻlov  qaysi  shartnoma  asosida  amalga  oshirilayotgan  boʻlsa,  shu 

shartnomaning tartib raqami va sanasi koʻrsatiladi. Bunda memorial orderning:  

birinchi  nusxasi  —  tasdiqlovchi  hujjatlar  nusxasi  bilan  birga  bankning  kunlik 

hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi; 

ikkinchi  va  uchinchi  nusxalari  —  ularga  tasdiqlovchi  hujjatlar  nusxasi  ilova 

qilingan holda mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboriladi

toʻrtinchi  nusxasi  —  shaxsiy  hisobvaragʻidan  koʻchirma  bilan  birga 

mablagʻlarni oluvchiga beriladi hamda akkreditiv boʻyicha toʻlangan summa «Toʻlov 

muddatini 

kutayotgan 

hisob-kitob 

hujjatlari»  (1-kartoteka)  90962  balans 

hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi. 

Mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  tomonidan  akkreditivning 

ijro  etilganligi  toʻgʻrisidagi  hujjat  mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi 

bankdan  olingandan  soʻng,  akkreditiv  summasi  koʻzda  tutilmagan  hollar 

hisobvaragʻidan  memorial  orderga  asosan  hisobdan  chiqariladi  va  memorial 

orderning  bir  nusxasi  tasdiqlovchi  hujjatlar  ilova  qilingan  holda  mablagʻlarni 

toʻlovchiga beriladi. 

Akkreditiv  mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bankda  quyidagi 

holatlarda yopiladi: 

- akkreditiv muddati tamom boʻlgach; 

-  mablagʻlarni  oluvchining  akkreditivning  amal  qilish  muddati  tamom 

boʻlgunga  qadar  undan  foydalanishdan  voz  kechishi  haqidagi  arizasiga  koʻra,  agar 

bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa; 

-  mablagʻlarni  toʻlovchining  akkreditivni  butunlay  yoki  qisman  chaqirib  olish 

haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari boʻyicha 

yoʻl qoʻyilsa. 



169 

 

Akkreditiv  yopilganligi  haqida  mablagʻlarni  oluvchiga  xizmat  koʻrsatuvchi 



bank mablagʻlarni toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bankni xabardor qilishi kerak. 

Akkreditiv  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  tomonidan 

xabarnoma  olingan  kunda  «Mijozlarning  akkreditivlar  boʻyicha  depozitlari»  22602 

balans  hisobvaragʻidagi  summadan  kam  boʻlmagan  summaga  kamaytiriladi  yoki 

yopiladi. 

Qoplangan  (deponentlangan)  akkreditivning  foydalanilmagan  summasi 

akkreditiv  yopilishi  bilan  bir  vaqtda  mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi 

bankka  qaytarib  berilishi  kerak.  Mablagʻlarni  toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank 

qaytarib berilgan summalarni mablagʻlarni toʻlovchining mablagʻlar deponentlangan 

hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart. 

Akkreditivdan  toʻliq  foydalanilmaganligi  sababli,  mablagʻlar  toʻlovchiga 

xizmat  koʻrsatuvchi  bankka  qaytarilgan  taqdirda,  bank  tomonidan  ochilgan  koʻzda 

tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻi ham yopiladi. 

Akkreditiv boʻyicha qisman toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablagʻlarni 

toʻlovchiga  xizmat  koʻrsatuvchi  bank  amalga  oshirilgan  qisman  toʻlovlarni  koʻzda 

tutilmagan holatlar balans hisobvaragʻidan hisobdan chiqarib boradi. 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish