Loyihalarni amalga oshirish shartlari, birlikda
Loyiha
IC
0
CF
t
PV
t
NPV
A
-10000
16500
15000
5000
B
-100000
115000
105000
5000
Ikkala loyiha boʻyicha ham sof joriy qiymat 5000 birlikni tashkil etadi, bu oʻz
navbatida tanlash shart boʻlgan holatda eng yaxshi variantni aniqlash imkonini
bermaydi.
Shundan kelib chiqqan holda korporativ moliyani boshqarish amaliyotida
nisbiy koʻrsatkich hisoblangan daromadlilikning ichki me’yori va rentabellik
indeksini kabi koʻrsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Daromadlilikning ichki me’yori
Daromadlilikning ichki me’yori (Internal Rate of Return – IRR) investitsiyalar
samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan mezon hisoblanadi.
Daromadlilikning ichki me’yori tushunchasi NPV nolga teng boʻlganda
investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining sof joriy qiymatini aniqlashga xizmat
qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari yoki foiz stavkalarini anglatadi.
Daromadlilikning ichki me’yori quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
𝑁𝑃𝑉 = ∑
𝐶𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)
𝑡
= ∑
𝐶𝐼𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)
𝑡
− ∑
𝐶𝑂𝐹
𝑡
(1 + 𝐼𝑅𝑅)
𝑡
= 0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
𝑛
𝑡=0
Bu tenglama matematik ifodalardan foydalanish orqali IRRni aniqlash imkonini
beradi. Bunda NPV=0 ekanligini, ya’ni dastlabki xarajat va pul tushumlari oʻzaro
miqdori teng ekanligini unutmaslik lozim.
Umumiy holda IRR noldan yuqori boʻlsa investitsiyalar iqtisodiy jihatdan
samarali hisoblanadi. Qaror qabul qilish jarayonida IRR miqdori investor tomonidan
talab qilinadigan daromadlilik stavkasiga nisbatan solishtiriladi. Bunda agar IRR˃r
boʻlsa, loyiha ijobiy NPVni va daromadlilikni ta’minlaydi. Agarda IRR˂r boʻlsa
xarajatlar daromadlardan oshib ketadi va loyiha foydali hisoblanmaydi.
Investitsion loyihalarni baholashda IRR koʻrsatkichi qator ijobiy xususiyatlarga
ega. Birinchidan, mazkur koʻrsatkich loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb
qilinadigan manbalarga toʻlovlarning maksimal stavkasi sifatida koʻrib chiqiladi.
Ikkinchidan, IRRning belgilanishi investitsion xarajatlar foydaliligining
minimal stavkasi sifatida talqin qilinishi mumkin. Agarda bu koʻrsatkich kapital
oʻrtacha qiymatidan yoki ma’lum bir tarmoqdagi daromadlilik me’yoridan yuqori
boʻlsa, loyiha amalga oshirish uchun tavsiya qilinishi mumkin.
Uchinchidan, daromadlilikning ichki me’yori investitsiyani qoplashning
chegaraviy darajasi sifatida amal qilishini ta’kidlash lozim. Mazkur mezon loyihaga
qoʻshimcha kapital qoʻyilmalar amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini belgilib
beradi.
161
IRR ni qoʻlda hisob-kitob qilish koʻp mehnat talab qilishi mumkin. Lekin
investitsion tahlilning bugungi zamonaviy dasturiy vositalari bu koʻrsatkichni tez va
samarali aniqlash imkonini beradi. Xususan, jadval protsessorlari hisolablangan
Microsoft Excel dasturi IRRni hisoblash uchun maxsus funksiyalarga ega.
Yuqoridagi misol boʻyicha IRR 26 foizga teng. Shunday ekan, olinayotgan
natija diskont me’yoridan yuqori va IRR mezoniga koʻra loyiha qabul qilinishi
tavsiya etiladi. Mazkur holatda operatsiya boʻyicha samaradorlik 26% – 10% =
16%ni tashkil etadi.
Investitsion tahlilda foizlarda aks etadigan IRR koʻrsatkichi NPV
koʻrsatkichiga nisbatan foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. Mazkur
amaliyotda nisbiy miqdorlar natijani aniqroq koʻrsatib beradi.
IRR mezonining axborot uchun belgilanishining asosiy sababi amaliyotda
uning ommabopligi va tushunarliligi hisoblanadi. Koʻp sonli xorijiy tadqiqotlar shuni
koʻrsatadiki, 75 foiz moliyaviy direktorlar deyarli har doim investitsiyalar
samaradorligini baholashda mazkur koʻrsatkichdan foydalanadi.
Bundan tashqari IRR koʻrsatkichi diskontlash stavkalarini belgilash borasidagi
taxminlarsiz loyihani baholash imkonini beradi.
“Moliyaviy menejerlar investitsiyani daromadliligining kutilayotgan foizini
bilishni istashi tabiiy, bu IRR orqali aniqlanadi. Biroq loyihaning pul oqimlari IRRga
qayta investitsiya qilinadi degan shartga asoslanadi. Bu shart umuman olganda
notg‘o‘ri sanaladi, chunki bunda IRR loyiha haqiqiy daromadini oshirib ko‘rsatadi.
Bunday hisobdagi og‘ishishni bartaraf qilish uchun IRR modifikatsiya qilinadi va
yanga ko‘rsatkich MIRR olinadi. Bu IRR bilan o‘xshash hisoblanadi. Farqli jihati
MIRR loyiha pul oqimlari WACCga qayta investitsiyalanadi degan shartga
asoslanadi.”
33
Do'stlaringiz bilan baham: |