164
10-MAVZU: “DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARINI
BOSHQARISH”
Reja:
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari va ularni
boshqarishning zarurligi
2. Korxonalarda debitorlik qarzlarini boshqarish
3. Kreditorlik qarzlarini boshqarish
Tayanch so`z va iboralar:majburiyatlar, moliyaviy barqarorligi, toʻlovga
qobiliyatliligi, debitorlik qarzlari, kreditorlik qarzlari, akkreditiv.
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari va
ularni boshqarishning zarurligi
Debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi har bir tadbirkorlik
sub’ektining faoliyatining uzviyligi, uzluksizligi va samarali yuritilishiga xizmat
qiladi. Bunda oʻz-oʻzidan xaridor va mijozlarning oʻz majburiyatlarini belgilangan
tartibda ta’minlashiga erishishga e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki debitorlik
qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligi korxona va tashkilotlarda pul mablagʻlariga
defitsitni yuzaga keltiradi. Natijada esa joriy faoliyatni moliyalashtirish uchun
korxonaning aylanma aktivlarga boʻlgan ehtiyoji oshadi va oʻz navbatida kreditorlik
qarzlarini oʻz vaqtida qoplay olmaslik natijasida toʻlovga qobiliyatlilik darajasi
pasayishiga sabab boʻladi. Bundan koʻrinib turibdiki, har bir tadbirkorlik sub’ekti
asosiy e’tiborini faqatgina debirorlik qarzlariga emas, balki kreditorlik qarzlariga ham
qaratish zarurligi kelib chiqadi va keltirib oʻtilayotgan jihatlar korxonalar miqyosida
debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishning zarurligini oʻzida ifodalaydi.
Shuning uchun ham debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarishda asosiy e’tibor
ularning miqdor va vaqt jihatdan oʻzaro mosligini ta’minlashga qaratilishini ham
qayd etib oʻtish zarur.
Debitorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad ularning kechikishiga yoʻl
qoʻymaslik, jarimalar qoʻllash yoki boshqa usullardan foydalanishgacha olib
bormaslik hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarini boshqarishdan asosiy maqsad esa
moliyaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashni tashkil etish boʻlib, unda kreditorlik
qarzlarini toʻlab berishning kechikishi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
qoʻshimcha moliyaviy majburiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka e’tibor qaratiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelish sabablari sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
1. Bir tizimga boʻysunuvchi korxonalar oʻrtasida zanjirli bogʻlanishning amal
qilishi. Bunga misol sifatida davlat xaridi boʻyicha yetishtirilgan mahsulotni davlatga
yetkazib berish, oʻz navbatida davlat tomonidan xoʻjalik sub’ektiga zarur moddiy
resurslar yetkazib berilishi jarayonida hisobga olinadigan debitorlik qarzlari va
ularning qoplanish tartibini keltirish mumkin.
2. Korxonalarda moliyaviy beqarorlik holatlarining yuzaga kelishi. Ya’ni
mijozlar va xaridorlarning oʻz moliyaviy majburiyatlarini moliyaviy barqarorlik
holatining pasayishi debitorlik qarzlarining oʻz vaqtida kelib tushmasligiga sabab
165
boʻladi. Korxona tomonidan mijoz va xaridorlarning yetarlicha oʻrganilmasligi
natijasida ham mazkur holatning yuzaga kelish holatlari amaliyotda koʻp kuzatiladi.
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha ta’sir doirasining pastligi. Ya’ni
majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagan holatlarda qoʻllaniladigan moliyaviy
jarimalarning yoki boshqa choralarning ta’siri pastligi debitorlik va kreditorlik
qarzlarining sun’iy ravishda oʻsishiga olib kelishi mumkin.
4. Makroiqtisodiy beqarorlik holatlari yuzaga kelishi. Moliya tizimi
boʻgʻinlarining oʻzaro bogʻliqligidan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki,
makrodarajadagi beqarorlik holatlari ham debitorlik va kreditorlik qarzlarining
oʻsishiga sabab boʻladi. Bunda byudjet defitsitining ortib ketishi, soliqlarning oshib
ketishi, boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik munosabatlarining buzilishi va
boshqalar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarni ham keltirish mumkin.
5. Avans toʻlovlarining amal qilishi. Moliyaviy munosabatlarda toʻlovni
kafolatlash maqsadida avans toʻlovlari qoʻllaniladi. Avans toʻlovining amalga
oshirilishi bir sub’ektda debitorlik qarzi sifatida hisobga olinsa, boshqa bir sub’ektda
kreditorlik qarzi sifatida hisobga olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1996 yil 24 yanvardagi “To’lov intizomini va o’zaro hisob-kitoblar tizimini
mustahkamlash
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonida avans toʻlovlari
sotilayotgan mahsulot qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi lozimligi belgilab
qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: