O`quv materiallari


 Kreditorlik qarzlarini boshqarish



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

3. Kreditorlik qarzlarini boshqarish 

Kreditorlik  qarzlari  tarkibiga  mol  yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilardan 

qarzlar,  kechiktirilgan  daromadlar,  soliq  va  majburiy  ajratmalar  boʻyicha 

kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar, bank 

kreditlari,  muomalaga  chiqarilgan  korporativ  obligatsiyalar,  soliqlar  va  majburiy 

ajratmalar  boʻyicha  qarzlar,  dividendlar  boʻyicha  majburiyatlar  va  boshqa  qarzlar 

kiradi. 

Korxonaning  toʻlovga  qobiliyatliligini  va  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash 

maqsadida kreditorlik qarzlarini boshqarishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 

Uzoq  muddatli  kreditlar  jalb  qilish  orqali  amalga  oshirilayotgan  loyihalar 

samaradorligini oldindan baholash. Mazkur jarayonda asosiy e’tibor investitsiyalarni 

qoplash  vaqti  va  investitsiyalar  samaradorligini  aniqlashga  qaratiladi.  Agarda  kredit 

muddati  investitsiyani  qoplash  muddatidan  uzoqligi, shuningdek  erishiladigan  natija 

tegishli xarajatlardan yuqoriligi aniqlansagina kreditlarni jalb qilish lozim boʻladi. 



Kreditorlik  qarzlari  va  debitorlik  qarzlarining  miqdor  va  vaqt  jihatdan  bir-

biriga oʻzaro muvofiqligini ta’minlash. Mazkur jihat bevosita toʻlovga layoqatlilikni 

ta’minlashga xizmat qiladi. 



Kreditorlik  qarzlarini  oʻz  vaqtida  qoplash  maqsadida  toʻlov  kalendarlarini 

ishlab  chiqish.  Toʻlov  kalendarini  ishlab  chiqishda  faqatgina  aniq  sanalar  belgilanib 

qolmasdan  mos  toʻlov  manbalarini  oldindan  belgilashga  ham  e’tibor  qaratiladi. 

Kreditorlik qarzlarini belgilangan vaqtdan oldin qoplash bozor iqtisodiyoti sharoitida 

ijobiy holat sifatida tavsiflanavermaydi. Chunki olingan kreditlarni muddatdan oldin 

qaytarish  foiz  xarajatlarini  kamaytirish  mumkin,  lekin  boshqa  tomondan  mavjud 

mablagʻlardan  samarali  foydalanish  imkoniyatini  qoʻldan  boy  berishni  anglatadi. 

Boshqa  tomondan  kredit  muassasalari  tomonidan  qaytarib  olingan  mablagʻlarni 

joylashtirish uchun ortiqcha vaqt yoʻqotilishiga sabab boʻladi va oʻsha vaqt boʻyicha 

foizli daromadlar hisoblanmasligiga sabab boʻladi.  



171 

 

Kreditorlik  qarzlarini  boshqarishda  ularning  ta’sir  doirasini  hisobga  olish

Bunda  asosiy  e’tibor  toʻlovni  kechiktirish  natijasida  qoʻllaniladigan  moliyaviy 

jarimalar yoki boshqa choralarga qaratiladi.  



Shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish. Ma’lumki, mahsulot sotish 

bilan  bogʻliq  shartnomaviy  munosabatlar  soliq  va  majburiy  ajratmalar  boʻyicha 

kreditorlik  qarzlari  yuzaga  kelishiga  sabab  boʻladi.  Ya’ni  oy  yoki  chorak  oxirida 

mahsulot  sotish  boʻyicha  debitorlik  qarzi  shakllanishi  oʻz  navbatida  navbatdagi  oy 

yoki chorak boshida soliq toʻlovlari boʻyicha kreditorlik qarzi shakllanishiga zamin 

yaratadi.  Agarda  mazkur  holatda  debitorlik  qarzining  kelib  tushish  vaqti  soliqlar 

toʻlash  vaqtidan  uzoqroq  boʻladigan  boʻlsa  oʻz-oʻzidan  korxonaning  aylanma 

mablagʻlari chiqib ketishiga olib keladi. Aynan shundan kelib chiqqan holda har bir 

shartnomaviy  munosabatda  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlarining  yuzaga  kelishi 

hamda ularning oqibatlarini oldindan baholash maqsadga muvofiq. 

Xulosa  qilib  aytganda,  debitorlik  qarzlarining  oʻz  vaqtida  kelib  tushmasligi 

korxona va tashkilotlarda  pul  mablagʻlariga defitsitni  yuzaga keltiradi.  Natijada esa 

joriy  faoliyatni  moliyalashtirish  uchun  korxonaning  aylanma  aktivlarga  boʻlgan 

ehtiyoji  oshadi  va  oʻz  navbatida  kreditorlik  qarzlarini  oʻz  vaqtida  qoplay  olmaslik 

natijasida toʻlovga qobiliyatlilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi.  

Debitorlik  qarzlarini  boshqarishdan  asosiy  maqsad  ularning  kechikishiga  yoʻl 

qoʻymaslik,  jarimalar  qoʻllash  yoki  boshqa  usullardan  foydalanishgacha  olib 

bormaslik  hisoblanadi.  Kreditorlik  qarzlarini  boshqarishdan  asosiy  maqsad  esa 

moliyaviy majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashni tashkil etish boʻlib, unda kreditorlik 

qarzlarini  toʻlab  berishning  kechikishi  tufayli  yuzaga  kelishi  mumkin  boʻlgan 

qoʻshimcha moliyaviy majburiyatlarga yoʻl qoʻymaslikka e’tibor qaratiladi.  

Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  vujudga  kelish  sabablari  sifatida  bir  tizimga 

boʻysunuvchi korxonalar oʻrtasida zanjirli bogʻlanishning amal qilishi, korxonalarda 

moliyaviy  beqarorlik  holatlarining  yuzaga  kelishi,  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari 

boʻyicha  ta’sir  doirasining  pastligi,  makroiqtisodiy  beqarorlik  holatlari  yuzaga 

kelishi, avans toʻlovlarining amal qilishi kabilarni keltirish mumkin. 

Debitorlik qarzlarini boshqarishda debitorlik qarzlari boʻyicha aniq chegara va 

me’yorni belgilash, iste’mol kreditlari, tijorat kreditlari boʻyicha aniq sxemalar ishlab 

chiqish  (toʻlov  jadvallarini  ishlab  chiqish,  xaridorlar  bilan  optimal  hisob-kitob 

shaklini  belgilash  (masalan,  akkreditivlardan  maksimal  foydalanish),  debitorlik 

qarzlarini  muddatlar  boʻyicha  tasniflash,  debitorlik  qarzlarini  diversifikatsiyalash, 

debitorlik qarzlarining korxona moliyaviy barqarorligiga ta’sirini doimiy monitoring 

qilish,  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  nisbatini  nazorat  qilish,  debitorlik  qarzlari 

boʻyicha  ta’sir  choralarini  belgilash,  debitorlik  qarzlari  yuzaga  kelishi  ehtimoli  past 

boʻlgan  mahsulot  ishlab  chiqarishini  oshirish,  faktoring  operatsiyalarini  qoʻllash 

kabilarga e’tibor qaratish lozim.  

Korxonaning  toʻlovga  qobiliyatliligini  va  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlash 

maqsadida  kreditorlik  qarzlarini  boshqarishda  uzoq  muddatli  kreditlar  jalb  qilish 

orqali amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oldindan baholash, kreditorlik 

qarzlari  va  debitorlik  qarzlarining  miqdor  va  vaqt  jihatdan  bir-biriga  oʻzaro 

muvofiqligini ta’minlash, kreditorlik qarzlarini oʻz vaqtida qoplash maqsadida toʻlov 



172 

 

kalendarlarini  ishlab  chiqish,  kreditorlik  qarzlarini  boshqarishda  ularning  ta’sir 



doirasini  hisobga  olish,  shartnomaviy  munosabatlarni  toʻgʻri  tashkil  etish  kabilarga 

e’tibor qaratiladi. 




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish