176
boʻlgan yoʻqotishlar bilan bogʻlangan. Ular ham eng xavfli moliyaviy risklar
guruhiga kiritiladi.
Inflyatsion risk. Inflyatsion iqtisodiyot sharoitida bunday risk turi moliyaviy
risklarning mustaqil turi sifatida qaraladi. Inflyatsion risk kapitalning real qiymati,
shuningdek inflyatsiya sharoitida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan
kutilgan daromadlar qadrsizlanishi mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shunday ekan,
risklarning bu turi hozirgi sharoitda doimiy e’tiborni talab qiladi va korxonaning
barcha moliyaviy operatsiyalariga yoʻldosh boʻladi va korporativ moliyani
boshqarishda doimiy diqqat e’tibor qaratilishini talab etadi.
Foiz riski. Bu risk turi moliya bozoridagi foiz stavkalarining kutilmagan
oʻzgarishlari (depozit va kredit stavkalari boʻyicha) natijasida yuzaga keladi. Mazkur
moliyaviy risk turi paydo boʻlish sabablari (agarda inflyatsion risk ta’siri boʻlmasa)
sifatida davlatning tartibga solish siyosati ta’siri ostida moliya bozori kon’yukturasi
oʻzgarishi, boʻsh pul mablagʻlariga taklifning oʻsishi yoki pasayishi va boshqa
omillar koʻrsatib oʻtiladi. Bu risk turining salbiy moliyaviy oqibatlari korxona
emission faoliyatida (aksiya va obligatsiyalar emissiyasi boʻyicha), uning dividend
siyosatida, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalarida va ba’zi boshqa moliyaviy
operatsiyalarida koʻzga tashlanadi.
Valyuta riski. Bu risk turi tashqi iqtisodiy faoliyatda oʻziga xos boʻlgan
korxonalarda (xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar import qiluvchi
hamda tayyor mahsulot eksport qiluvchi korxonalarda) kuzatiladi. Valyuta riski
korxona tashqi iqtisodiy operatsiyalarida foydalaniladigan xorijiy valyuta
ayirboshlash kursining oʻzgarishi bevosita ta’siri natijasida kutilgan daromadlarning
va bu operatsiyalardan kutilgan pul oqimlarining toʻliq olinmasligida koʻrinadi.
Bunda xom ashyo va materiallar importi boʻyicha mos xorijiy valyuta ayirboshlash
kursining milliy valyutaga nisbatan oshishidan korxona yutqazadi. Bu kursning
pasayishi tayyor mahsulot eksporti boʻyicha korxona moliyaviy yoʻqotishiga sabab
boʻladi.
Depozit riski. Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi (depozit
sertifikatlarining qoplanmasligi) mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan
kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat
bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda
uchraydi. Depozit riskining yuzaga kelish holatlari rivojlangan mamlakatlar
amaliyotida kamdan-kam holatlarda uchraydi.
Kredit riski korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki
iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish
kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz
vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.
Soliq riski. Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik
faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga
tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli; amaldagi soliqlar va majburiy
ajratmalar stavkalarining oshish ehtimoli; alohida soliq toʻlovlari muddatlari va shart-
sharoitlari oʻzgarishi; korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq
imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar. Korxonalar uchun
177
bunday risklarni oldindan baholash imkoniyati mavjud boʻlmaganligi sababli ular
moliyaviy faoliyat natijalariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: