2. Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari
Risklarni boshqarish keng ma’noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik
operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha
bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi.
Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija va
buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) qidirib
topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha qarorlar
qabul qilishni nazarda tutadi.
Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy
strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda
risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal yoki
qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan ifodalanadi.
Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul
qilishdagi, ya’ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va
konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin.
Risklarni faol tarzda boshqarish risklarni minimallashtirish uchun mavjud
axborot va barcha vositalardan maksimal foydalanishni bildiradi. Bunday
yondashuvda boshqaruv ta’siri operatsiyani amalga oshirishga ta’sir koʻrsatishi
mumkin boʻlgan riskli omillar va hodisalarning oldini olishi lozim. Shubhasiz bunday
yondashuv risklarni baholash va prognozlash, shuningdek ularning uzluksiz nazorati
va monitoringini tashkil etish uchun ma’lum miqdordagi xarajatlarni talab etadi.
Risklarni boshqarishda moslashuvchan yondashuv murakkab holatga nisbatan
moslashuv asosiga quriladi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri moliyaviy-
xoʻjalik operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida muhit oʻzgarishiga reaksiya sifatida amalga
oshiriladi. Bunday holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ma’lum bir
qismining oldi olinadi.
Konservativ yondashuvda boshqaruv ta’siri kechikadi. Agarda riskli hodisa yuz
bersa, zarar operatsiya ishtirokchilari tomonidan oʻzlariga olinadi. Bunday holatda
boshqaruv zarar ortib borishining oldini olishga, uning keyingi jarayonlarga ta’sirini
neytrallashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuvda risklarni boshqarish boʻyicha
xarajatlar odatda juda past darajada, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar esa
yetarlicha yuqori boʻlishi kuzatiladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya’ni boshqariladigan
(boshqaruv ob’ekti) va boshqaradigan (boshqaruv sub’ekti) qismlardan iborat. Bunda
riskli operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida
ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv ob’ekti hisoblanadi.
Bunday munosabatlar sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi, qarzdor va kreditor,
buyurtmachi va pudratchi, biznes boʻyicha hamkorlar va boshqalar oʻrtasida yuzaga
keladi.
178
Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv ob’ektiga maqsadli yoʻnaltirilgan
ta’sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, risk menejerlar va
boshqalar) boshqaruv sub’ekti hisoblanadi.
Mos axborot ta’minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim
ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va
boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin.
Ishonchli va dolzarb ma’lumotga ega boʻlish risklarni kamaytirish va foydani
oshirishga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini zudlik bilan qabul
qilishga imkon beradi. Riskli operatsiyalarni amalga oshirishda zaruriy darajadagi
axborot ta’minoti va undan samarali foydalanish zarar va yoʻqotishlar ehtimolini
minimal darajagacha pasaytiradi.
Moliyaviy risklarni boshqarish quyidagi prinsiplarga asoslanadi.
1. Risklarni ongli ravishda qabul qilish prinsipi. Agarda menejer biror bir
operatsiya boʻyicha daromad olishiga ishonsa, ongli ravishda riskka borishi lozim.
Risklardan qochish taktikasining qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ba’zi operatsiyalar
korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan umuman chiqarib tashlanishi kerak.
2. Qabul qilinadigan risklarning boshqarishga qulayligiprinsipi. Moliyaviy
risklar portfeli tarkibiga ob’ektiv va sub’ektiv tabiatidan qat’iy nazar boshqarish
jarayonida
neytrallashtirish
mumkin
boʻlgan
risklarni
kiritish
lozim.
Boshqarilmaydigan risklarni tashqi sugʻurtalovchilarga yoki biznes boʻyicha
hamkorlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu prinsipning koʻpchilikka ma’lumligiga
qaramasdan, korxona menejerlari risklarni boshqarish uchun zarur boʻlgan bilim,
malaka va instrumentlarga ega boʻlmasalarda ayrim holatlarda risklarning
boshqarilmaydigan turlarini oʻzlariga qabul qilishadi.
3. Qabul qilinadigan risk darajasining oʻtkaziladigan operatsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |