Ijtimoiy fanlar


 Sotsiologik tadqiqot usullari



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/200
Sana02.07.2021
Hajmi1,53 Mb.
#106848
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   200
Bog'liq
sotsiologiya

2. Sotsiologik tadqiqot usullari 
Sotsiologik  tadqiqot  usullari  ichida  hozirgi  kunda  eng  ko‘p  tarqalgani 
so‘rov  usulidir.  So‘rov  usulining  qulayligi  shunda  namoyon  bo‘ladiki, 
tadqiqotning  kuzatish  va  eksperiment  usullarini  faqat  mutaxassis    sotsiologlar  
qo‘llashi  mumkin  bo‘lsa,  so‘rov  usulida  tadqiqot  o‘tkazishga    qisqa  muddatli 
tayyorgarlikdan    o‘tgan  yordamchilarni    ham  jalb  qilish  va  ular  yordamida 
respondentlarning  katta  miqdorini  qamrab  olish  mumkin.  So‘rov  usuli 
boshqarish  uchun  qulay  usuldir.  Bundan  tashqari,  tadqiqot  ko‘lamini  
kengaytirishda so‘rov usulining imkoniyatlari juda katta. Bu usul qo‘llanilganda 
katta  korxona  va  muassasalar,    sohalar,    mintaqalar  va  hatto,    mamlakat 
miqyosida ham tadqiqot o‘tkazish mumkin. Kuzatish usuli faqat hozirgi davrda 
yuz  berayotgan  hodisalar    haqida  ma’lumot  bersa,  so‘rov  usuli  respondentga 
bevosita  murojaat  qilib,    uning  xulq-atvori,  harakatdan  ko‘zlagan  niyatlari 
o‘tgan davrda qilgan va hozir qilayotgan ishlari, kelajakka mo‘ljallagan rejalari 
to‘g‘risida    batafsil  ma’lumot  olish  imkonini  beradi.  Ayniqsa,    kishining  his-
tuyg‘ulari,  kechinmalari,  harakat  motivlari  to‘g‘risida  ma’lumot  to‘plash  kerak 
bo‘lganda  bu  usul  qo‘l  keladi.  chunki  bu  hodisalar  kuzatuvchi  nigohidan 
yashirin bo‘lib,  ularni kuzatish usuli bilan aniqlab bo‘lmaydi. 
So‘rov usulining mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi savol 
beradi  va  respondent  o‘zining  dunyoqarashi,  ma’lumoti,    bilimi  va  xohishidan 
kelib chiqib,  savollarga javob beradi. Tadqiqotchi respondentga savol berishdan 
avval o‘zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Bu savollar quyidagilar: 
1.  Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi? 
2.  Respondent savollarga javob berishni xohlaydimi yoki yo‘qmi? 
3.  Respondent qo‘yilgan savollarga javob bera oladimi, yo‘qmi? 
4.  Respondent  haqqoniy  javob  berishi  uchun  savollarni  qay  yo‘sinda,  
qay tarzda va qay shaklda berish kerak? 
 
Mana  shu  savollarga  javob  topa  olgan  sotsiolog    tadqiqotning 
muvaffaqiyatli chiqishini ko‘p jihatdan ta’minlagan bo‘ladi. 
 
To‘planishi  kerak  bo‘lgan  ma’lumot  xarakteri  va  uni  to‘plash  usuliga 
qarab so‘rovlar ikki turga bo‘linadi: 
1.  Anketa so‘rovi. 
2.  Intervyu. 



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish