1. Ochiq kuzatish.
2. YAshirin yoki xufya kuzatish.
Ilmiy bilishning boshqa usullari singari kuzatish usulining ham
afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Bu usulning eng asosiy afzalliklaridan biri
shuki, u tadqiq qilinayotgan ob’ektdagi jarayonlarningkechishiga ta’sir
o‘tkazmay yoki juda kam ta’sir o‘tkazgan holda o‘rganish imkonini beradi.
Sotsiologik kuzatish ilmiy empirik bilish usuli sifatida va mohiyat e’tibori bilan
murakkab jarayon bo‘lgani uchun reja asosida olib boriladi. Kuzatish rejasi
usulning xususiyatlari va asosiy bosqichlarini nazarda tutgan holda tuziladi.