Ijtimoiy fanlar



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/200
Sana02.07.2021
Hajmi1,53 Mb.
#106848
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   200
Bog'liq
sotsiologiya

 
 
1. Sotsiologiktadqiqotlardasturi 
Sotsiologiktadqiqotlarbo‘lajakizlanishlarningilmiyasoslanganrejavadasturi
nitayyorlashdanboshlanadi.  Dastur  haqiqatdan  kelib  chiqqan  va  ilmiy-nazariy 
jihatdan 
puxta 
ishlangan 
bo‘lishi 
lozim. 
Zero, 
tadqiqotnatijalariqandaybo‘lishianashuomillargabevositabog‘liqdir. 
Dastur  bo‘lajak  tadqiqot  materiallarini  to‘plash,  qayta  ishlash  va 
ma’lumotlarni  tahlil  qilishni  o‘z  ichiga  oladi.  dastur  tadqiq  etiluvchi  ijtimoiy 
muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash, maqsad 
va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarni 
aniqlash,  ma’lumotlarni  to‘plash  va  tahlil  etish  tarxini  chizib  olish  kabi 
qismlarni o‘zida  mujassamlashtiradi. SHunday qilib, dastur, asosan ikki  katta 
bo‘lim,  ya’ni-nazariy metodologik va amaliy-uslubiy bo‘limlardan iboratdir. 
Nazariy-metodologik 
bo‘lim  mavzu  tanlash,  tadqiqot  ob’ektini 
xarakterlash,  maqsad  va  vazifalar,  faraz  hamda  predmetni  aniqlash  kabi 
qismlarni  o‘z  ichiga  olsa,  amaliy-uslubiy  bo‘lim  ma’lumotlarni  to‘plash 
usullarini  bayon  etish,  yig‘ilgan  materiallarni  qayta  ishlash,  tahlil  qilish  va 
tavsiyalar singari amaliy faoliyatlarni mujassamlashtiradi. 
Dasturni  ishlab  chiqish  jarayonida  ikki  asosiy  talabga  rioya  qilish 
muhimdir.  Birinchidan,  ishlab  chiqilgan  nazariy  uyushmalardan  real  tadqiqot 
jaryonlariga  o‘ta  bilish    va  ikkinchidan,  olingan  natijalar,  faktlar,  yig‘ilgan 
empirik  materiallardan  nazariy  umumlashmalarga,  ilmga  qayta  bilish, 
ko‘nikmalarga  ega  bo‘lish  ana  shu  talablar  mazmunidir.  Bu  ikki  talabga  rioya 


qilish,  bir  jihatdan,  sotsiologik  tadqiqotlar  o‘tkazishni  tizimli  yo‘lga  qo‘yish, 
jamiyat  ijtimoiy  muammolarini  tadqiq  etish  ishlarini  uzluksiz  amalga  oshira 
borishni ta’minlasa, ikkinchi jihatdan, ilm-fan turli sohalarining uzviy rivojlana 
borishi uchun keng imkoniyatlar ochadi. 
 Sotsiologik  tadqiqotlarda  ilmiy  maqsad  muhim  ahamiyat  kasb  etib, 
tadqiqotlarning  nazariy  yoki  amaliy  yo‘nalishlarda  borishini  ko‘rsatali. 
Maqsadning  amalga  oshirilish  jarayonida    tadqiqotchi  uch  an’anaviy  vazifani 
o‘z  oldiga  qo‘yadi.  Avvalo  mavzuni  ilmiy-nazariy  jihatdan  atroflicha  tadqiq 
etish,  ikkinchidan,  bu  ilmiy  -  amaliy  mavzuning  boshqa  ilm  va  hayot  jabhalari 
bilan  nechog‘lik  bog‘liqligi,  ularga  ta’siri  masalalarini  o‘rganish  va  nihoyat, 
uchinchidan,  ijtimoiy  ziddiyatli  holatlardan  chiqishning  mantiqli  asoslangan 
yo‘llarini belgilab berishdan iborat. 
Sotsioloik tadqiqotlar ilmiy atamalari va tushunchalari qatorida ob’ekt va 
predmet  tushunchalariga  alohida  to‘xtalib  o‘tish  lozim.  Tadqiqotchi  ijtimoiy 
muammo  vaziyatini  samarali  hal  etishi  uchun  ob’ekt  va  predmetni  to‘g‘ri 
belgilashi  muhim  ahamiyatga  ega.  Ob’ekt  odatda  mustaqil  tushuncha  sifatida 
tadqqotchi  ilmiy-amaliy  faoliyatlarining  umumiy  sarhadlarini  ifodalaydi. 
Predmet  esa  tadqiqotchi  tomonidan  muayyan  shaklga  solinadi  va  maxsus 
tadqiqot ko‘lami sifatida o‘rganiladi. Ob’ekt predmetdan  ma’no jihatidan ancha 
keng,  predmet  ob’ektning  hosilasidir.  Ob’ekt  bu  sub’ekt  o‘rganishi  kerak 
bo‘lgannarsa  yoki  voqelikni  anglatsa,  predmeti  esa  ob’ektning  qay  jihatlarini 
o‘rganishimiz  kerakligini  bildiradi.  Zero,  birgina  ob’ekt    zamirida  bir  necha 
alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib o‘rganish mumkin. 
Ilmiy  muammmo  ob’ektini    tizimli  tahlil  etish  tadqiqotchi  uchun  uch 
faoliyat yo‘nalishini ochib beradi. Ular quyidagilar: tadqiqot predmetini aniqlab 
olish, asosiy  tushunchalarni    ajratib olish va ularga izoh  berish  hamda  tadqiqot 
uchun  ish  gipotezasini  yaratishdir.  Ko‘pincha  ana  shu  talabning  uchchalasi  bir 
paytda  yuzaga  keladi,  shu  boisdan  ham  yuqoridagi  uch  talabning  dastur 
bosqichlari  deb  emas,  balki  dasturning    uzviy  qismlari  deb  qarash  maqsadga 
muvofiqdir. 
Izlanishga  qaratilgan  tadqiqot  rejasi  uch  bosqichdagi  tadqiqot  turini 
(hujjatlarni o‘rganish, ekspertlar bilan maslahatlashuv, kuzatish o‘tkazishni) o‘z 
ichiga oladi. Bu bosqichlarning birinchisida ilmiy muammo xususidagi ma’lum 
bo‘lgan  barcha  ilmiy,  publitsistik  va  arxiv  ujjatlarini  chuqur  o‘rganib  chiqish 
nazarda  tutilsa,  ikkinchi  bosqichda  shu  soha  bo‘yicha  taniqli  olimlar,  tajribali 
kishilardan  iborat  ekspertlar  guruhi  fikrini  o‘rganishga  e’tibor  qaratiladi. 
So‘nggi  bosqichda  esa  tadqiqotchi  muayyan  ilmlar  tasavvurlariga  ega  bo‘lgan 
holda  ob’ekt  xususida  kuzatish  ishlarini  olib  borishni  ko‘zda  tutadi.  Izlanish 
rejasi  ilmiy  muammoni  aniq  nomlab  olish  va  asoslaydigan  gipotezani  ilgari 
surish bilan yakunlanadi. 
Bayon  etish  rejasi  bir  qator  sotsiologik  tadqiqot  rejalarini  qo‘llash, 
olingan  ma’lumotlarni    tahlil  etish  orqali  qabul  etilgan  farazning  hayotiyligini  
tekshirib  ko‘rish  va  o‘rganilayotgan  ob’ekt  xususida  aniq  miqdoriy  va  sifat 
xarakteristikasiga  ega  bo‘lishni  taqazo  etadi.  Bayon  etish  rejasi  asosida  ish 
ko‘rilganda  ilgari  ma’lum  bo‘lgan  ko‘pgina  faktlarni  tartibga  tushirish  va  ular 


o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday ekanligi xususida ko‘pgina ma’lumotlar 
qo‘lga kiritiladi. Bunday tadqiqotlar ob’ekt tuzilishiga aloqador barcha empirik 
ma’lumotlarni 
klassifikatsiya 
qilish 
bilan 
yakunlanadi. 
Sotsiologik 
tadqiqotlarning  eksperimental  rejasi  ob’ekt  haqida  ma’lumotlar  asosida 
izohlovchi  farazni  ilgari  surish  imkonini  beradi.  Mazkur  tadqiqot    rejasidan 
maqsad  ob’ekt  zamiridagi  sabab  oqibat  aloqalarini  aniqlash,  ob’ektning  ayni 
holati va rivojlanishi xususidagi  shart-sharoitlarini  aniq bilib olishdan iboratdir. 
Sotsiologik  tadqiqotlar  o‘tkazishning  real  tajribasida  muayyan  ilmiy  tadqiqot 
jarayonida yuqorida tilga olingan har uch reja ham o‘zaro uyg‘un holatda ketma-
ket qo‘llanilib boradi. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish