vujudga keladiki, ularni texnika vositalarida tasvirga tushirilmasa yoki ovozlar
g‘zib olinmasa, bu holatlarni tabiiy holda qaytarish mumkin emas. SHuning
uchun kuzatishni texnik jihatdan ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Kuzatishning muntazamliligi. Bu shart ham tadqiqot natijalarining
ob’ektivligini ta’minlashga qaratilgan. Kuzatish muntazam olib borilmay, o‘lda-
jo‘lda va ahyon-ahyonda olib borilsa tadqiqot ob’ekti uchun xarakterli holatlar
kuzatilmay qolishi va oqibatda kuzatish natijalari ob’ektiv bo‘lmay qolishi
mumkin.
3. Kuzatuvchining xolisligi. Bu shart ta’minlanmasa, tadqiqot jarayonida
kuzatuvchi o‘zi o‘rganayotgan jarayonlarga ijobiy yoki salbiy munosabat
bildirishi va buning oqibatida voqealarni sub’ektiv talqin qilishi mumkin.
4. Kuzatilayotgan ob’ekt to‘g‘risida mumkin qadar ko‘proq ma’lumot
to‘plash. Ob’ekt qanchalik batafsil kuzatilsa, chiqarilgan xulosalarning
haqiqatda shunchalik yaqin bo‘lishi uchun imkoniyat yaratiladi. Xulosalar etarli
bo‘lmagan ma’lumot asosida chiqarilsa, ob’ektning ma’lum xususiyatlari
kuzatuvchi e’tiboriga tushmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bu esa xulosalarning
noto‘g‘ri bo‘lishiga olib keladi.
5. Kuzatishning borishini va natijalarini batafsil qayd qilib borish. Agar
shunday qilinmasa, xulosa chiqarish paytida kuzatishning muayyan natijalari
e’tibordan chetda qolishi mumkin. Bu esa xulosaning chala yoki noto‘g‘ri
bo‘lishiga olib keladi. YUqorida aytilganidek, kuzatish jarayonini qayd qilib
borishda texnika vositalari katta yordam berishi mumkin.
Sotsiologik kuzatishlarni shartli ravishda ikki turga bo‘lish mumkin:
1.
CHetdan kuzatish.
2.
Ichkaridan kuzatish.
Ob’ekt chetdan kuzatilganda undagi jarayonlarning ishtirokchilari o‘zlari
kuzatish ob’ekti ekanliklaridan mutlaqo bexabar bo‘ladilar. Masalan, xaridorlar
xulqini o‘rganmoqchi bo‘lgan tadqiqotchi sotish zalida yoki peshtaxta ortida
turib xaridorlarni ko‘proq qaysi buyum qiziqtirayotgani, ularning belgilangan
narxlarga munosabati va boshqalarni kuzatishi mumkin. Bunda xaridorlar
o‘zlarining kuzatish ob’ekti bo‘lganliklarini bilmaydilar. Agar ular o‘zlari
sotsiologik kuzatish ob’ekti bo‘lganliklarini bilib qolsalar, ularning xulqida
ma’lum o‘zgarishlar yuz berishi, demak, bu xulq tabiiy bo‘lmay qolishi
mumkin
CHetdan turib kuzatayotgan tadqiqotchi o‘rganilayotgan ob’ektga hech
qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va uni tabiiy holda o‘rganadi. Ichkaridan
kuzatilganda tadqiqotchi ikki xil usuldan foydalanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: