O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi 4057-sonli
Farmoniga muvofiq fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari
ularning miqdoridan qat’iy nazar to‘liq qaytarilishining davlat tomonidan
kafolatlanganligi
aholining
bank
tizimiga
bo‘lgan
ishonchining
yanada
mustahkamlanishiga va pirovard natijada jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari
hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Xalqaro banklar tajribasini o‘rgangan holda
«Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi
to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritilib borildi. Banklarning barqarorligini
yanada mustahkamlash va ularning likvidligini tartibga solish maqsadida 2008 yilning 1
dekabridan boshlab tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar fondiga
o‘tkazmalari bo‘yicha me’yor milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar uchun
bir xil, ya’ni 15 foiz qilib belgilandi.
Shuningdek, majburiy zaxiralarga deponentlanadigan mablag‘larni hisoblash
metodologiyasi ham takomillashtirilib borildi.
2009 yilda bank tizimini isloh qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2009 yil 28 iyuldagi 1166-sonli Qaroriga asosan pul massasining
maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda va tijorat banklari tomonidan uzoq
muddatli depozitlar jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida 2009 yilning 1 sentyabridan
boshlab tabaqalashtirilgan majburiy zaxiralar normasi joriy etildi.
Respublika bank Kengashining 2009 yil 15 apreldagi 2-sonli qaroriga muvofiq, foiz
stavkalarini yuridik shaxslarning banklardagi 6 oydan ortiq muddatga joylashtirilgan
depozitlari uchun qayta moliyalash stavkasining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda,
aholining 1 yildan ortiq muddatga joylashtirilgan depozitlari uchun Markaziy bank
qayta moliyalash stavkasining 150 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda hamda jismoniy
shaxslarning plastik kartochkalardagi mablag‘lari uchun Markaziy bank qayta
moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Narxlar o‘zgarishining amaldagi va kutilayotgan darajasini hisobga olgan holda
2009 yilda qayta moliyalashtirish stavkasi 14 foiz darajasida ushlab turilganligi
banklararo bozordagi foiz stavkalarning barqaror bo‘lishini ta’minlamoqda. Bu esa o‘z
navbatida, tijorat banklarining depozit va kredit foiz stavkalarining pasayishiga olib
keldi.
Monetar siyosatning 2010 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlaridan hamda
inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasidan kelib chiqqan holda Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgartirilmadi. Bu holat respublika banklar tizimi
barqarorligidan dalolat beradi.
Ayni paytda banklarning kredit portfeli tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermokda.
Jahon moliyaviy-iktisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay banklarimiz tomonidan
iktisodiyotning real sektori korxonalarini
faol qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor
berildi. 2010 yil 1 yanvar holatiga jami
kredit qo‘yilmalari miqdori 8,5 trln.
so‘mdan oshib ketdi.
Tijorat
banklari
kapitallashuv
darajasining ortishi iqtisodiyotning real sektorida investitsion faollikning o‘sishini
ta’minlashda bank kreditlarining ahamiyatini ortishiga olib keldi. Birgina korxonalarni
Barchamiz oddiy bir haqiqatni yaxshi
anglab olishimiz darkor – investitsiyalarsiz
modernizatsiya
ham,
yangilanish
ham
bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: