Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009 yil 6 apreldagi «Tijorat banklari
depozitlariga aholi va xo‘jalik sub’ektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada
rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim omil
bo‘lmoqda.
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan
zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini
keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha
aniq chora-tadbirlar ko‘rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2010 yil 1
yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga
o‘rnatilgan terminallarning umumiy soni 60631 tani, plastik kartochkalar umumiy soni
6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi loyihalaridagi kartochkalar soni 3546,7
mingtani tashkil qildi. Korporativ kartochkalar soni 11,3 mingtani tashkil qildi. Plastik
kartochkalar hisobvaraqlariga 3846 mlrd. so‘mlik mablag‘lar o‘tkazildi.
O‘z navbatida, plastik kartochkalar va terminallar yordamida amalga oshirilgan
o‘tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib borish ko‘zda tutilgan.
Shunga ko‘ra amaldagi barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga, shu jumladan,
Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taalluqli bo‘lgan yo‘riqnomalariga tegishli
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud bo‘lgan barcha
cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni birxillashtirish
borasida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi yanada
mustahkamlanib, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga
zamin yaratdi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozit
hisobvaraqlaridan naqd pullarning uzluksiz berib borilishi to‘liq ta’minlanib borildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz
hukumati tomonidan bank tizimida plastik
kartochkalar miqdorini oshirish va aholini
plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarini
amalga oshirishni rag‘batlantirish borasida bir
qancha imtiyozlar berilmoqda. Shulardan biri
bu plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatadigan
protsessing markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o‘rnatish borasida
bojxona to‘lovlaridan 2020 yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir.
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy bank
pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng foydalangan holda pul taklifi
o‘sishining asosiy manbai bo‘lgan oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hisobiga
muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko‘rib bordi.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-
tadbirlar natijasida o‘tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari
doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishiga muvofiqligi
ta’minlandi.
Monetar siyosat borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iste’mol mahsulotlari
narxlariga monetar omillarning ta’sirini bartaraf etdi, inflyatsiya darajasi esa prognoz
ko‘rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni tashkil qildi.
Buning uchun tijorat banklari yetarli
kapitalga ega, moliyaviy barqaror bo‘lishi
lozim, bir so‘z bilan aytganda ular yirik
investitsiya institutlariga aylanishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: