1-bob. Bank kapitalining iqtisodiy mohiyati va tarkibi.
1.1. 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturida
belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda bank tizimining tutgan o‘rni
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida
o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida sezilarli siljishlar va o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan
bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom
ettirilmoqda.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo‘lib
moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi bank tizimi
hisoblanadi. Shuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi
va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam
ravishda takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog‘liqdir.
Banklarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular o‘z mablag‘lari bilangina emas,
balki omonatchilar va kreditorlar, aksiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib
topshirgan mablag‘lar bilan, ya’ni keng jamoatchilik bilan ish ko‘radi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari
tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat
miqyosida pul taklifi qisqarishi, to‘lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va
kutilmagan majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jarayoni ko‘pgina muhim iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida
ham chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirilishini va iqtisodiyotni pul-kredit vositalari
orqali tartibga solishning bir butun mexanizmini yaratilishini taqozo etmoqda.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2009 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan
chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror, muvozanatli va izchil rivojlantirishning
belgilangan prognozlariga erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning
mutanosibligi ta’minlandi. Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan kat’iy pul-
kredit siyosati makroiktisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Jahonda ro’y berayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hali-hanuz dunyo
mamlakatlarining iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.Shu bois
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oqilona iqtisodiy siyosatda jahon moliyaviy iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga ,iqtisodiyot real sektori bazaviy tarmoqlarining
barqaror ishlashini ta’minlashga a’lohida etibor qaratilgan.
Hususan , mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida ishlab chiqilgan “2009-2012
yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi” fikrimizning yaqqol dalilidir.
Muhtaram Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, hukumatimiz tomonidan 2009-2012
yillarga mo’ljallab qabul qilingan mazkur dasturning inqiroz ta’sirini yumshatish va bartaraf
etishda bugungi kundagi roli va ahmiyati katta bo’lmoqda.
Zero, Inqirozga qarshi choralar dasturidagi asosiy yo’nalishalrdan biri ham aynan
iqtisodiyot real sektori korxonalarining barqaror ishlashini taminlash va ularning eksport
salohiyatini mustahkamlashdan iborat bo’lib, bunda banklarning investitsiyaviy faolligini
oshirishga alohida etibor qaratilgan.
Aytish kerakki, Inqirozga qarshi choralar dasturi ijrosi yuzasidan bank tizimi tomonidan
reaj sektorning bazaviy tarmoqlari va eksport qiluvchi korxonalarning barqaror ishlahsini
taminlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Avvalambor, bunda tijorat banklarini barqaror va uzoq muddatli resurs bazasi bilan
taminlash uchun ularning ustav kapitalini oshirishga asosiy etibor qaratildi.
Birgina 2009 yilning o'zida etakchi banklarning nizom jamg'armalarini oshirish
uchun qo'shimcha ravishda 500 mlrd. so'mdan ortiq davlat mablag'lari ajratildi.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlariga
asosan Xalq banki, Asakabank, “O'zsanoatqurilishbank”, “Mikrokreditbank”,
“Agrobank”, “Qishloq qurilish bank”larning ustav kapitallarini belgilangan
parametrlarga etkazish borasidagi ishlar davom ettirilib:
- Davlat tijorat Xalq bankining ustav kapitali 130 mlrd. so'mga;
- “O'zsanoatqurilishbank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 110 mlrd.
so'mga;
- “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 150 mlrd.
so'mga;
- “Agrobank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 100 mlrd. so'mga;
- “Qishloq qurilish bank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 90 mlrd.
so'mga;
- “Asaka” davlat aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitali 300 mlrd. so'mga
etkazildi.
Shuningdek, davlat-tijorat Xalq bankining ustav kapitalini 2009-2012 yillarda 200
mlrd. so'mga, “Qishloq qurilish bank” aktsiyadorlik-tijorat bankining ustav kapitalini
150 mlrd. so'mga etkazish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Banklar ustav kapitaliga xususiy kapitalni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar
doirasida «Toshkent» RFBning listingiga kiritilgan banklar soni 18 taga etdi va 2009 yil
davomida ularning 17,4 mlrd. so'mlik aktsiyalari bevosita fond birjasida investorlarga
sotildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunga kelib O'zbekiston bank
tizimi xalqaro talablarga javob beradigan barqaror tizimlardan biriga aylanib, ayni
paytda u belgilangan qator normativlar bo'yicha mustahkam pozitsiyaga ega bo'ldi
Bugungi kunda O’zbekiston bank tizimi xalqaro talablarga to’liq javob beradigan eng
barqaror tizimlardan biridir va ayni paytda belgilangan qator ko’rsatkichlar bo’yicha mustahkam
mavqeiga ega.
Jumladan, bugungi kunda respublikamiz tijorat banklari kapitalining yetrlilik darajasi 23
foizdan oshadi va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro
standartlardan qariyb 3 barobar ko’pdir.
Shuni alohida takidlash lozimki, jahonda ro’y berayotgan inqiroz davrida boshqa
davlatlarda bank tizimi keskin qiyinchiliklarga duch kelgan bir paytda, aktivlari mamlakatimiz
bank tizimining 90 foizini tashkil etdigan barcha yirik tijorat banklari “Fitch Reytings” ,
”Mudis”, “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror”
degan yuqori reyting bahosini olishga muaffaq bo’ldi.
Tijorar banklarining barqarorligi va ularning uzoq muddatli resurs bazasining kengayishi,
o’z navbatida, banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalaring qo’llab quvvatlash
bo’yicha, birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda mamlakatimizda
ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish bo’yicha imkoniyatlarni
kuchaytirishga mustahkam zamin yaratdi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi
Hukumat tomonidan 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi
kompleks chora-tabdirlar dasturi respublika bank-kredit tizimida inqiroz ta’sirini
yumshatish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Jahonning ko‘plab mamlakatlarini
qamrab
olgan
moliyaviy
inqiroz
ko‘lami
kengayotganiga
qaramay,
O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi
va barqaror rivojlanayotgani, xorijiy
moliyalashtirish manbalariga qaram
emasligi va tashqi inqiroz holatlarining
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga
ta’sirini
e’tiborga olgan holda, bank-moliya
tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor
vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu o‘rinda gap banklarning
kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada
oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning
ustuvor yo‘nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish,
ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va
texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini
oshirish haqida bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |