Davlatiy moliya


 Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2. Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari 

Sug’urta  korxonasi,  sug’urta  tashkiloti  va  sug’urtalovchi  so’zlari  yagona 

ma’noni  –  sug’urta  faoliyati  bilan  shug’ullanadigan  xo’jalik  yurituvchi 

subyektlarini  anglatadi.  O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug’urta  faoliyati 

to’g’risida”gi Qonunida sug’urta tashkiloti sug’urtalovchi sifatida talqin etilgan. 

Fuqarolik  kodeksida  esa  sug’urta  korxonasi  sug’urtalovchi,  sug’urta  tashkiloti 

deb  nomlangan.  “Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonunning  6-moddasida 

sug’urta  tashkilotiga  quyidagicha  ta’rif  berilgan:  “Tegishli  turdagi  sug’urtani 

amalga  oshirish  uchun  litsenziyaga  ega  bo’lgan  va  sug’urta  shartnomasiga 

muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini 

oluvchi  tijorat  tashkiloti  bo’lgan  yuridik  shaxs  sug’urtalovchi  deb  e’tirof 

etiladi”


112

Sug’urta  tashkiloti  tegishli  turdagi  sug’urtani  amalga  oshirish  uchun 



litsenziyaga ega bo’lishi shart. Unga litsenziyani maxsus vakolatli davlat organi 

– O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi beradi. 

Sug’urta  tashkiloti  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo’lishi  lozim.  Sug’urta 

tashkilotlarini  yuridik  shaxs  sifatida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish  O‘zbekiston 

Respublikasi adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 

Sug’urta  tashkilotlari  turli  mulkchilik  shakllarida  tashkil  etilishi  mumkin. 

2019-yil 10-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 30 ta sug’urta korxonasi 

tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega. Ularning 

bittasi  to’liq  davlat  tasarrufida  (“O‘zbekinvest”  eksport-import  milliy  sug’urta 

korxonasi),  ikkitasi  davlat  mablag’lari  ishtirokida  tashkil  etilgan  bo’lib, 

aktsiyadorlik jamiyati shaklida tuzilgan (“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta 

korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatlari). Aksariyat sug’urta tashkilotlari mas’uliyati 

cheklangan  jamiyat,  shu  jumladan  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  mas’uliyati 

cheklangan  jamiyati  tarzida  tashkil  etilgan.  Masalan,  “EVROASIA 

INSURANCE”  mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  shaklidagi  qo’shma  korxona, 

“ISHONCh”  banklararo  sug’urta  korxonasi  mas’uliyati  cheklangan  jamiyati 

maqomiga ega. 

Sug’urta 

tashkilotlarining 

faoliyati 

boshqa 

xo’jalik 

yurituvchi 

subyektlarning  faoliyatidan  tubdan  farq  qiladi.  Avvalo,  sug’urta  tashkilotlari 

ko’plab  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  -  sug’urta  qildiruvchilar  oldida  o’z 

zimmasiga  olgan  majburiyatlarni  bajarish  uchun  mas’ul  hisoblanadi.  Shundan 

                                                           

112


 O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 28-maydagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (qo’shimcha va o’zgarishlar 

bilan birga). 




508 

kelib  chiqqan  holda  ularning  faoliyati  davlat  tomonidan  nazorat  qilinadi. 

Xususan,  sug’urta  faoliyatini  nazorat  qilishga  vakolatli  davlat  organi  – 

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug’urta tashkilotlarining 

to’lov  qobiliyatini  ta’minlashga  qaratilgan  me’yorlar  ishlab  chiqilgan. 

Shuningdek, sug’urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga nomzodlar uchun 

malakaviy  talablar  o’rnatilgan.  Bundan  tashqari,  sug’urta  zaxiralarini 

shakllantirish,  sug’urta  tashkilotlarining  investitsiya  faoliyatini  nazorat  qilish 

bo’yicha ham me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug’urta tashkilotlari faoliyatini 

tartibga  soluvchi  va  nazorat  qiluvchi  maxsus  vakolatli  davlat  organi  bo’lib 

hisoblanadi. 

Sug’urta  tashkilotlari  sug’urta  faoliyatidan  boshqa  tadbirkorlik  faoliyati 

bilan  shug’ullanishlari  mumkin  emas.  Buni  shu  bilan  tushuntirish  mumkinki, 

sug’urta  tashkilotlari  savdo-vositachilik  operatsiyalari  bilan  shug’ullansa,  bu 

holat, pirovardida, uning to’lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  “Sug’urta  faoliyati  to’g’risida”gi  Qonunida 

sug’urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan. Mazkur qonunga 

asosan sug’urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: 

  qonun  hujjatlarida  belgilanadigan  tartibda  va  shartlarda  sug’urta  (qayta 

sug’urta qilish) shartnomalari tuzish; 

  o’z  majburiyatlarini  belgilangan  tartibda  qayta  sug’urta  qilish,  shu 

jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug’urta qilish; 

  maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilaydigan  tartibda  va  shartlarda 

investitsiya faoliyatini amalga oshirish

  qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional 

faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun 

sug’urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;  

  sug’urta  (qayta  sug’urta  qilish)  sohasidagi  mutaxassislar  malakasini 

oshirish  bilan  bog’liq  faoliyatni,  shuningdek  sug’urta  agenti  sifatida  sug’urta 

vositachiligini amalga oshirish

  sug’urta  hodisalari  yuz  berishining  oldini  olish  va  ogohlantirish  chora-

tadbirlarini  maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilaydigan  tartibda  va  shartlarda 

moliyalashtirish; 

  sug’urtalovchi  tomonidan  amalga  oshiriladigan  sug’urta  turlariga  doir 

qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash

  sug’urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan tegishli axborot 

va  hujjatlarni  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlardan,  sudlar,  tibbiyot, 

seysmologiya,  veterinariya,  gidrometeorologiya  tashkilotlari  hamda  boshqa 

tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish; 




509 

  sug’urta  agentlari,  sug’urta  va  qayta  sug’urta  brokerlari,  sug’urta 

bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish; 

  sug’urta  tovoni  to’lashni  qonun  hujjatlarida  va  (yoki)  sug’urta  (qayta 

sug’urta  qilish)  shartnomasida  belgilangan  hollarda  hamda  tartibda  rad  etish, 

sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; 

  sug’urta  qildiruvchi  tomonidan  taqdim  etilgan  axborotni  tekshirishni, 

sug’urta  qildiruvchining  sug’urta  shartnomasi  talablari  va  shartlarini  bajarishi 

ustidan nazoratni sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan 

tartibda amalga oshirish; 

  chet el sug’urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko’rsatish; 

  ilgari  sug’urtalovchi  tomonidan  o’z  ehtiyojlari  uchun  olingan  yoki 

sug’urta  shartnomasini  amalga  oshirish  natijasida  uning  ixtiyoriga  o’tgan  mol-

mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish; 

  O‘zbekiston  Respublikasining  reyting  tashkilotlari  va  chet  el  reyting 

tashkilotlari reytinglarini olish; 

  o’zining alohida bo’linmalarini tashkil etish. 

Sug’urtalovchi: 

  sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi

  sug’urta  faoliyatini  amalga  oshirish  chog’ida  olingan  axborotning 

mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi; 

  o’zi vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrini yuritishi; 

  qonun  hujjatlarida  belgilangan  axborotni  maxsus  vakolatli  davlat 

organining talabiga binoan taqdim etishi; 

  sug’urta hodisasi  yuz  bergan taqdirda, qonun hujjatlarida  yoki  sug’urta 

(qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur 

hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug’urta tovoni to’lashi; 

  firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o’zgargan 

taqdirda,  bu  haqdagi  axborotni  sug’urta  qildiruvchilarga  qonunda  belgilangan 

tartibda etkazishi

  sug’urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda 

va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi

  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  har  yili  majburiy  auditorlik 

tekshiruvidan o’tishi; 

  maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilagan  tartibda  bir  yilda  kamida  bir 

marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar ko’rsatish uchun jalb etishi; 

  maxsus  vakolatli  davlat  organi  belgilagan  shaklda,  tartibda  va 

muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi; 




510 

  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  buxgalteriya  hisobini  yuritishi, 

moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart. 

Sug’urta  tashkilotlari  ustav  kapitalining  eng  kam  miqdorlari  qonunchilik 

hujjatlarida  ko’rsatilgan  tartibda  shakllantiriladi.  Boshqa  xo’jalik  yurituvchi 

subyektlardan farqli ravishda sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul 

shaklida bo’lishi talab etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 

foiz shakllantirilgan bo’lish lozim.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  29-sentyabrdagi 

“O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ba’zi  hujjatlariga  o’zgartish  va 

qo’shimchalar  kiritish,  shuningdek,  ayrimlarini  o’z  kuchini  yo’qotgan  deb 

hisoblash  to’g’risida”gi  PF-5197-son  Farmoniga  asosan  sug’urta  faoliyati 

turlariga qarab, sug’urtalovchilarning ustav kapitali minimal  miqdorlarini talab 

belgilandi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish