3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug’urta fanida ham “sug’urta
bozori” va “sug’urta xo’jaligi” yangi tushunchalardir. Shunga qaramay aytish
mumkinki, “sug’urta bozori” tushunchasi o’ziga nisbatan bir muncha umumiy
hisoblangan “sug’urta xo’jaligi” tushunchasining pog’onalaridan biri bo’lib,
sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog’liq. “Sug’urta xo’jaligi” sug’urta
sohasidagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq
521
munosabatlar yig’indisidan iborat. Umumjahon xo’jaligi miqyosida “jahon
sug’urta xo’jaligi” atamasini qo’llash mumkin. Ana shu ma’noda “sug’urta
xo’jaligi” sug’urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati,
boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek, sug’urta tashkilotlarining
yoki sug’urta bozorining boshqa turdagi subyektlarining sug’urtaga oid faoliyatini
davlat tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda
sug’urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy
adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti” va “jahon sug’urta
iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi.
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan
sug’urta bozorini xaridorlar – sug’urtalanuvchilarning sug’urta xizmatlariga
bo’lgan talablari va sotuvchilar – sug’urta tashkilotlarining sug’urta himoyasi
bo’yicha takliflari nisbati bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim
sifatida tasavvur etish mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan:
xo’jalik yurituvchi subyektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining
elementi sifatidagi sug’urtaga nisbatan bo’lgan talabi va shuningdek,
sug’urtalovchilarning sug’urta xizmatini sotib olish orqali o’z talabini qondirishga
imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab
chiqarishga xos bo’lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar
yuksalishi bilan sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi.
Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug’urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan
sug’urta himoyasining qisqarishi ham shuningdek, sug’urta xizmatlariga
talabning oshishiga sabab bo’ladi.
Sug’urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda savdo-
sotiq obyekti sifatida sug’urta himoyasi qatnashadi hamda unga talab va taklif
shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug’urta bozori
keng ma’noda sug’urta xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlar yig’indisini aks ettiradi. Sug’urta bozorining obyektiv
asosini kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar oqibatida etkazilgan
zararni bartaraf etish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini
ta’minlash hisoblanadi. Qolaversa, sug’urta bozori iqtisodiyotni qo’shimcha
moliyalashtirishda ham muhim o’rin tutadi. Sug’urta bozori faoliyat yuritishining
asosiy sharti bo’lib sug’urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va
ushbu ehtiyojni qondira oladigan sug’urta tashkilotlarini mavjud bo’lishi
hisoblanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta bozori turli tarmoq bo’limlarini
biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o’zida aks ettiradi.
Sug’urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar
hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar toifasini sug’urta va qayta
sug’urta tashkilotlari tashkil etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan
522
sug’urta shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug’urtalanuvchilar - jismoniy va
yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi
vositachilar bo’lib, o’z harakatlari bilan sug’urta shartnomalarini tuzishga
ko’maklashuvchi sug’urta agentlari va sug’urta brokerlari hisoblanadi.
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan o’ziga xos tovar - sug’urta xizmati
hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi shaklini ifodalovchi
sug’urta himoyasini ta’minlash hisoblanadi. Sug’urta xizmatining narxi sug’urta
tarifida aks ettiriladi. U talab va taklifga asoslangan raqobat asosida shakllanadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan sug’urta bozorlarining muammosi
sug’urtalanuvchilar tomonidan zarur darajada sotib olish layoqatiga ega
bo’lmaslikda ifodalanishi mumkin. Bu muammoning hal etilishi bir jihatdan
aholining sotib olish layoqatining o’sishiga va xo’jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy barqarorligiga, ikkinchi jihatdan davlat tomonidan umummilliy
darajada mamlakat makroiqtisodiyoti miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olish
layoqatini o’stirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarga bog’liq.
Mutaxassislar diqqatni sug’urta xizmatlariga talab subyektiv xususiyatga ega
ekanligiga qaratadilar, ya’ni sug’urta himoyasi bilan ta’minlanishga ongli talab
ko’p jihatdan iste’molchining ana shunday xizmat mavjud ekanligidan, uning
iste’mol sifatlaridan, samarasidan, bahosidan bexabarligi va shu kabi sabablarga
ko’ra amalga oshmay qolishi mumkin. Bu holat sug’urta tashkilotlaridan
“sug’urta riskini qoplashga doir yashirin talabni ochishga” qaratilgan marketing
tadbirlarini o’tkazishni taqozo qiladi.
Sug’urta xizmatlarining taklif etilishi etarli darajada ixtisoslashgan va
moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga
layoqatli sug’urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi.
Investorlarning sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish
uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining
sug’urta tashkilotlarining investitsiyalarining qaytarilishini va daromadliligini
kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, sug’urta
tashkilotlarida malakali menejerlarning va sug’urta xizmati anderraytingi
bo’yicha mutaxassislarning mavjudligi sug’urta bozorini shakllantirishning
muhim omili bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug’urta xizmatlari
bozori va hayotni sug’urta qilish bozoriga bo’linadi. O‘zbekiston Respublikasida
sug’urta xizmatlari bozori 2002-yilning oxirlariga qadar universal tusga ega
bo’lgan, ya’ni sug’urta tashkilotlari bir paytning o’zida ham umumiy, ham
hayotni sug’urtalash turlarini amalga oshirib kelgan. 2002-yilning 27-noyabrida
qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qaroriga asosan “Sug’urta
523
faoliyati klassifikatori” tasdiqlandi. Unga muvofiq sug’urta tashkilotlarining
faoliyati ikkiga ajratildi: umumiy sug’urta va hayotni sug’urta qilish sohasi.
Umumiy sug’urta xizmatlari hayot sug’urtasidan tashqari barcha sug’urta
xizmat turlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda umumiy sug’urta xizmatlari
bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta tashkilotlari “Sug’urta faoliyati
klassifikatori”ning umumiy sug’urta tarmog’iga oid barcha sug’urta klasslari
doirasida sug’urta xizmatlarini ko’rsatayapti. Umumiy sug’urta xizmatlari
bozorini tavsiflovchi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
22-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |