Davlatiy moliya


 Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

5. Jamg’armalarni shakllantirish va ishlatish

 

Barcha  majburiy  xarajatlar  amalga  oshirilganidan,  zaruriy  tovarlar  va 

xizmatlar  sotib  olinganidan  so’ng  qolgan  bo’sh  pul  mablag’lari  uy 

xo’jaliklarining  jamg’armalarini  tashkil  etadi.  Jamg’armalar,  kechiktirilgan 

iste’mol  demakdir.  Uy  xo’jaliklari  jamg’armalari  tashkil  topishi  jarayonining 

asosida ehtiyojning amalda mavjud bo’lgan darajasi va ularni qondirishning iloji 

yo’qligi  o’rtasidagi  ziddiyat  yotadi.  Ehtiyojlar  darajasini  qondi-rishning  tashqi 

cheklovchisi (chegaralovchisi) tovarlar ishlab  chiqarish  va  xizmatlar ko’rsatish 

imkoniyatining cheklangan-ligi hisoblanadi. 

Bozor  iqtisodiyoti  barqaror  rivojlangan  mamlakatlarda  uy  xo’jaliklarining 

jamg’armalariga  ham  alohida  rol  ajratilgan.  Chunki  iqtisodiy  o’sish 

investitsiyalarning muhim manbai bo’lgan jami jamg’armalarning darajasi bilan 




501 

uzviy  bog’langan.  O‘z  navbatida,  jamg’armalarning  mavjudligi  esa  mamlakat 

boyligining belgilaridan biridir. Jamg’arma munosabatlari sohasida quyidagi ko’p 

tomonlamali  aloqa-lar,  manfaatlar  va  maqsadlar  vujudga  keladi  va  qo’shilib 

ketadi: 

  takror  ishlab  chiqarish  aloqalari,  manfaatlari  va  maqsadlari.  Bunda 

jamg’armalar  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishning  muhim  tarkibiy  qismi 

sifatida maydonga chiqadi

  uy xo’jaliklari jamg’armalarining aylanishi va milliy iqtisodiyot moliya-

bank  sektorining  faoliyat  ko’rsatishi  bilan  bog’langan  pul-moliyaviy  aloqalar, 

manfaatlar va maqsadlar

  aholi  turmush  darajasining  o’sishiga  yo’naltirilgan  ijtimoiy  aloqalar, 

manfaatlar, maqsadlar. 

Uy  xo’jaliklarining  jamg’armalarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish 

ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishning  hajmlari,  muvozanat  va  taraqqiyotning 

umumiy maroiqti-sodiy nisbatlari bilan  belgilanadi.  Jamg’armalarning miqdoriy 

o’zgarishiga aholi nominal va real daromad-larining o’sish (kamayish) sur’atlari, 

inflyatsiya,    yakuniy  iste’molga  mo’ljallangan  xarajatlarning  o’zgarishi    ta’sir 

ko’rsatadi.  Uy  xo’jaliklari  jamg’armalarining  o’sishi,  ular-dan  oqilona  va 

samarali foydalanish investitsion faollikni oshirish, iqtisodiy taraqqiyot va aholi 

turmush  darajasining  o’sishi  muammolarini  hal  etishga  yo’nalti-rilgan  davlat 

makroiqtisodiy  va  moliya-kredit  siyosatining  eng  muhim  vazifalaridan  biri 

hisoblanadi. 

Jamg’armalarni quyidagi turli belgilarga ko’ra tasnif-lash mumkin: 

  jamg’arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko’ra; 

  sabablari nuqtai-nazaridan; 

  jamg’armalarni to’plash shakllari bo’yicha. 

Jamg’arish(ma)  jarayonining  maqsadlariga  ko’ra  jamg’ar-malarni  

quyidagilarga ajratish mumkin: 

  joriy  jamg’arma  fondlari  (uzoq  muddat  foydalanishga  mo’ljallangan 

tovarlarni sotib olish); 

  sug’urta jamg’arma fondlari

  investitsion jamg’arma fondlari. 

Jamg’armalarning  joriy  fondlari  qisqa  muddatli  xarakterga  ega,  naqd 

mablag’larni    qo’shib  olgan  holda,    yuqori  likvidli  aktivlarda  jamg’ariladi 

(to’planadi). 

Sug’urta  jamg’arma  fondlari    ko’zda  tutilmagan  holatlar  (vaziyatlar)  va 

qarilik  uchun  mo’ljallangan  jamg’armalardan  iborat bo’lib, ular  uzoq  muddatli 




502 

hisoblanadi  va  ularni  jamg’arish  jarayoni  tugamagunga  qadar  kamroq    likvidli 

bo’lishi mumkin. 

Investitsion 

jamg’arma 

fondlari 

 

iste’mol 



ehtiyojlari 

uchun 


mo’ljallanilmaydi.  Ularning  bosh  maqsadi  daromad  keltiruvchi  aktivlarga 

investitsiya qilishdan iboratdir. 

Sabablari nuqtai-nazaridan  uy xo’jaliklarining jam-g’armalari motivatsiyali 

va  motivatsiyasiz  bo’lishi  mumkin.  Bu  tasniflashga  muvofiq  maqsadli 

jamg’armalar  motivatsiyali  jamg’armalar  sifatida  talqin  qilinadi.  Biroq 

jamg’arma-larning  sabablarini  hamma  vaqt  ham  aniqlashning  iloji  bo’lmasligi 

mumkin. Ular ehtiyojning darajasiga nisbatan qiyoslaganda to’lovga layoqatlilik 

imkoniyatining oshishi va ishlab chiqarishning imkoniyatlari natijasida vujudga 

kelishi  mumkin.  Bunday  jamg’armalar  motivatsiyasiz  jamg’armalar  deyiladi. 

Agar to’lovga layoqatli talab va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi tizimli 

xarakterda  bir-biriga  mos  kelmasa,  ular  majburiy  jamg’armalar  nomini  olishi 

mumkin.


 

To’plash (yig’ish) shakllari bo’yicha jamg’armalarni bog’lanmagan (tashkil 

qilinmagan) va bog’langan (tashkil qilingan) shakllarga ajratish  mumkin. Naqd 

pullar  shaklida  uy  xo’jaliklari  bo’sh  pul  mablarining  jamg’arilishi  jamg’arma-

larning  bog’lanmagan  (tashkil  qilinmagan)  shakli  hisobla-nadi.    Agar 

jamg’armalarni  yig’ish  moliyaviy  bozor  instrumentlariga  joylashtirish,  shu 

jumladan, bank omonatlari va boshqa investitsion institutlari yordamida amalga 

oshirilsa,  uy  xo’jaliklari  jamg’armalarining  bunday  shakli  bog’langan  (tashkil 

qilingan)  jamg’armalar  deyiladi.  Jamg’armalarning  bog’lanmagan  (tashkil 

qilinmagan)  shakllari  ustuvor  tarzda  pulli  shaklda  bo’lsa,  ularning  bog’langan 

(tashkil  qilingan)  shakllari  turli  quyidagi  ko’rinishlarda  namoyon  bo’lishi 

mumkin: 


  mablag’larni ishlab chiqarishga to’g’ridan-to’g’ri; 

  mablag’larni  ishlab  chiqarishga  bilvosita  joylashtirish.  Bunda 

mablag’larni to’plash   va ularni  joylashtirish bilan  ixtisoslashtirilgan moliyaviy 

institutlar  shug’ullanadi.  Bunga  misol  tariqasida  davlat  qimmatli  qog’ozlarini 

sotib  olish,  bank  depozitlari,  investitsion  fondlarning  hissasini  (ulushini)  sotib 

olish va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 

Hozirgi paytda uy xo’jaliklarida mablag’larni jamg’a-rish jarayoni, ma’lum 

darajada,  ziddiyatli  hisoblanadi.  Bir  tomondan,  keyingi  yillarda  unda  ba’zi  bir  

ijobiy  tendentsiyalar  ko’zga  tashlanayaptiki,  xususan,  ular  quyida-gilarda 

namoyon bo’layapti: 

  keyingi  yillar  davomida  uy  xo’jaliklariga  tegishli  bo’lgan  moliyaviy 

aktivlarning absolyut o’sishi bir necha martaga oshdi




503 

  bog’langan  (tashkil  qilingan)  jamg’armalar  absolyut  va  nisbiy  jihatdan 

ham o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan; 

  mamlakatda  tegishli investitsion muhit mavjud bo’lsa,  jamg’armalarga 

ega  bo’lgan  va  ularni  investitsiyalarga  joylashtirishi  mumkin  bo’lgan    uy 

xo’jaliklarining guruh-lari shakllandi; 

  uy xo’jaliklari jamg’armalarini investitsiyalarga transformatsiya qiluvchi 

(aylantiruvchi) moliyaviy instrumentariylar (vositalar, dastaklar) kengaymoqda: 

ipotekaviy kreditlashtirish rivojlanayapti;  investitsion fondlar, nodavlat pensiya 

fondlari, sug’urta korxonalari faol faoliyat ko’rsatayapti; 

  tijorat  banklari  (shu  jumladan,  “Xalq  banki”  va  boshqa  banklar) 

o’rtasidagi  raqobatning  kuchayishi  aholi  mablag’-larini  jalb  qilish  shakllari  va 

metodlarining  rivojlanishiga  o’z  ijobiy  ta’sirini  ko’rsatdi:  taqdim  etiladigan 

xizmatlar doirasi  kengaydi, omonatlarning yangi turlari yaratildi va boshqalar

  jismoniy  shaxslar  omonatlarini  qisman  kompensatsiya  qilishni  ko’zda 

tutuvchi xususiy omonatlarni majburiy sug’urta qilish tizimining yaratilishi bank 

tuzilmalariga  bo’lgan  ishonchning  o’sishiga  o’z  ta’sirini  ko’rsatadi  va  uy 

xo’jaliklari jamg’armalar bog’langan shakllarining imkoniyatlarini kengaytiradi; 

  jamg’arma  jarayonlarida  foydalaniladigan  moliyaviy  instrumentlar 

daromadlik  darajasining  bir-biriga  yaqinlashuvi  yangi  moliyaviy  piramidalarni 

yaratish yo’liga to’siq bo’lib xizmat qiladi. 

Bir vaqtning o’zida jamg’armalar hamon o’zlarining investitsion salohiyatini 

to’liq  amalga  oshirmayapti  va  uy  xo’jaliklari  daromadlarining  qo’shimcha 

manbalariga  to’liq  aylanmayapti.  Buning  ustiga  hozirga  qadar    uy  xo’jaliklari 

jamg’arma  fondlarining  o’sishi  iste’mol  fondi  hisobidan,  ya’ni  daromadlar 

tarkibiy  tuzilmasining  sifat  jihatidan  o’zgarishi  natijasida  emas,  balki 

iste’molning iqtisod qilinishi hisobidan amalga oshirilayotir. 

Jamg’arish  jarayonining  sog’lomlashtirilishi  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  soha 

rivojlanishini  muvozanatlashtirish  va  ularning  barqarorligini  ta’minlash  bilan 

uzviy  bog’langan.  Bu  narsa,  o’z  navbatida,    ishlab  chiqarish  va  iste’mol, 

daromadlarni  taqsimlash  va  ulardan  foydalanish,  moliya  va  pul  muomalasi 

sohalaridagi  saqlanib  qolgan  nomutanosibliklarga    barham  berilishini  taqozo 

etadi. 

Hozirgi 


sharoitda 

uy 


xo’jaliklari 

jamg’armalari 

mexa-nizmini 

takomillashtirish quyidagi bir necha yo’nalish-lar orqali amalga oshirilishi kerak: 

  aholi real daromadlari va sotib olish qobiliyatining o’sishini ta’minlash. 

Bu  narsa  uy  xo’jaliklari  jamg’arma-larga  nisbatan  moyilligining  o’sishiga  o’z 

ta’sirini ko’rsatadi; 

  mablag’larni investitsion jarayonlarga jalb qilish uchun valyutalarni sotib 

olishga xarajat qilinadigan jamg’armalarning bog’langan shakllari rolini ko’tarish 



504 

va moliyaviy oborotga (aylanmaga) “aholi qo’lidagi pullarning o’sishi” moddasi 

bo’yicha mablag’larni kiritish; 

  jamg’armalarni  investitsion  resurslarga  aylantiradigan  (transformatsiya 

qiladigan)  institutlar  va  instru-mentlarni  rivojlantirish.  Buning  uchun  bank  va 

moliya  xizmatlarini  diversifikatsiya  qilish  va  kengaytirish,  eng  avvalo,  badalli 

investitsion fondlar va sug’urta korxonalari singari jamoa investorlari institutlari 

rivojlanishini yangi sifat darajaga o’tkazish,  korporativ obligatsiyalar bozorini 

shakllantirish kerak va h.k.; 

  yaxlit  olgan  holda  investitsion  iqlimni  va    jamg’armalar  bozorining 

investitsion muhitini yaxshilash. Bu yo’nalish bo’yicha investitsion jarayonlarni 

davlat  tomonidan  tartibga  solish  va  rag’batlantirishning  roli  yuqori  bo’lmog’i 

lozim. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish