Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

byudjeti  mexanizmi  vujudga  keladi.  Davlat  byudjeti  mexanizmi  deyilganda, 

odatda, faqat moliyaviy resurslarni  davlatning qo’lida to’plash (akkumulyatsiya 

qilish)  va ularni davlat byudjeti kanallari bo’yicha taqsimlashning amaldagi tizi-

migina    nazarda  tutilmasdan,  balki  takror  ishlab  chiqarish-ning  barcha 

bosqichlariga  bu  jarayonning  faol  ta’siri  ham  tushuniladi.  Bu  mexanizmning 

detallari juda ko’p: soliqlar va byudjetga to’lovlar, byudjetdan moliyalashtirishning 

turli shakllari, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shular 

jumlasidandir.  Davlat  byudjeti  mexanizmi  ishlashining  samaradorligi  unga 

tegishli bo’lgan detal-larning o’zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liq-

ligi bilan belgilanadi. 

Mamlakatning  moliya  tizimida  davlat  byudjeti  markaziy  o’rin  egallaydi. 

Markazlashtirilgan  pul  fondini  shakllantirish  orqali  davlatning  qo’lida  katta 

hajmdagi  moliya-viy  resurslar  to’planadi  va  ular  umumdavlat  ehtiyojlarini 

qondirishga  sarf  etiladi.  Davlat  byudjeti    umumdavlat  manfaatlarini  inobatga 

olgan holda ustuvor yo’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy 

vosita bo’lib xizmat qiladi. 

Ustuvor yo’nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni 

jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, 

iqtisodiyotning  yetakchi    tarmoqlarini  jadal  sur’atlar  bilan  rivojla-nishini 

ta’minlash maqsadida byudjetdan ajratilayotgan mablag’larning hajmi oshiriladi. 

Boshqa hollarda esa, o’sha sektorlardan mablag’larni davlat byudjetiga olishda qulay 

sharoit yaratiladi. 

Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy 

manba rolini ham o’ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida 

milliy  iqtiso-diyotda  yangi  tarmoq  vujudga  kelayotgan  bo’lsa,  uning  paydo 

bo’lishini  hozirgi  sharoitda  byudjetdan  moliyalash-tirishsiz  tasavvur  etib 

bo’lmaydi. 

Faoliyat  ko’rsatayotgan  subyektlarning  moliyaviy  barqa-rorligini 

ta’minlashda  davlat  byudjeti  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Turli  obyektiv  va 

subyektiv omillarning ta’siri ostida ayrim subyektlarning o’z moliyaviy resurslari 

ularning  sog’lom  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  etarli  bo’lmay  qolganda  chetdan 

mablag’ jalb qilishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga 




266 

soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning 

barchasida  davlat  byudjeti  mablag’lari  subyektlarning  o’z  manbalari,  tarmoq 

ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so’ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida 

foyda-laniladi. 

Subyektlar  faoliyatini  moliyaviy  resurslar  bilan  ta’minlashda  davlat 

byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 

  moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi davlat byudjeti yilida 

davlat byudjetiningxarajatlari tarkibiga kiritish; 

  moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud davlat byudjeti 

resurslarini  manyovr  qilish,  ya’ni  davlat  byudjeti  kredit-larini  bir  obyektdan 

ikkinchisiga  o’tkazish  yo’li  bilan  qondirish.  Bunday  imkoniyatning  mavjudligi 

amaliyotda ayrim subyektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni 

to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmas-ligi bilan izohlanadi; 

  qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va 

boshqalar. 

Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari bilan qayta 

qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan 

xara-jatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish, eng avvalo, ana 

shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, 

mada-niyat, sport, fan, ijtimoiy  ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish,  ijtimoiy 

nafaqa, aholi uchun muhim      aha-miyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni 

byudjetdan  qoplash,  davlat  hokimiyati  organlari,  boshqaruv  va  sud  organlarini 

saqlash,  fuqarolarning  o’z-o’zini  boshqarish  organlarini  moliyalashtirish, 

mamlakatning  mudofaa  qobiliyatini  mustahkamlash  kabi  vazifalarning  o’z 

vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish