16-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI
REJA:
1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati.
2. Davlat byudjetining daromadlari.
3. Davlat byudjetining xarajatlari.
4. Davlat byudjeti defitsiti
va uni moliyalashtirish.
1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida
paydo bo’lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj, eng avvalo, siyosiy
tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog’liqdir. Har bir davr
ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy
belgilari davlat faoliyati va davlat byudjetiningtaqsimlash mexanizmi sifatidagi
mazmunini belgilab beradi.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini ifoda
etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy
daromadning muayyan qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli
sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot,
boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag’ bilan ta’minlash imkonini beradigan
muhim taqsimlash vositasidir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi
bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha belgilarga ega va unga
tegishli bo’lgan barcha funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti
252
faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z
navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib
turadi va unda markaziy o’rinni egallashga asos bo’ladi. Uning ana shunday
xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har
bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-
da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy
taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha bo’lib, uni
boshqarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, tegishli kodeks,
qonun, farmon, qaror va qonunosti hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Ularning ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”.
Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim
xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy byudjetlar ko’pligiga qaramasdan,
ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga ketma-ket bo’ysunishiga
rioya qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida davlat
byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda demokratizm
prinsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari
o’zlarining davlat byudjeti mablag’lariga ega va o’zlariga tegishli davlat byudjeti
huquqlaridan foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar
mablag’lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona tashkil etish
uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli holda, davlat byudjetida,
ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud:
1) davlat byudjeti – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida;
2) davlat byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Ayrim hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy
moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to’g’ri deb e’tirof etib bo’lmaydi.
Chunki iqtisodiyotga tegishli bo’lgan har qan-day reja u yoki bu iqtisodiy
kategoriyaning namoyon bo’lish shakllaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq
ravishda, davlatning asosiy moliyaviy rejasi davlat byudjeti kategoriyasining
namoyon bo’lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy
rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo’lgan xususiyatlar
majmuining namoyon bo’lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning asosiy
moliyaviy rejasi sifati-da ularning “davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi
predmetning mohiyatini o’zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy)
kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo’la olmaydi.
Bundan kelib chiqadigan
asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning
qo’shilishini tushunmoq kerak:
253
1) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida
vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya);
2) shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy
moliyaviy rejasi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi (instrumenti)
sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya yordamida
taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldi-sotdilar
natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi.
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning
harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat
byudjetidan tashqarida, davlat byudjeti resurslari sarflanayotganda taqsimlash va
almashuv operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi.
Moliya tizimining boshqa barcha bo’linmalari va iqtisodiy (moliyaviy)
kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan chambarchas bog’liqligi
ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan
taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning
o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichdan
iborat bo’ladi:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjeti daromadlari);
2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli davlat byudjeti
fondlarini yaratish;
3) davlat byudjeti fondidan foydalanish (davlat byudjeti xarajatlari).
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning bu
bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan
alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-
alohida ko’rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va
metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining
bir qismi davlatning qo’lida to’planishi (jamlanishi) sodir bo’ladi. Ana shu asosda
mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida
moliyaviy (byudjet) munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan,
majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining
xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib,
ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga –
umumdavlat ehtiyojlarini qondi-rishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining
254
alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish
boshlanganda barham beriladi.
Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:
1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham
davlat va mablag’ to’lovchilar o’rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash
munosabatlarini ifoda etadi. Bu yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy
jihatdan ham bir xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy
daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoqlamalik
xarakterga egaligini ham unutmaslik lozim.
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng
avvalo, to’lovchilarning xara-jatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan
chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari
sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan
ishtirokchilar (tomon-lar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga
keladi. Davlat davlat byudjetiningdaromadlarini oshi-rishdan manfaatdor bo’lsa, bu
narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfa-
atdorligini (qiziquvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, “byudjetga to’lovlar” va “davlat byudje-tining daromadlari”
tushunchalari yuqorida ko’rsatilgan umumiylikka ega bo’lsalar-da, bir vaqtning
o’zida, ular o’rtasida obyektiv farqlar ham mavjud. Byudjetga to’lovlar xo’jalik
yurituvchi subyektlar yoki to’lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan
hisoblanadi va boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o’zaro organik bog’liqlikda
ko’riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat
byudjetiningsubyektlar (xo’jaliklar) bilan davlat byudjeti munosabatlari keng
sohalarining boshqa elementlari bilan o’zaro bog’liqlikda tahlil qilinadi. Bu
holda, taqsimla-nayotgan milliy daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy
mazmun kasb etadi va moliya tizimining turli bo’lin-malarida turlicha ko’rinishga
ega bo’ladi.
Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi (yagonaligi, birligi)
bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga – ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga
xizmat qiladi. Undirish metodlari, to’lovchilarning tarkibi, to’lash muddat-lari va
hokazolarda katta farqlanishlar bo’lishiga qara-masdan, ularning barchasi davlat pul
fondini shakllantirish bo’yicha davlat va to’lovchilar o’rtasida vujudga kelgan
taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu o’z navbatida,
mablag’larni to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning barchasi
orasidan moliyaviy (byudjet) kategoriyaning bir ko’rinishi sifatida alohida
munosabatlarni ajratib olishga asos yaratib beradi. Agar moliya iqtisodiy kategoriya
255
sifatida e’tirof etilgan bo’lsa, davlat byudjeti bu kategoriyaning tarkibiy qismi,
ko’rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, davlat byudjeti o’ziga tegishli bo’lgan
(byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan
kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bo’ysunuvchanlik xarakteriga ega bo’lib,
uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday davlat byudjeti
kategoriyalaridan biri davlat byudjetining daromadlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |