3. Davlat byudjetining xarajatlari
Davlat byudjetining xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo’lgan davlat
byudjetiningko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy
xususiyatlarga egadir. Ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul
shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan
tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjetining xarajatlari bir butunning
o’ziga xos qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari
mablag’laridan foydalanish va tegishli fond-larni shakllantirish bilan bog’liqdir.
Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli soha-larga
yo’naltirilayotgan davlat byudjeti mablag’larining hara-katidan iborat.
Davlat byudjetining xarajatlari xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon
bo’ladi. Davlat byudjeti xarajatlari turlarining xilma-xilligi esa, o’z navbatida,
quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va
funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat
byudjetiningmilliy iqti-sodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning
rivojlanganlik darajasi; davlat byudjeti mablag’larining namoyon bo’lish shakllari
va h.k.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli va
ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish
maqsadga muvofiq. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, ijtimoiy takror ishlab
273
chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy
mo’ljallanganligi bo’yicha va ma’lum maqsadlariga ko’ra alohida guruhlarga
ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari kapital va joriy
xarajatlarga bo’linadi.
Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga
yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan
tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan
xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari
sifatida beriladigan mablag’lar;
c) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital
ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa
xarajatlar;
d) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk miqdorini oshirish
yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
e) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq davlat
byudjetiningkapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti
shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralari, davlat
byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan davlat
byudjeti xara-jatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga
dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan, davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va davlat byudjeti xarajatlarining
turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa
xarajatlar davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byud-jetining xarajatlari
iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, dastlab, davlat
korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini
shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy
zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi.
Davlat byudjetiningijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol
fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining
shaxsiy, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga
mo’ljallangan. Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini
(mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar)
shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlash-
274
tirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda,
davlat byudjeti mablag’larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining
ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan,
ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan
xizmatlar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali va kam ta’minlangan
oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda
keng foydalaniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishga
asos qilib milliy iqtisodiyotning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo’linishi qabul
qilingan. Shunga muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq
xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport,
fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k.
xarajatlariga bo’linishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo’jalik) tarmoqlarining pul
fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda,
xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi
nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo’jalikning tarmoq tarkibiy
tuzilishini kerakli yo’nalishga o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda
mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi davlat byudjeti mablag’-
larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab-
quvvatlashga
yo’naltirish imkonini bera-yapti. Bir vaqtning o’zida
iqtisodiyotning ustuvor tarmoq-larini (mashinasozlik, qishloq xo’jaligi,
elektroenergetika va boshqalar) keng ko’lamlarda byudjetdan moliyalashti-rilishi
ham ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy
guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan
funksiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq davlat byudjetining barcha
xarajatlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
mudofaa xarajatlari;
boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun
ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash
va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o’zida aks
ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetiningxarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish
va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy
275
xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni
amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi.
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi
asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng
miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida
qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga
imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida
iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari alohida
o’rin egallaydi.
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib
chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan
bog’liq-dir. Qurolli Kuchlarning barcha turlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi,
uning xo’jalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari
deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat
hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqaro-larning o’zini-o’zi boshqaruv
organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib,
jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to’rtta guruhdan qaysi
biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o’zlarining aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi
bo’yicha ham bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qismlar davlat byudjeti
xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi. Kapital qo’yilmalar, dotatsiyalar,
subventsiyalar, subsidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish
xarajatlari, kapital va joriy remont, kantselyariya va xo’jalik xarajatlarini davlat
byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida ko’rsatish mumkin. Davlat byudjeti
xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha turkumlanishi
davlat byudjeti mablag’la-ridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, davlat
byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy
nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratish bilan birga
xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida
yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar,
kontsernlar, korxonalar), davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi
mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi
davlat byudjeti mablag’larini aniq oluvchilarni ko’rsatadi va ular tarmoq ichida pul
fondlarini shakl-lantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan davlat byudjeti mablag’-laridan
o’z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.
276
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda bo’linishi ular
markazlashuvining turli darajalarini o’zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan,
davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining
xarajatlari respublika va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat
70
:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
iqtisodiyot xarajatlari;
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura
organlarini saqlab turish xarajatlari;
sudlarni saqlab turish xarajatlari;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining,
Qoraqalpo-g’iston
Respublikasi
respublika
byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudje-
tining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning
daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning
miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta’sir
ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti
xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‘z
navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy
imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda davlat byudjeti
xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’ja-likda pul fondlarini
shakllantirishda davlat byudjeti mablag’-laridan foydalanishning shunday
muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga
erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga
ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi
proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning
daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy
xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga
aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat
unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor
70
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning
69- moddasi. -T.: “Adolat”, 2014 y. 9-b.
277
berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida,
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muam-molarning qay darajada
hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo’jalikning
yakuniy natijasi davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy
tuzilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan to’g’ri, tejamli va samarali
foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjeti
xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti
mablag’laridan foydalanish ustidan o’rnatilgan moliyaviy nazorat tizimiga alohida
e’tibor berish lozim.
Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham
davlat byudjetining xarajat-laridir. Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy
xo’jalikdagi oqilona nisbat (proportsiya)larni ta’minlash maqsadida davlat
byudjeti mablag’larini tarmoqlar va hududlar bo’yicha taqsimlash va qayta
taqsimlashning shakllari va metodlari majmui tushuniladi. Milliy xo’jalikni
moliyaviy tartibga solishning obyektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan
xarakterlanadigan, uning murakkab organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslarni
jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini
sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kelgan
proportsiyalarni o’zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning
(hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojla-nishini
rag’batlantirmasdan, milliy xo’jalikning rivojla-nishini tartibga solishi mumkin.
Davlat byudjeti mablag’larining katta qismini muhim ishlab chiqarish-hududiy
komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat
o’zgarishlarining sodir bo’lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy
tuzilmasining o’zgarishiga olib keladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy jihatdan tartibga solish davlat byudjeti
daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida
amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq davlat byudjeti
xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli
yo’nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda)
taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar-ning sodir bo’lishi uchun tegishli
sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining
ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida
va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga ega bo’ladi. Mablag’larni
konkret taqsim-lovchilarga davlat byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti
mablag’-larini berish va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilib, moliya
organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuv olib boradilar va zarur
holatlarda taqsimlanayotgan davlat byudjeti mablag’larining proportsiyalarini
o’zgartiradilar.
278
Daromadlarni davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turlari va yo’nalishlari
bo’yicha biriktirilishi prinsipi bo’lmaganligi uchun bu yerda davlat byudjeti
resurslarini keng miqyosda o’tkazish va shunga muvofiq ravishda davlatning
ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’laridan har qanday zarur yo’nalishlarda
foydalanilishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning
tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xo’jalikning
ehtiyojlariga bog’liq hamda davlat byudjeti mexanizmi orqali ishlab chiqarish va
iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar
bilan belgilanadi.
Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byud-jetdan moliyalashtirish
orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish
deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga
byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim
etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda
ma’lum bir prinsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliya-lashtirishning prinsiplari,
shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi va uning
amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar
hal etilayotgan paytda byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining
ahamiyati yanada ortadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo,
moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi amaliyotda
foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplarini umumiy va
xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag’
oladigan barcha subyektlarning faoliyatiga tegish-lidir. Xususiy prinsiplar esa
subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti
mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat
bo’lishi mumkin:
minimum xarajatlardan maksimum samara olish;
davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi;
ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’lardan
foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag’larini taqdim etish.
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamo-yillar bilan birgalikda
xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
davlat byudjeti mablag’larini faqat ishlab chiqarishni kengay-tirish
xarajatlariga ajratish;
davlat byudjeti mablag’larining miqdorini aniqlashda “qoldiq”
yondashuvidan foydalanish;
279
byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xarajatlardan kredit
metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish prinsipi va
boshqalar.
Amaliyotda
byudjetdan
moliyalashtirishning
turli
shakllaridan
foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dota-tsiya, subventsiya, subsidiya, davlat
byudjeti ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar byudjetdan
moliyalashtirishning shakllaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |