davlat byudjeti tizimi deyiladi. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti
tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud byudjetlar to’plami (majmui)
tushuniladi.
Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining tarkibiy qismi
bo’lib, uning ma’lum bir qismini o’zida ifoda etadi. Shu ma’noda, davlat byudjeti
tizimi davlat byudjetiningo’zaro bog’liqlikda bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro
yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy
tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy
bo’linishiga bevosita bog’liq.
U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch bo’g’inli
bo’lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi ikki bo’g’indan
(markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlarda esa uch bo’g’indan
284
(markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat
bo’lishi mumkin.
Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanib tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti kodeksi”da mamlakatimiz davlat byudjeti
tizimi shakllantirilishi va faoliyat yuritishining prinsiplari belgilab berilgan:
davlat byudjeti tizimining yagonaligi;
davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishiga muvofiqligi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va
xarajatlarini rejalashtirish;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq
yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning
natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javob-garligi;
ochiqlik.
Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi,
davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti jarayoni prinsiplari, davlat
byudjeti qonunchiligini buzganlik uchun sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat
davlat byudjeti tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va
davlat byudjeti mablag’lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi
bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishiga muvofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy birlikning o’z mustaqil
byudjeti bo’lishi shartligi bilan izohlanadi. Ma’muriy – hududiy birlik o’z
byudjetini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanishda muayyan
vakolatlarga ega bo’ladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi
prinsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti mutlaqo balansli holda
tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga oshirilishi mo’ljallangan xarajatlar moliya
yilida olinajak daromadlar miqdoriga teng bo’lishi kerak.
Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlarning
hajmi davlat byudjeti daromad-lari va uning defitsitini moliyalashtirish
manbalaridan tushadigan tushumlarning jami hajmiga teng bo’lishi kerak-ligini
bildiradi.
285
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar davlat
byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish masalasiga alohida e’tibor
berishlari kerak.
Bundan tashqari, daromadlarni yig’ish va mablag’larni xarajat qilishda
byudjetlarning bir-biriga bo’ysunadigan yuqori va quyi zvenolari qat’iy o’zaro
bog’liqlikda harakat qiladi.
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi byudjetlari
daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish o’ta muhim
prinsiplardan biri hisoblanadi. Daromadlarni prognoz qilishning asosi bo’lib
mamlakatni
ijtimoiy
– iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining natural
ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ular bazasida kelgusi davrda olinishi mumkin
bo’lgan daromad-larning miqdorlari prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o’z-o’zidan
amalga oshirilmaydi, balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida
byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz
qilinsa, xarajatlar yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq
yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi davlat byudjeti mablag’larini
konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning aniq maqsadlarni moliyalash-tirilishi
oldindan belgilangan holda bo’lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko’zda
tutilgan mablag’lar manzilliligini yoki yo’nalishini ko’zda tutil-magan maqsad-
larga o’zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat davlat byudjeti
qonunchiligini buzish hisob-lanadi
.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi qonunchilik va
davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organ-larining mamlakat davlat byudjeti tizimining tegishli darajalarida davlat
byudjeti jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu
prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat byudjeti
tizimining har bir darajasida byudjetlar daro-madlarining o’z manbalariga
egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi daromadlarini, qonunchilikka
muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllan-tirish bo’yicha
vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar xarajatlarining
sarflanish yo’nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini,
byudjet to’g’risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qo’shimcha
daromadlar, davlat byudjeti daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi
summalari va davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha iqtisod qilingan summalarni
olishning mumkin emasligini, davlat byudjeti to’g’risidagi qonunlarning ijro
etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo’qotmalar va qo’shimcha
xarajatlarni
davlat
byudjeti
tizimining
boshqa
daraja-lari
hisobidan
286
kompensatsiya qilishga yo’l qo’ymas-likni (qonunchilikning o’zgarishiga bog’liq
holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016 yilga
qadar o’tgan davrda mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida byudjetlarning
mustaqilligi prinsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz berdi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning
natijadorligi prinsipining mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq ravishda
vakolatli organlar va davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va
ularning ijrosini ta’minlashda, avvalo, ko’zda tutilgan maqsadlarga erishishda
mablag’larning kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi mablag’lardan foyda-
langan holda yuqori natijaga erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak.
Kassaning yagonaligi prinsipi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining barcha
daromadlari Yagona g’azna hisobva-rag’iga kiritilishi va ularning xarajatlarini
to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini anglatadi.
Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgar-ligi prinsipi davlat
byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti jarayonining har bir
bos-qichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.
Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik prinsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan
davlat byudjeti va uning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini,
davlat byudjeti ijrosi jarayonida ma’lumotlarning to’liq va to’g’ri berilishini,
davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining
yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo’yicha qarorlarni ko’rib chiqish va
qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida
yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o’rtasidagi qarama-
qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo’yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot
vositalari uchun albatta, ochiq bo’lishini ko’zda tutadi. Bundan tashqari, Davlat
byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi axborot
Moliya vazir-ligining rasmiy veb-saytida ham joylashtirilishi va yangilanib
borishi kerak.
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida
amalga oshiriladi.
Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli hokimiyat
organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
quyidagilardan iborat
71
:
71
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
287
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab
chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib
chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob
palatasiga yuboradi;
byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga
taqdim etadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib
boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi;
o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit
o’tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga
yuboradi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili mobaynida Davlat
byudjeti va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlari parametrlariga
o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;
O‘zbekiston
Respublikasi
respublika
byudjetining
qo’shimcha
manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi
mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq
davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |