Davlatiy moliya


Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va  shaharlar  Kengashlarining 

davlat byudjeti sohasidagi vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir

73

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar 



mahalliy  byudjetlarini,  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlarini  tegishincha 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, 

tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimno-masiga muvofiq ko’rib chiqadi va 

qabul qiladi; 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 



mahalliy  byudjetlari,  tumanlar  va  shahar-lar  byudjetlarining  tegishli  davrdagi 

ijrosi  to’g’risidagi  hisobotlarni  tegishincha  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va  shaharlar 

hokimlarining  taqdimnomasiga  muvofiq  har  chorakda  ko’rib  chiqadi  va 

tasdiqlaydi; 

 

mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  stavkalarini  qonun 



hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi. 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  xalq  deputatlari 



viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va  shaharlar  Kengashlari  qonun 

                                                           

73

 O‘zbekiston Respublikasining  2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 27-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


289 

hujjatlariga  muvofiq  davlat  byudjeti  sohasida  boshqa  vakolatlarni  ham  amalga 

oshirishi mumkin. 

Shuningdek,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  joylardagi  davlat  hokimiyat 

organlari  ham  davlat  byudjeti  tizimini  boshqarish  sohasida  bir  necha  vakolatlarga 

ega.  Jumladan,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi  va  mahalliy 

hokimiyat vakillik organlari uchun  bu borada quyidagi vako-latlar xosdir

74



 

  tegishli  davlat  byudjeti  loyihasini  ishlab  chiqish  va  uni  ijro  etish 

jarayonini tashkil etadi hamda muvofiq-lashtirib boradi; 

 

davlat byudjeti so’rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini 



tuzish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini 

belgilaydi; 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent 



shahar  mahalliy  byudjetlari,  tuman-lar  va  shaharlar  byudjetlari  loyihalarini 

tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari 

viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko’rib chiqish 

va qabul qilish uchun taqdim etadi; 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesining,  xalq  deputatlari 



viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga 

muvofiq Qoraqalpo-g’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 

mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi; 

 

Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar 



va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjet-lari,  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlari 

parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi; 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 



mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi 

to’g’risidagi  hisobotlarni  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesiga, 

xalq  deputatlari  viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  tumanlar  va  shaharlar 

Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; 

 

Davlat  byudjetiga  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlariga 



tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi; 

 

davlat  byudjeti  mablag’larining  maqsadli  sarfla-nishi  ustidan  nazoratni 



tashkil etadi; 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat 



byudjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar  byudjetining,  tumanlar  va  shaharlar 

                                                           

74

  O‘zbekiston  Respublikasining    2013-yil  26-dekabrdagi  “Byudjeti  kodeksi”,  28-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


290 

byudjetlarining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul 

qiladi; 

 

qonun  hujjatlarida  belgilanadigan  alohida  soliqlar  bo’yicha  belgilangan 



stavkalarga  pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritish to’g’risida 

hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan 

holda qarorlar qabul qiladi. 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat 



byudjetlari  va  Toshkent  shahri  shahar  byudjetining,  tumanlar  va  shaharlar 

byudjetlarining  zaxira  jamg’armalari  mablag’laridan  foydalanish  to’g’risida 

qarorlar qabul qiladi. 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 



shahar,  tumanlar  va  shaharlar  hokim-lari  qonun  hujjatlariga  muvofiq  davlat 

byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

O‘z navbatida, mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarishda O‘zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  muhim  rol  o’ynab,  u  bu  sohada  quyidagi 

vakolatlarga egadir

75



 

Davlat  byudjeti  hamda  soliq  va  davlat  byudjeti  siyo-satining  asosiy 

yo’nalishlari loyihalarini tayyor-laydi; 

 

davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyiha-larini ko’rib chiqadi; 



 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byud-jetnoma loyihasini 

ko’rib chiqish uchun taqdim etadi; 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  va  Davlat  bojxona 



qo’mitasiga  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjeti  daromadlari  prognozini 

har chorakda etkazadi; 

 

davlat  byudjeti  mablag’larini  taqsimlovchilarga  va  davlat  maqsadli 



jamg’armalarini taqsimlovchi organ-larga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan 

ajratiladigan mablag’lar hajmlarini etkazadi; 

 

davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va 



jamlanma  xarajatlar  smetalari,  shtat  jadvallarini,  shuningdek  ularga  kiritilgan 

o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi; 

 

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xara-jatlari yoyilmasiga 



moliya yili mobaynida o’zgarti-rishlar kiritadi;  

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  Davlat  byudjeti, 



O‘zbekiston  Respublikasining  respublika  byudjeti  va  davlat  maqsadli 

                                                           

75

O‘zbekiston  Respublikasining    2013-yil  26-dekabrdagi  “Byudjeti  kodeksi”,  29-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


291 

jamg’armalari  byudjet-lari  parametrlariga  o’zgartirishlar  kiritish  bo’yicha 

takliflar taqdim etadi; 

 

Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 



viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarining  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

byud-jeti, viloyatlar va  Toshkent  shahar mahalliy  byudjet-larining  tasdiqlangan 

parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi; 

 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning man-balari kesimida to’liq 



va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; 

 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarining  mablag’laridan  maqsadli 



foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 



mahalliy  byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  hisobotlar,  shuningdek  davlat 

byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning moliyaviy 

hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi; 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat 



maqsadli  jamg’armalari  byudjet-larining  tegishli  davrdagi  ijrosi  to’g’risida 

hisobot taqdim etadi; 

 

byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi; 



 

Davlat  byudjetini  ijro  etish  jarayonida  unga  tushum-larni  ko’paytirish 

bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniq-laydi;  

 

davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning 



xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; 

 

davlat byudjeti ssudalarini beradi; 



 

davlat  tomonidan  mablag’lar  jalb  qilish  bo’yicha  O‘zbe-kiston 

Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro’yxatdan o’tkazadi; 

 

davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi; 



 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi; 

 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining Yagona g’azna hisobvarag’idagi va 



boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi; 

 

davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mab-lag’lari oluvchilarning 



tovarlarni  (ishlarni,  xizmat-larni)  etkazib  beruvchilar  bilan  tuzilgan  shartno-

malarini ro’yxatdan o’tkazadi; 

 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarida  mablag’lar  nazarda  tutilgan  yuridik 



yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga ko’ra to’lovlarni amalga 

oshiradi; 




292 

 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  ijrosining  davlat  byudjeti  hisobini 



yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi; 

 

davlat  qarzi  bo’yicha  xizmat  ko’rsatadi,  O‘zbekiston  Respublikasining 



davlat kafolatlarini bajaradi; 

 

O‘zbekiston  Respublikasiga  kelayotgan  insonparvarlik  yordami  hamda 



texnik ko’maklashish mablag’lari hisobini yuritadi; 

 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  daromadlari  va  xarajatlarining 



balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda 

iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi; 

 

o’z  vakolatiga  kiradigan  masalalarga  doir  normativ-huquqiy  hujjatlar 



qabul qiladi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  qonun  hujjatlariga  muvofiq 



davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish