Davlatiy moliya


(shifr)lashtirilgan  davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlarining  bir  xil



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

(shifr)lashtirilgan  davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlarining  bir  xil 

belgilari  bo’yicha  ilmiy  asoslangan  iqtisodiy  guruhlanishi  davlat  byudjeti 

tasnifi (klassifiktsiyasi) deyiladi. 

Odatda,  davlat  byudjeti  klassifikatsiyasining  asosida  daromadlar  bo’yicha 

ularning  manbalari,  xarajatlar  bo’yicha  esa  mablag’larning  maqsadli  sarflanish 

yo’nalishlari yotadi. 

Davlat byudjeti klassifikatsiyasi o’zining keng yo’nalishi bilan ajralib turadi. 

Uning  bo’linmalariga  qat’iy  rioya  etgan  holda  davlat  byudjeti  rejalashtirilishi 

amalga oshiriladi, davlat byudjeti tashkilotlarining individual va umumiy hamda 

yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va davlat byudjetining ishlab 

chiqilishi amalga oshiriladi. 

Davlat  byudjetiningmamlakat  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish  rejalari, 

xo’jalik  yurituvchi  sub’yektlar  va  ularning  yuqori  tashkilotlarini  moliyaviy 

rejalari  bilan  bog’liqligini  ta’minlashda,  bir  turdagi  davlat  byudjeti 

tashkilotlarining  xarajatlari  va  alohida 

ma’muriy-hududiy  birliklarning 

byudjetlarini taqqoslashda, ij-timoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning 

qondirilish  darajasini  aniqlashda  davlat  byudjeti  klassi-fikatsiyasi  muhim  rol 

o’ynaydi. 

Davlat  byudjeti  ijrosi    jarayonida  ham  davlat  byudjeti  klassifikatsiyasi 

(tasnifi)  alohida ahamiyatga ega. Tasdiq-langan davlat byudjeti va davlat byudjeti 

tashkilot-larining  xarajatlar  smetasida  ko’zda  tuzilgan  tadbirlar-ning  maqsadli 

moliyalashtirilishini  ta’min-lashda  u  zaruriy  shart  hisoblanadi.  Davlat  byudjeti 

klassifi-katsiyasi (tasnifi)  moliya organlarida, davlat byudjeti tash-kilotlarida va 

boshqa muassasalarda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining sintetik va 

analitik  hisobi  yagonaligining  asosini  tashkil  etadi.  U  O‘zbekiston  Respublikasi 

davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun ham  zarurdir. 

Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining daromadlari va 

xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruh-

lashdan iborat bo’lib, davlat byudjeti tizimi byudjet-larini shakllantirish, tuzish va 




294 

ijro  etishni  tizimlash-tirish  uchun  foydalaniladi.  Davlat  byudjeti  tasnifi  xalqaro 

tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi tomonidan tasdiqlanadi

76



Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to’liqlik, yagonalik va o’zaro 



muvofiqlikdan iboratdir

77

.  



Davlat  byudjeti  tasnifining  to’liqlik  prinsipi  dav-lat  byudjeti  jarayonining 

barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.  

Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi dav-lat byudjeti jarayonining 

barcha  ishtirokchilari  tomonidan  yagona  davlat  byudjeti  tasnifi  qo’llanilishini 

anglatadi.  

Davlat  byudjeti  tasnifining  o’zaro  muvofiqligi  prinsipi  davlat  byudjeti 

tasnifining  kodlari  bir  vaqtning  o’zida  davlat  byudjeti  jarayonining  turli  xil 

operatsiyalarini hisobga olish uchun qo’llanilmasligini anglatadi. 

Davlat  byudjeti  klassifikatsiyasi  (tasnifi)da  belgi-langan  daromadlar  va 

xarajatlarning  iqtisodiy  guruhlanishi  byudjetni  tuzish  va  ijro  etish  hamda  uning 

resurslaridan  foydalanishda  moliya-davlat  byudjeti  intizomiga  rioya  etilishini 

nazorat qilishga imkon beradi. 

Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi)  tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, 

bu uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash 

borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu 

narsa  orqali  ifodalanadiki,  davlat  byudjeti  tasdiqlanganidan  so’ng  barcha  xo’jalik 

yurituvchi sub’yektlar  va  ularning  yuqori  organlari  davlat  byudjeti  daromadlari 

tushumining  to’liqligini  ta’minlashga  va  tasdiqlangan  byudjetdagi  klassifika-

tsiyaning  bo’linmalariga  muvofiq  ravishda  xarajatlarni  amalga  oshirishga 

majburdirlar.  Demak,  davlat  byudjeti  klassifikatsiyasining  tashkiliy  ahamiyati 

byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga  bir xilda tegishlidir. 

Tasdiqlangan  davlat  byudjeti  qonun  kuchiga  ega  bo’lgan-ligi  va  uning 

ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aniq va to’liq bajarishga 

majbur bo’lganligi uchun davlat byudjeti klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham 

kasb etadi. 

Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o’z ichiga quyidagilarni oladi

78



 



davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini; 

 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini; 



 

Davlat  byudjeti  defitsiti  (taqchilligi)ni  qoplash  manbalari  tasnifini  o’z 

ichiga oladi. 

                                                           

76

  O‘zbekiston  Respublikasining    2013-yil  26-dekabrdagi  “Byudjeti  kodeksi”,  18-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 

77

  O‘zbekiston  Respublikasining    2013-yil  26-dekabrdagi  “Byudjeti  kodeksi”,  20-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 

78

  O‘zbekiston  Respublikasining    2013-yil  26-dekabrdagi  “Byudjeti  kodeksi”,  19-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


295 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  daromadlarining  tasnifi  tuzilmasi 

quyidagilardan iborat

79



 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari 

tasnifi; 

 

daromadlarning turlari; 



 

tashkiliy tasnif; 

 

hududiy tasnif. 



Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag’larining  manbalari  va  darajalari 

tasnifi  kelib  tushayotgan  daromadlarning  tegishli  mablag’lar  manbalariga  va 

ushbu  byudjetlar  darajalariga  mansubligini  aniqlash  uchun  qo’llaniladi. 

Daromadlarning turi bo’lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar 

bo’limi daromad-larni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. 

Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek soliq 

bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. 

Daromad tipi davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat 

bo’ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni 

ma’muriy 

jihatdan 

idora 


qiluvchi 

tegishli 

organga 

mansubligini 

identifikatsiyalash  maqsadida  qo’llaniladi.  Hududiy  tasnif  kelib  tushayotgan 

daromadlarning  ushbu  daromadlar  shakllantirilayotgan  yoxud  o’tkazib 

berilayotgan  tegishli  ma’muriy-hududiy  birlikka  mansubligini  identi-

fikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  xarajatlarining  tasnifi  davlat  byudjeti 

tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va ularning yo’nalishini 

aks  ettiradi.  Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  xarajatlari  tasnifining  tuzilmasi 

quyidagilardan iborat

80



 



davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari 

tasnifi; 

 

vazifa jihatidan tasnif



 

tashkiliy tasnif; 

 

iqtisodiy tasnif; 



 

hududiy tasnif. 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag’larining  manbalari  va  darajalari 

tasnifi  amalga  oshirilayotgan  xarajatlarning  tegishli  mablag’lar  manbalari  va 

byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Xarajatlarning 

vazifa  jihatidan  tasnifi  davlat  funksiyalarini  bajarish  uchun  mablag’lar 

yo’nalishini  aks  ettiruvchi  xarajatlarni  guruhlashdir.  Xarajatlarning  tashkiliy 

                                                           

79

  O‘zbekiston  Respublikasining    2013-yil  26-dekabrdagi  “Byudjeti  kodeksi”,  21-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 

80

 O‘zbekiston Respublikasining  2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 22-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


296 

tasnifi  davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarining  mablag’larini  taqsimlovchilar 

bo’yicha  kodlashdan  iborat  bo’ladi.  Xarajatlarning iqtisodiy  tasnifi  xarajatlarni 

iqtisodiy  yo’nalishiga  ko’ra  kodlashdan  iborat  bo’ladi.  Hududiy  tasnif  davlat 

byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning tegishli 

ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. 

Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari 

quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi: 

birinchi  guruh  —  ish  haqi,  pensiyalar,  nafaqalar,  stipendiyalar, 

kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;  

uchinchi  guruh  —  kapital  qo’yilmalar  (rivojlanish  davlat  dasturlarida 

nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga muvofiq); 

to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.  

Xarajatlar  guruhlari  bo’yicha  aniq  moddalar  davlat  byudjeti  tasnifiga 

muvofiq belgilanadi. 

Davlat 

byudjeti 

defitsiti 

(taqchilligi)ni 

moliyalashtirish 

manbalari 

klassifikatsiyasi  (tasnifi)  defitsiti  (taqchilligi)  ni  moliyalashtirishning  ichki  va 

tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish