Davlatiy moliya


 Davlat byudjeti defitsiti



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

4. Davlat byudjeti defitsiti

 

va uni moliyalashtirish 

Nazariy  jihatdan  olib  qaralganda  davlat  byudjetining  sog’lom  (normal) 

faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daro-madlar va xarajatlarning tengligini 

taqozo etadi. Haqi-qatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish 

uchun davlat byudjeti shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda 

bu  xarajatlarni  to’la  amalga  oshirishning  iloji  bo’lmaydi.  Davlat  byudjeti 

daromadlari  va  xarajatlari  miqdorlarining  o’zaro  tengligi  davlat  byudjetining 

muvozanatlashtirilganligidan (balanslashtirilganligidan) dalolat beradi. 

Amaliyotda  davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlari  hajmlarining 

tengligiga  hamma  vaqt  ham  erishilavermaydi.  Ayrim  hollarda  davlat 

byudjetiningdaromadlari  uning  xara-jatlaridan  ko’p  bo’lishi  mumkin.  Bunday 

davlat  byudjeti  profitsitli  davlat  byudjeti  deyiladi.  Aksincha,  ba’zi  hollarda  esa 

davlat  byudjetiningxarajatlari  uning  daromadlaridan  ko’proq  bo’ladi.  Shunga 

muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daro-madlaridan 

ko’p bo’lishi davlat byudjeti defitsiti  deyiladi. 

Boshqa  hollar  teng  bo’lgan  sharoitda,  davlat  byudjeti  defitsiti  vujudga 

kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 

    iqtisodiyotni  rivojlantirish  uchun  yirik  hajmdagi  davlat  kapital 

qo’yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi; 

  favqulodda hodisalar yuz berishi; 

  iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning emirilishi; 

  moliya-kredit tizimlarining etarli darajada samarali emasligi; 

  hukumatning  mamlakatdagi  moliyaviy  holatni  etarli  darajada  nazorat 

qilolmasligi; 

  ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi; 

  tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi; 

  davlat  byudjeti  xarajatlari  tarkibiy  tuzilishi  (strukturasi)-ning  oqilona 

emasligi; 

  mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga 

intilish; 




280 

  harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 

  real  ichki  imkoniyatni  etarli  darajada  hisobga  olmagan  holda  boshqa 

mamlakatlarga yordam berilishi; 

  davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivoj-lantirishga rag’batlantiruvchi 

sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan 

davlat byudjeti mexanizmining mavjudligi; 

  boshqa sabablar. 

Davlat  byudjeti  defitsiti  vujudga  kelganda  unga  nisbatan  stra-tegik 

yondashuv  (strategiya)  quyidagi  holatlarga  alohida  e’tibor  berilishini  taqozo 

etadi: 

  davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga 

harakat  qilmaslik  kerak.  Chunki,  bu  holda  iqtisodiyotning  “davolanish”i  o’rniga 

“kasalligi” kuchayadi; 

  davlat  byudjetiningbalansliligi,  daromadlarning  xarajat-lardan  ko’pligi 

ba’zan iqtisodiyotning sog’lom va uzluksiz rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi; 

  davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi ichki (milliy) 

mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni 

tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak; 

  davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli 

shakllaridan  foydalanmoq  lozim.  Shuningdek,  davlat  qimmatbaho  qog’ozlarini 

moliyaviy  bozorga  joylashtirish  ham  maqsadga  muvofiq.  Muomalaga  ko’proq 

miqdorda pul chiqarish yo’lidan esa foydalanmaslik kerak; 

  davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish 

uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana 

shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta,  muvaffa-

qiyatsizlikka uchraydi. 

Davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish 

borasidagi  amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan  chora-tadbirlarning  eng  asosiy 

yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 

  davlat byudjeti mablag’larining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni 

eng ko’p samara beradigan tarmoq  va sohalarga sarflash; 

  xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy 

imtiyoz va jazolardan keng foydalanish; 

  Davlat  byudjetidan  moliyalashtirish  va  davlat  iqtisodiyoti  sohasini 

qisqartirish; 

  harbiy xarajatlar miqdorini  kamaytirish; 

  eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik 

davlat byudjeti xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish; 



281 

  Markaziy  bankning  qarzlarni  davlat  qimmatbaho  qog’ozlari  shaklida 

rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishini taqiqlab qo’yish; 

  xorijiy sarmoyalarni jalb etish; 

Davlat  byudjeti  defitsiti  vujudga  kelgan  paytda  uni  moliyalashtirish 

manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan 

biri davlatning qarz olishidir. 

Davlatning  qarz  olishi  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  xorijiy  davlatlar,  xalqaro 

moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib, 

hukumat  oldida  qarz  oluvchi  yoki  boshqa  qarz  olganlarning  qarzlarni  qaytarishi 

bo’yicha kafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.  

Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, 

xalqaro  moliyaviy  tashkilotlardan  jalb  qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 

iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 

qaytarish  bo’yicha  ham  kafolatchi  sifatida  hukumatning  o’z  milliy  valyutasida 

ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi.  

Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar,  xorijiy  davlatlar, 

xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan 

iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni 

qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan 

qarz majburiyatlari vujudga keladi.  

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari jalb qilingan 

mablag’larning  asosiy  turlari  bo’yicha  navbatdagi  moliyaviy  yilga  mo’ljallangan 

davlat byudjeti to’g’risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan 

albatta tasdiqlanishi kerak. 

Davlat  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirishning  manbai  sifa-tida  mamlakat 

Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib 

olingan qarz majbu-riyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas. 

Davlat  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirishning  barcha  manba-larini  ikki 

guruhga bo’lish qabul qilingan: 

1) ichki manbalar; 

2) tashqi manbalar. 

Davlat  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirishning  ichki  manba-lari  sifatida 

quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 

  mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit 

tashkilotlaridan olingan kreditlar; 

  mamlakat  hukumati  nomidan  qimmatbaho  qog’ozlarni  chiqarish  orqali 

amalga oshirilayotgan davlat zayomlari; 

  davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar; 



282 

  davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromad-larning xarajatlardan o’sgan 

qismi summasi; 

  davlat  byudjeti  mablag’larini  hisobga  oluvchi  hisobvaraq-laridagi 

mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi. 

Davlat  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirishning  tashqi  manba-lari  qatoriga 

quyidagilar kiradi: 

  mamlakat  hukumati  nomidan  qimmatbaho  qog’ozlarni  chiqarish  orqali 

xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

  xorijiy  valyutada  taqdim  etilgan  va  mamlakat  hukumati  tomonidan  jalb 

qilingan  xorijiy  davlatlar,  banklar  va  firmalar,  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlarning 

kreditlari. 

Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 

huquqning  boshqa  subyekt-lari  oldidagi  (davlat  kafolatlari  bo’yicha 

majburiyatlarni  qo’shgan  holda)  mamlakat  hukumatining  qarz  majburiyatlari 

hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat  byudjetini tashkil 

etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. 

Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va 

davlat  qarziga  xizmat  qilish  uchun  respublika  byudjetining  daromadlarini 

shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar. 

Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin: 

  qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy 

davlatlar  va  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlar  bilan  tuzilgan  kredit  bitimlari  va 

shartnomalari; 

  mamlakat  hukumati  nomidan  qimmatbaho  qog’ozlarni  chiqarish  orqali 

amalga oshirilgan davlat zayomlari; 

  mamlakat  hukumati  tomonidan  davlat  kafolatini  berish  to’g’risidagi 

shartnomalar; 

  o’tgan  yillardagi  mamlakatning  qarz  majburiyatlarini  restrukturizatsiya 

qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risi-dagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan 

(shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar. 

Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli 

(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli 

(besh  yildan  yuqori)  bo’lishi  mumkin.  Ular  zayomning  konkret  shartlariga 

muvofiq  ravishda  (zayom  shartlarini,  jumladan,  to’lov  muddatlari,  foiz 

to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak. 

Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidag-ilardan iborat bo’lishi 

mumkin: 



283 

  hukumatning  davlatni  qimmatbaho  qog’ozlari  bo’yicha  qarzining  asosiy 

nominal summasi; 

  hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi; 

  mamlakat  hukumati  tomonidan  berilgan  kafolatlar  bo’yicha  majburiyatlar 

hajmi. 


O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

  xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  va  xalqaro 

moliyaviy  tashkilotlarga  mamlakat  hukumati  tomonidan  taqdim  etilgan  davlat 

kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi; 

  xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  va  xalqaro 

moliyaviy tashkilotlardan hukumat  olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan 

iborat bo’ladi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish