Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

SYTT foydalanuvchilari 
 
Boshqaruv tizimi (SYTT foydalanuvchi va resurslarining reestri) 
Foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish servisi 
Resurslarni ro‘yxatga olish 
servisi 
Foydalanuvchilarning  ma’lumotlar bazasi  
So‘rovlarni ishga tushirish xizmati, 
So‘rovlarni (ya’ni, topshiriqlarni taqsimlash 
xizmati) 
Ishlatilgan resurslarni 
hisoblash 

Resurslarni shakllantiruvchi va taqdim etuvchi servislar 
(resurslarni virtuallashtiradigan servislar) 
hamda 
Resurslarni ishga tushirish xizmati 
 
Foydalanuvchi so‘roviga muvofiq  virtuallashgan resurslar 



. . . .  . . . .  . . . .  . . . .  . . . .  . . . . 

 
 
Resurslar 



. . . .  . . . .  . . . .  . . . .  . . . .  . . . . 

 
 
3.5 - rasm. Servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizimning umumlashtirilgan 
mantiqiy sxemasi. 
 
Aks  holda  rejalashtirish  xizmati  topshiriqni  navbatga  qo‘yadi  va  kerakli 
resurslarga chiqish imkoni yaratilganida uni bajaradi. 
Topshiriq  bajarilishi  tugaganida    taqdim  etuvchi  servisi  ushbu  ma’lumotni 
ishga  tushirish  xizmati  (servisi)  ga  yetkazadi.  U,  o‘z  navbatida,    bu  ma’lumotni  
rejalashtirish xizmatiga uzatadi.  
So‘rovni  ishga  tushirish  xizmati  (servisi)  foydalanuvchiga  topshirig‘ining 
bajarilishi tugaganligini  ma’lum qiladi.  
Sxemada keltirilgan vositalar faoliyatining asosiy natijasi – bu taqsimlangan 
muhiti  doirasidagi  resurslardan  foydalanish  jarayonlarini  yuqori  saviyada 
avtomatlashtirish va optimallashtirish hisoblanadi.  


157 
 
Taqsimlangan  tizimining  hamma  imkoniyatlari,  oraliq  muhit  va  tarmoq 
protokollari  negizida  tuzilgan  dasturiy  ta’minotlari  asosida  amalga  oshiriladi. 
Uning  dasturiy  ta’minotini  asosan  besh  darajaga  bo‘lish  mumkin:  resurslarni 
adaptatsiya qilish; aloqa o‘rnatish; resurslarga kirish; servislarni kooperatsiyalash; 
foydalanuvchilarni va resurslarni kooperatsiyalash.  
Dislokatsiyalangan  kompyuter tizimlarining  resurslari ko‘p hollarda har xil 
dasturiy  platformalarda  yaratiladi.    Ularni  birlashtirib,  yagona  resurs  shaklida 
foydalanuvchiga taqdim etish  SYTT larning asosiy vazifasi hisoblanadi.  
Bu muammo yuqorida tavsiflangan servisga yo‘naltirilgan arxitektura (SYA)  
da qo‘llaniladigan usullar asosida nisbatan yengil hal qilinadi.  
 Lekin  foydalanuvchiga  kerakli  resursni  qisqa  vaqt  ichida  to‘liq  va  kam 
xarajat qilgan holda taqdim etishda boshqa muammolar ham yo‘q emas. 
Birinchi  muammo,  foydalanuvchi  masalasini  yechish  uchun  kerak 
bo‘ladigan  resurslarni  (ya’ni,  servislarni)  izlab  topish  va  ularni  integratsiyalab 
yagona  “kompozit”  servis  shakllantirish,  ularni  birgalikda  qanday  ketma-ketlikda 
ishlashlarini  aniqlash  va,  nihoyat,  servislarni  birgalikdagi  faoliyatini  tashkil  etish 
(SYA  “tili”  bilan  “xoreografiya”  va  “orkestrovka”  jarayonlarini  shakllantirish). 
Boshqa  so‘z  bilan,  taqsimlangan  tizim  tarkibidagi  har  xil  nuqtalardagi  resurslar 
asosida  joriy  masala  uchun  kerakli  servislarni  izlab  topish  va  ularning    o‘zaro 
muloqotlarini  tashkil  etish  (yetti  sathli  OSI  modelining  yettinchi  sathida 
qo‘llaniladigan  protokollar asosida) dagi muammolar.  
Ikkinchi  muammo,  TT  tarkibidagi  har  xil  nuqtalardagi  kompyuter  tizimlari 
orasida ma’lumot uzatish jarayonlari mavjud transport tarmog‘i   asosida bajariladi 
(yetti  sathli  OSI  modelining  birinchi  to‘rtta  sath  protokollari  asosida).  Mavjud 
izlanishlarda  transport  tarmog‘ida  hal  qilinadigan  masalalar  alohida,  ya’ni  TT 
ma’lumotlariga bog‘lanmagan holda yechiladi.  
Ma’lumki, taqsimlangan tizimlarning tuzilmasi asosan ikki qismdan iborat: 
transport qism va amaliy qism.  
TT  ning  dislokatsiyalangan  kompyuter  tizimlari  orasida  ma’lumot  uzatish 
jarayonlari  umumiy  transport  tarmog‘i  vositalari  asosida  uzatiladi.  Chunki  TT 


158 
 
tuzilmasi  faoliyat  yuritayotgan  umumiy  axborot-kommunikatsiya  tarmog‘i 
tarkibida  shakllantiriladi  va  ushbu  transport  tarmog‘idan  TT  ma’lumotlari  bilan 
birga  AKTning  boshqa  manbalaridan  uzatilayotgan  boshqa  turdagi  ma’lumot 
oqimlari ham uzatiladi.  
Transport  tarmog‘i  yuklamasi  odatda  tashqi  manbalardan  transport 
tarmog‘iga kelib tushgan tashqi “trafik”ning hajmi asosida hisoblanadi.  
Taqsimlangan 
tizim 
tarkibidagi 
transport 
tizim 
vositalaridan 
foydalanuvchining  so‘roviga  javoban  server  kompyuterlarida  qayta  ishlangan 
ma’lumotlar  foydalanuvchiga  uzatiladi,  ular  transport  tarmog‘ida  qo‘shimcha 
yuklama hosil qiladi, ya’ni, “ichki trafik”ni hosil qiladi.  
Mavjud izlanishlarda faqat tashqi trafik yuklamalari hisobga olinadi va ular 
asosida  virtual  yo‘llar  aniqlanadi,  lekin  opimal  virtual  yo‘llar  izlanayotganida 
“ichki trafik”ning hajmi hisobga olinmaydi.  
Ko‘p  hollarda  tarmoqdan  so‘ralayotgan  ma’lumotning  hajmi,  chaqiriqlar 
hajmidan  bir  muncha  ko‘p  bo‘ladi  (ichki  “trafik”  hajmi  ko‘payadi).  Bu  holat 
transport  tarmog‘ida  yuklamalarning  hajmini  yanada  ko‘payishiga  olib  keladi, 
lekin  ular  transport  tarmog‘ining  samarali  ishlash  usullarini  yaratish  davrida 
aksariyat hollarda hisobga olinmaydi. Natijada yaratilgan tizimdan kutilgan samara 
olinmaydi.  
Uchinchi  muammo.  Foydalanuvchi  tomonidan  tushgan  masalani  yechish 
uchun  taqsimlangan  tizim  resurslarini  optimal  shakllantirish  kerak  bo‘ladi. 
Resurslar har xil nuqtalarda va har xil platformalarda yaratilgan bo‘lishi mumkin.  
Masalani  “mazmuni”ga  qarab  resurslar    shunday  tanlanishi  kerakki,  uning 
yechimi  qisqa  vaqt  ichida  to‘liq  ta’minlansin.  Buni  amalga  oshirish  uchun  
birinchidan, resurslarni bir-biri bilan bog‘laydigan oraliq muhit shakllantirilishi va 
ikkinchidan,  resurslar  asosida  yagona  “kompozit”  resurs  shakllantirishning 
algoritmi ishlab chiqilishi lozim.  
Bu  masala  SYAning  konseptual  modelida  nazarda  tutilgan  servislarning 
umumiy reestrini yaratish, ularni identifikatsiyalash va integratsiyalash  usullaridan 
foydalangan holda bajariladi.  


159 
 
Konkret  masala  uchun  reestr  tarkibidan  kerakli  servislar  izlanadi,  ular 
asosida  “kompozit”  servis  shakllantiriladi,  ularning  qanday  ketma-ketlikda  va 
birgalikda  (ya’ni,  “xoreografiya”  va  “orkestrovka”  jarayonlari)  ishlashlari 
aniqlanadi.    
Taqsimlangan  tizim  komponentalari  doirasida  o‘z  yechimini  kutayotgan 
masalalarni,  ya’ni  yuklamani  TT  komponentalari  orasida  optimal  taqsimlashni 
tashkil  qilib  xisoblash  jarayonlarini  amalga  oshirish  muhim  muammolardan  biri 
hisoblanadi,  chunki  bunda  hisoblash  muhiti  bilan  birgalikda  dinamik  rejimda 
o‘zgaradigan  va  komponentalaridan  har  xil  turdagi  axborot  oqimlari  uzatiladigan 
transport tarmog‘ining muhiti ishtirok etadi.   
Masalani  parallel  bajarilishining  samarasi  ushbu  muammoni  optimal 
yechimiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liq,  ya’ni  masalani  ketma-ket  bajarilishi 
variantidan  parallel  bajarilishi  oqibatida  vaqtdan  yutish  jarayoni  yuqorida 
keltirilgan muammonining optimal yechimiga bog‘liq bo‘ladi. 
Shunday  qilib,  konkret  bir  masalaning  yechimini  TT  sharoitida    amalga 
oshirish  uchun    taqsimlangan  tizim  doirasida  yagona  hisoblash  muhitini 
shakllantirish kerak bo‘ladi. Bunday hisoblash muhitini yaratishda albatta transport 
tarmog‘ining  holatini  hisobga  olgan  holda  tanlangan  mezon  asosida 
optimallashtirish masalasini yechish kerak bo‘ladi.  

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish