Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

Servis 
iste’molchisi  
Servis  
ta’minlovchisi 
 
“Vositachi” 
(servisning tarkibi va tavsifi, 
servisni izlash) 


141 
 
Funksional  vazifaga  ega  ilova  –  bu  murakkab  biznes  jarayonini  bajarishda 
ma’lum bir masalani (funksiyani) hal qilish yoki funksiyani amalga oshirish uchun 
yaratilgan    resurslar  to‘plami  shaklida  tasavvur    qilinadi.  Bunday  ilovalar 
servislardan  tarkib  topadi.  Har  qanday  ilovani  («kompozit  servis»  servislar 
birikmasi  asosida  yaratilgani  sababli  ,  uni  alohida  servislarga  bo‘lish  mumkin 
bo‘dgani 
kabi) 
alohida 
funksional 
masalani 
yechish 
darajasigacha 
dekompozitsiyalash (funksiya ostilariga bo‘lish) mumkin. 
“Mustaqil  servislardan  tarkib  topadi”,  so‘zlar  birikmasining  mazmuni 
servisning mustaqilligini anglatadi.  
SYA  da  servislar  boshqa  axborot  tizimlariga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda 
mustaqil ravishda o‘z funksiyalarini bajaradilar, funksionallik nuqtai nazaridan ular 
mustaqil ob’ektlar hisoblanadilar.  
Servislar  har  qanday  tashqi  ilovalar  uchun  «qora  quti  (chyornыy  yaщik)» 
shaklida  namoyon  bo‘ladilar:  tashqi  ilovalar  servis  qanday  qilib  kirish 
ma’lumotlari  asosida  chiqish  ma’lumotlarini  shakllantirishini  bilmaydilar.  Ularga 
faqat  servisning  chiqish  qismida  qanday  ma’lumot  kutilishi  uchun  uning  kirish 
qismiga nimani kiritish kerakligi ma’lum bo‘ladi, xolos. 
Ma’lum  bir  funksiyani  (yoki  funksiyalarni)  amalga  oshiradigan  servis, 
hamma servislar uchun qabul qilingan qoidalar asosida bir xil tavsiflanadi. Kirish 
va  chiqish  ma’lumotlarining  to‘plami  va  turlari  ham  qabul  qilingan  ma’lum  bir 
qoidalar asosida tavsiflanadi. 
Mustaqil  servislar  to‘plami  ilovalar  arxitekturasini  tashkil  etadi.  Mustaqil 
servislardan  tarkib  topgan  ilovalar  biznes-jarayonlarni  tashkil  etish  maqsadida 
talab  etilgan  ketma-ketlikda  chaqiriladi.  Bunda  har  xil  servislar  orasida  o‘zaro 
muloqotlar o‘rnatilishi kerak. 
Rejalashtirilgan  biznes-jarayonni  to‘g‘ri  tashkil  etish  uchun  servislardan 
tarkib topgan ilovalar talab etilgan ketma-ketlikda chaqirilishi kerak. Bunda  servis 
qaysi  dasturlash  tilida  yaratilgan,  qanday  apparat-dastur  platformada  ishlaydi, 
yaqinda yoki uzoq masofada joylashganligi ahamiyatga ega emas. Tashqi axborot 
tizimi  servisning  keltirilgan  xususiyatlaridan  qat’iy  nazar,  u  bilan  talab  etilgan 


142 
 
vazifa  bo‘yicha  mulo-qotda  bo‘la  olishi  kerak  ya’ni,  unga  kirish  ma’lumotlarini 
uzatishi va undan chiqish ma’lumotlarini olishi kerak. 
Bunday jarayonni  amalga oshirish SYA ning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Texnologik  jihatidan  servisga  yunaltirilgan  arxitekturaning  konseptual 
modeli 3.2 – rasmda keltirilgan. SYA uchta asosiy arxitekturaviy komponentalarga 
bo‘linadi, ular quyidagi funksional vazifalarni bajaradi: 
-  servislar  iste’molchisi  –  iste’molchi  tomonidan  talab  qilingan  servisning 
tavsifi  bo‘yicha  servislar  reestridan  kerakli  servisni  izlash  va  chaqirish  hamda 
provayder  tomonidan  servis  interfeysiga  muvofiq  taqdim  etiladigan  servisdan 
foydalanish vazifalarini amalga oshiradigan ilova, dasturiy modul yoki servis; 
-  servislar  provayderi  –  servislarni  Web-servis  ko‘rinishida  ishlashini 
ta’minlash,  servis  iste’molchisi  so‘rovlarini  qabul  qilish  va  bajarish  hamda 
servislarini  servislar  reestrida  chop  etish  vazifalarini  amalga  oshiradigan  ilova, 
dasturiy modul yoki servis; 
-  servislar  reestri  –  iste’molchilarga  servis  taqdim  etish,  kerakli  servisni 
izlash  va  chaqirish,  servislar  provayderidan  servislarni  chop  etish  bo‘yicha 
so‘rovlar  qabul  qilish  vazifalarini  bajaradigan  servislar  kutubxonasi  (servislar 
ma’lumotlar bazasi). 
SYA  ning  har  bir  komponentasi  faqat  bir  komponenta  vazifasini  (masalan, 
servis  iste’molchisi)  yoki  bir  vaqtda  bir  necha  komponentaning  vazifasini 
(masalan, bir xil servislarning provayderi va boshqa xil servislarning iste’molchisi) 
bajarishi mumkin. 
SYA  komponentalari  orasida  o‘zaro  muloqotlar  tashkil  etilishida  asosan 
quyidagi operatsiyalar bajariladi: 
- «e’lon qilish» operatsiyasi – servis iste’molchi tomonidan chaqirilishi yoki 
unga  kirilishi  mumkin  bo‘lishi  uchun  uning  interfeysini  iste’molchiga  ma’lum 
qilish kerak; 
 


143 
 
 
 
3.2– rasm. SYA konseptual modelining sxemasi 
 
-  «izlash»  operatsiyasi  –  servis  iste’molchisi  berilgan  mezonlarni 
qoniqtiradigan  servislarni  servislar  reestridan  tez  topish  imkoniga  ega  bo‘lishi 
kerak; 
-  «chaqirish  va  bog‘lanish»  operatsiyasi  –  iste’molchi  servis  tavsifini 
olganidan so‘ng, u ushbu servisni uning tavsifiga muvofiq chaqirib olish va undan 
foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak; 
-  «servisning  tavsiflanishi»  –  servis  iste’molchisi  va  servis  provayderi 
orasidagi muloqot davrida so‘rov va unga javob ma’lumotlarining formatini hamda 
servisning talab qilingan sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. 
Servislar  reestri  SYA  modelining  metodologik  nuqtai  nazaridan  asosiy 
komponentasi  hisoblanadi.  U  servislar  iste’molchisi  bilan    servislar  provayderi 
o‘rtasidagi  asinxron  protokol  asosidagi  o‘zaro  muloqotlarini  tashkil  etilishida 
vositachi vazifasini bajaradi. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish