Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


137 
 
III bob. Servisga yo‘naltirilgan arxitektura konsepsiyasi asosidagi 
taqsimlangan tizimlar 
 
3.1. Servisga yo‘naltirilgan arxitekturaning konseptual modeli 
 
Hozirda dunyoning har xil nuqtalarida dislokatsiyalangan katta quvvatga ega 
axborot  qayta  ishlash  tizimlari  o‘rnatilgan,  ularda  hisoblash  va  xotira  resurslari 
hamda  har  xil  dasturlash  tillariga  asoslanib  katta  hajmdagi  axborot  resurslari 
(axborot  bank  va  bazalari)  yaratilgan,  ular  mahalliy  va  global  (Internet,  shu 
jumladan)  tarmoqlar  sharoitida  faoliyat  yuritish  imkoniga  ega,  ya’ni  ularga 
foydalanuvchilar tarmoq orqali bog‘lanishlari va uzoq masofadagi resurslardan o‘z 
maqsadlarida foydalanishlari mumkin. 
Boshqa so‘z bilan aytganda, bugunda axborot-kommunikatsiya texnologiya-
lari  bir  xona,  bino,  shahar,  davlat  doirasida,  yoki  boshqa  davlatlar  va  pla-
netamizning boshqa qit’alari doirasida dislokatsiya qilingan axborot qayta ishlash 
tizimlarining hisoblash, xotira va axborot resurslarini birlashtirib yagona bir resurs 
sifatida shakllantirib foydalanuvchiga taqdim etish imkonini yaratib beradi.  
Resurslar  tarkibiga  hisoblash  resurslari,  xotira  resurslari,  axborot  resurslari 
va tarmoq resurslari kiradi. 
Umuman  olganda, foydalanuvchi  tomonidan  talab  etilgan  resurs  dunyoning 
bir  nechta  nuqtalarida  joylashgan  resurslarning  yig‘indisidan  tarkib  topishi 
mumkin.  Bunda  tizim  ushbu  resurslarni  topadi, ularni  jamlab,  «kompozit»  resurs 
shakllantiradi va foydalanuvchiga bitta resurs sifatida taqdim etadi. 
Ushbu imkoniyatlar axborotni qayta ishlash vositalari (ya’ni, katta quvvatga 
ega kompyuter vositalari) telekommunikatsiya vositalari, tarmoq texnik qurilmalari 
va  maxsus  jahon  andozalariga  asoslangan  dasturiy  ta’minotlari,  hamda  elektron 
shakldagi  axborot  resurslarini  yaratishda  qo‘llaniladigan  zamonaviy  dasturlar  va 
ma’lumotlar  baza  va  banklarini  boshqarish  tizimlari  bilan  birgalikda  bugunda 
rivojlanayotgan  Grid,  “Bulut”  texnologiyalari  hamda  “Servisga  yo‘naltirilgan 


138 
 
arxitektura”  nomli  yangi  yo‘nalishlarning  usul  va    maxsus  dasturiy  ta’minotlari 
yordamida amalga oshiriladi.  
Servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura  (SYA)  yo‘nalishi  kompaniyaning 
daromad  olish  yo‘lidagi  hamma  faoliyatlarini  bosqichma-bosqich  jarayonlar 
sifatida bajarilishini zamonaviy texnologiyalarga asoslangan taqsimlangan tizimlar 
tarkibida  yaratilgan  ilovalar  (servislar)  majmuasi  negizida  amalga  oshirilishini 
taa’minlaydi. 
Bir  katta  muammoni  yechish  maqsadida  yaratiladigan  katta  dastur  ko‘p 
hollarda bittama-bitta komandalar asosida yozib chiqiladi. 
SYAning  asosiy  xususiyati  ,  muammoni  kichik    kichik  masalalarga  bo‘lib, 
ularni yechish uchun oldin tuzilgan «kichikroq hajmdagi dasturlar»ni topib, ularni 
birlashtirib katta muammonihal qiladigan yagona dastur yaratish hisoblanadi. 
 “Kichikroq  hajmdagi  dasturlar”  SYA  doirasida  servis,  protsedura, 
komponenta,  kompozit  servis  (bir  necha  servislarbirlashmasidan  yaralgan  servis, 
ilova,  kompozit  ilova  )  deb  nomlanadi.  Ular  odatda  global  tarmoqning  har  xil 
nuqtalarida joylashgan bo‘lishi mumkin. 
Bunday yondoshuv dastur yaratish uchun ketadigan vaqtni va mehnat resurs-
larini tejalishiga olib keladi.   
SYA  negizida  «servislar»  tushunchasi  yotadi,  ular  biznes-ilovalarni 
yaratishda  va  ular  o‘rtasida  o‘zaro  muloqotlarni  ta’minlashda  asosiy  elementlar 
hisoblanadi. 
SYA  da  ilova  lokal  yoki  global  Internet  tarmog‘idan  topilishi    va  unga 
kirilishi  mumkin  bo‘lgan  servis  deb  qaraladi.  Ilova  mustaqil  ravishda  aniq  bir 
vazifani  yoki  boshqa  servislarga  murojaat  qilgan  holda  vazifalar  to‘plamini 
bajarishi  mumkin.  Shu  bilan  birga  xuddi  shu  ilova  tarmoqdagi  boshqa 
foydalanuvchi tomonidan servis sifatida ishlatilishi ham mumki. 
SYAda  servislar  avtonom  holda  bo‘ladi,  ularni  qidirib  topish  va  ishlatish 
mumkin bo‘lishi uchun tarkiblariga maxsus interfeyslar qo‘shiladi. 
SYA  taqsimlangan  tizimlarda  ilovalar  tizimini  shakllantirish  bo‘yicha 
qo‘llaniladigan  boshqa  usullardan  servisning  o‘ta  mavhumligi  (abstraksiya)  bilan 


139 
 
farqlanadi. Mavhumlik deganda, kompozit rejalarni ishlab chiqish va joriy etishda 
ular qaysi tilda, qaysi muhitda yaratilganligi xisobga olinmasligi tushuniladi. 
SYA  taqsimlangan  korporativ  tizimlar  evolyusion  rivojlanishining  qonuniy 
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilar bilan izohlanadi: 
-  arxitektura  keng  qamrovli  taqsimlangan  tuzilmaga  ega,  ilovalarining 
funksional  elementlari  (ya’ni,  ma’lum  masalani  yechish  uchun  tuzilgan  maxsus 
dasturiy  ta’minotlari)  dislokatsiya  qilingan  hisoblash  tizimlarida  (ya’ni,  
kompyuterlarida)  taqsimlanadi  va  lokal,  global  hamda  Internet  tarmog‘i 
protokollari  asosida  o‘zaro  muloqotda  bo‘ladi.  Xususan,  web-servislar  Internet 
tarmog‘idagi HTTP protokolidan foydalangan holda o‘zaro muloqot o‘rnatadi; 

arxitektura  kuchsiz  bog‘langan  interfeyslar  negizida  quriladi. 
Taqsimlangan  tizimlarda  odatda  ilovalarning  barcha  elementlari  mustahkam 
bog‘langan  xolda  yaratiladi.  Natijada  qattiq  bog‘langan  yaxlit  tizim  yaratiladi. 
Bunday  tizim  ekspluatatsiya  qilinishi  davrida  uning  komponentalariga 
o‘zgartirishlar  kiritish  ancha  qiyin  kechadi.  Elementlari  kuchsiz    bog‘langan 
tizimni boshqarish va ish jarayonida o‘zgartirishlar kiritish oson va qulay; 
- arxitektura umum qabul qilingan standartlarga asoslangan holda yaratiladi; 
Xulosa  qilib  shuni  ta’kidlash  joizki,  servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura 
taqsimlangan  tizimlar  rivojlanishidagi  yangi  tendensiya  hisoblanib,  geterogen 
muhitda 
 
avtonom 
va 
kompozit 
servislarning 
yuqori 
darajadagi 
manipulyatsiyalarini  amalga  oshirish  imkoniga  ega  ilovalar  asosida  yirik 
kompaniyaning biznes – jarayonlarini boshqarish maqsadlariga mo‘ljallangan. Shu 
sababli, bugunda taqsimlangan tizimlarni SYA konsepsiyasi asosida shakllantirish 
axborot texnologiyalari sohasining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Servisga  yo‘naltirilgan  arxitekturaning  konseptual  modeli  uchta  asosiy 
tomonlarning  o‘zaro  muloqotlarini  aniqlab  beradigan  model  sifatida  tavsiflanadi, 
bunda asosiy tomonlar - ta’minlovchi, iste’molchi, vositachi. 
Ta’minlovchi  servis  xizmatining  mazmunini  bayon  yetadi  va  uni  joriy 
yetilishini ta’minlaydi. 


140 
 
Iste’molchi bayon yetilgan servis xizmatining tavsifi va  mazmunini bayon 
yetilgan reestr orqali щziga kerakligisini izlab topadi va chaqiradi. 
Vositachi servis xizmatining mazmuni bayon yetilgan reestrni (ya’ni, servis 
reestrini)  shakllantiradi,  uni  yangi  servislar  bilan  ta’minlaydi  va  unga  (servis 
reestriga)  xizmat  ko‘rsatadi.  Ularning  o‘zaro  munosabatlari  3.1-    rasmda 
keltirilgan. 
SYA  biznesga  yo‘naltirilgan  va  bir-biri  bilan  kuchsiz  bog‘langan 
servislarning  parametrlarini  aniqlaydi  va  bunday  servislarni  bunyod  etish  uchun 
tavsiyalar beradi.  
SYA  kompaniya  miqyosida  talab  etilgan  resurslarni  jamlash  masalasini  hal 
qilish maqsadida masshtablanadi. 
SYA  kompaniyaning  boshqaruv  va  mahsulot  ishlab  chiqarish,  ya’ni  uning 
biznesiga  qaratilgan  elektron  shakldagi  servislar  to‘plamidan  tarkib  topadi. 
Servislar  to‘plami  kompaniyaning  biznes  jarayonlari  va  uni  amalga  oshirishda 
kelib chiqadigan vazifalarni mujassamlashtiradi. 
 
 
 
3.1 - rasm. SYA komponentalari va ular orasida o‘zaro muloqotlar tashkil 
etilishining diagrammasi.
 
SYA  da  servislar  yagona  kompozit  ilova  sifatida  jamlanadi  va    standart 
protokollar orqali chaqiriladi. 
Funksional  vazifaga  ega  hamma  ilovalar  aniq  belgilangan  interfeyslari 
bo‘lgan mustaqil servislardan tarkib topadi. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish