.
. Ildiz katalogi
0 1 2 3 . . .
Ma’lumotlar
FAT (ko’rsatgich)
elementlari
Ma’lumotlar klasteri
125
- faylda foydalanadigan klaster va faylning so‘nggi klasteri bo‘lmaydi – bu
holatda indeksli ko‘rsatkich faylning keyingi klaster raqamini o‘z ichiga oladi;
- faylning so‘ngi klasteri;
- nuqsonli klaster;
- zahira klasteri.
FAT jadvali bo‘limning barcha fayllari uchun umumiy bo‘ladi. boshlang‘ich
holatda bo‘limlardagi barcha klasterlar bo‘sh bo‘ladi, va barcha indeksli
ko‘rsatkichlar (zahira va nuqsonli bloklarga mos keluvchilardan tashqari) “klaster
bo‘sh” qiymatini qabul qiladi.
OT faylni joylashtirishda FAT uning boshlang‘ich qismini va birinchi bo‘sh
indeksli ko‘rsatkichini izlashni ko‘rib chiqadi. Uning raqami aniqlangandan so‘ng
bu ko‘rsatkich katalog yozilgan birinchi klaster raqami maydonida fiksirlanadi. Bu
raqam bilan klasterda fayl ma’lumotlari yoziladi, u faylning birinchi klasteri
hisoblanadi.
Agar fayl bitta klasterda joylashsa, u holda ushbu klaster o‘ziga mos
keluvchi faylning so‘nggi klasterini identifikatsiyalovchi maxsus qiymatlarini
oladi.
Agar faylning o‘lchami bitta klasterdan katta bo‘lsa, u holda OT FAT ko‘rib
chiqishni davom ettiradi va bo‘sh klasterda keyingi ko‘rsatkichni izlaydi. Uni
aniqlagandan so‘ng, avvalgi ko‘rsatkich ushbu klaster raqamini oladi, ya’ni
endilikda faylning navbatdagi klasteri bo‘lib qoladi. Jarayon faylning barcha
ma’lumotlari joylashmagunga qadar davom etadi. Bunday ko‘rinishda faylning
barcha klasterlari bilan bog‘liqlik ro‘yxati yaratiladi.
Fayl formatlangandan (shakllantirilgandan) so‘ng dastlab ma’lumotlar
qismiga klasterlar izchillik (ketma - ketlik) bilan joylashtiriladi. Biroq bitta faylda
olis masofada joylashgan fayl klasterlarining miqdori aniqlangandan so‘ng,
boshqa fayl klasteri bilan o‘rin almashadi.
FAT jadvalining o‘lchami va uning indekslli ko‘rsatkichlarida foy-
dalaniladigan razryadlar ma’lumotlar qismida klasterlar miqdorini belgilaydi.
126
Fragmentatsiyada yo‘qotishlarni kamaytirish uchun klasterlar unchalik katta
bo‘lmagani ma’qul, manzilli axborot xajmini qisqartirish va almashish tezligini
oshirish uchun esa teskarisini bajarish ma’qulroq bo‘ladi. FAT fayl tizimi ostida
diskni formatlash uchun odatda murosali yechim tanlanadi va klaster o‘lchami 1
dan 128 sektorgacha yoki 512 tadan 64 Kbayt oralig‘ida tanlanadi.
Shak shubhasiz, indeksli ko‘rsatkich razryadi ma’lum bir xajmli disk uchun
klasterga maksimal raqamni berishi mumkin.
Indeksli ko‘rsatkich razryadlariga taalluqli bir nechta FAT mavjud va ular
quyidagicha ifodalanadi: FAT12, FAT16 va FAT32.
FAT 12 fayl tizimida 12 – razryadli ko‘rsatkich disk ma’lumotlar qismida
4096 klasterni qo‘llab quvvatlashga yordam beradi,
FAT16 da – 65536 klasterni qo‘llab quvvatlash uchun 16 razryadli va
FAT32 – 4 milliarddan ortiq klasterlar uchun 32 razryadlilar ishlatiladi.
FAT12 fayl tizimi odatda 16 Mbaytdan katta bo‘lmagan xajmli disklarga
to‘g‘ri keladi, 4 kbaytdan ko‘proq klasterlarni foydalanmaslikka imkon beradi.
Shuning uchun FAT16 512 Mbaytdan katta bo‘lmagan hajmli disklar uchun
mo‘ljallangan.
Katta disklar uchun esa 8 Gbayt gacha hajmli disklar bilan ishlaydigan 4
Kbaytli klasterlardan foydalanadigan FAT32 ma’qul hisoblanadi. Va faqat katta
hajmli disklar uchun 8,16 va 32 kbaytlilar ishlatiladi. FAT16 bo‘limining
maksimal o‘lchami 4 Gbayt bilan chegaralanadi, bunday hajm har biri 64 Kbayt
bo‘yicha 65536 klasterni beradi, FAT32 bo‘limining maksimal o‘lchami
chegaralanmagan – 32 Kbayt bo‘yicha 2
32
klaster.
FAT fayl tizimidan olis masofada joylashgan faylda birinchi bayt maxsus
belgilar kiritilgan katalog yozuviga mos keladi. Bu yozuv bo‘sh bo‘ladi, faylning
barcha indeksli ko‘rsatkichi “bo‘sh klasterga” qo‘shiladi. Katalog yozuvidagi
qolgan ma’lumotlar, ya’ni faylning birinchi klasteri raqami soni olis masofada
joylashgan faylni yanglishib qayta tiklash uchun imkoniyat sifatida qoldirish
uchun tegilmaydi. Olis masofada joylashgan FAT faylni qayta tiklash uchun
ko‘plab utilitilar mavjud.
127
FAT zahira nusxasi fayl bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarda asosiy
nusxa bilan sinxronizatsiyalanadi. Shu sababli, zahira nusxani foydalanuvchi ish
jarayonida yanglish rad etib bo‘lmaydi. Zahira nusxa xotiraning asosiy sektorlari
shikastlanganda yoki o‘qiy olmagan holatda foydalaniladi.
FAT12 va FAT16 fayl tizimlari 2.11 sxema bo‘yicha 12 ta belgidan iborat
fayl nomli operatsiyalarni bajaradi.
FAT16 versiyada Windows NT operatsion tizimi yangi turdagi katalog
yozuvini kiritadi – “uzun nom”, ya’ni 255 ta belgigacha uzunlikdagi nomdan
foydalanishga imkon beradi, chunki nom uzunligidagi har bir belgi ikki baytli
Unicode shaklida saqlanadi.
FAT12 va FAT16 fayl tizimlari shaxsiy kompyuterlar davrining birinchi o‘n
yilligida keng tarqalgan operatsion tizimlarda - MS-DOS va Windows 3.x
operatsion tizimlarida qo‘llanilganligi sababli, ular keng tarqalgan. Biroq qattiq
disk xajmining doimiy ravishda o‘sib borishi, hamda bu fayl tizimlari
ishonchliligiga talablarning o‘sib borishi boshqa turdagi fayl tizimlari va FAT32
tizimini yaratilishiga olib keldi.
NTFS (New Technology File System – yangi texnologiya asosidagi fayl
tizim) fayl tizimining tuzilishi.
NTFS fayl tizimi FAT va HPFS (OS/2 operatsion tizimi uchun ishlab
chiqilgan fayl tizimi) hamda o‘sha davrdagi boshqa mavjud fayl tizimilarini ishlab
chiqishda orttirilgan tajriba hisobiga 90 yillarda Windows NT operatsion tizimi
uchun asosiy fayl tizimi sifatida ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda NTFS Windows NT OT oilasining barcha versiyalari, ya’ni
Windows NT 3.1 , Windows NT 4.0, Windows 2000, Windows XP, Windows
Server 2003 va Windows Vista, Windows - 8 Windows - 10 hamda boshqa ko‘plab
operatsion tizimlarni qo‘llab quvvatlaydi.
NTFS fayl tizimining asosiy xususiyatlari:
- katta fayllarni va 264 baytgacha hajmdagi disklarni qo‘llab quvvatlaydi;
- diskni boshqaruv apparaturasi va dasturida uzilish bo‘lganida yoki rad
etilganidan so‘ng qayta tiklanishini ta’minlaydi;
128
- katta o‘lchamli disklarda operatsiyalar nisbatan yuqori tezlikda bajariladi;
- katta o‘lchamli disklarda fragmentatsiyalashning past darajasi ta’minlanadi;
- yumshoq strukturaga egaligi bilan farqlanadi, yangi yozuv turlarini
qo‘shish hisobiga rivojlantirish imkoniyati va avvalgi FT versiyalari bilan muvofiq
saqlaydigan fayl atributlari mavjud;
- alohida fayl va kataloglarga kirish boshqariladi.
NTFS tuzilishi. FAT va s5/ufs fayl tizimlari va ularning bo‘limlaridan farqi
NTFS yoxud faylni o‘zini yoki yoxud fayl qismini taqdim etadi.
NTFS fayl tizimining asosiy strukturasi fayl bosh jadvali (Master File Table,
MFT) hisoblanadi.
MFTning har bir fayli disk hajmiga bog‘liq (1, 2 yoki 4 kbayt) bo‘lib,
fiksirlangan uzunlikka ega bo‘ladi. Katta o‘lchamli disklar uchun MFT yozuvining
o‘lchami 2 Kbaytga teng, u yozuv o‘lchami deb hisoblanadi.
NTFS fayllar tizimida fayllar MFT da fayllar holatini belgilovchi fayl
raqami orqali identifikatsiyalanadi. Faylni identifikatsiyalashning bu yo‘li s5 va ufs
fayl tizimlarida foydalaniladigan usulga yaqinroq.
NTFS klasterlar ketma ketligidan iborat bo‘ladi. NTFS klasterlar tartib
raqami klasterning mantiqiy raqami (Logical Cluster Number, LCN) deb ataladi.
NTFS fayli ham klasterlar ketma – ketligidan iborat bo‘ladi, shu sababli
faylning ichki klaster tartib raqami virtual klaster raqami (Virtual Cluster Number,
VCN) deb ataladi.
NTFS fayl tizimida klaster tartib raqamlarini saqlash uchun 264 ta
klastergacha fayl o‘lchamini va tomni qo‘llab quvvatlash imkoniyatini beradigan
64 razryadli ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
NTFS ning tuzilishi 2.12 - rasmda keltirilgan. NTFS fayl tizimining
yuklovchi bloki bo‘limlar boshida, uning nusxasi esa – bo‘lim o‘rtasida
joylashgan. Yuklovchi blok BIOS parametrining standart bloklarini, tomdagi
bloklar miqdorini, shuningdek fayl bosh jadvali (MFT) ning asosiy nusxasini,
boshlang‘ich mantiqiy klaster raqami va MFT ochiq nusxasini o‘z ichiga oladi.
129
2.12 – rasm. NTFS fayl tizimining tuzilishi.
So‘ng birinchi bo‘lakda MFT joylashadi, u o‘z ichiga NTFS fayl tizimi
to‘g‘risida yozuvlarni shakllantirishga yordam beradigan 16 ta standart tashkil
qiluvchilarni oladi.
NTFS da fayl MFT jadvalining bitta yozuvida joylashadi, agar bu uning
hajmiga to‘g‘ri kelsa.
Fayl o‘lchami MFT yozuv o‘lchamidan katta bo‘lgan holda yozuvning faqat
ayrim fayl atributlari joylashadi, faylning qolgan qismlari esa tomning alohida yoki
bir nechta qismlariga (bo‘limlariga) joylashtiriladi.
MFT yozuvida joylashgan faylning qismi rezident, qolgan qismi esa
norezident deb ataladi. Bo‘limlar to‘g‘risidagi manzil axboroti rezident qismi
atributida joylashadi, faylning norezident qismini o‘z ichiga oladi.
NTFS fayl strukturasi. NTFS dagi har bir fayl va katalog atributlar
to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Fayl nomi va faylning ma’lumotlari fayl atributi sifatida ko‘riladi.
MFT ikkinchi
kesimi
Yuklaydigan sektor
0
1
Do'stlaringiz bilan baham: |