Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Taqsimlangan fayl tizimlarini tashkil etish tamoyillari. Fayl



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

 
2.4. Taqsimlangan fayl tizimlarini tashkil etish tamoyillari. Fayl 
tizimlarining mantiqiy tuzilishi 
 
Operatsion  tizim  (OT)  ning  muhim  vazifalaridan  biri  foydalanuvchiga 
diskda saqlanayotgan ma’lumotlar bilan qulay ishlash vositalarini taqdim etish 
hisoblanadi. Buning uchun OT foydalanuvchi mantiqiy modeliga mos tushuvchi 
ba’zi ma’lumotlarni saqlaydigan fizik strukturani o‘zgartiradi – tizim katalog va 
fayllar ierarxik tashkil qilinadi.  
Fayl  –  bu  yozish  mumkin  bo‘lgan tashqi xotira qismidagi nom  va ularni 
ma’lumot  deb  hisoblash  mumkin,  hamda  bu  qismda  ma’lumotlar  va  atributlar 
to‘plami saqlanadi.  
Fayl  tizimi  (FT)  –  bu  operatsion  tizimning  bir  qismi  hisoblanib, 
quyidagilarni:  
- diskdagi barcha fayllar majmuini; 
- fayllarni  boshqarish  uchun  foydalaniladigan  ma’lumotlar  strukturasining 
to‘plamini  (masalan,    diskda  bo‘sh  va  band  joylarni  taqsimlash  jadvali,  fayl 
katalogi);  
- faylni  izlash,  nomlash,  yozish,  o‘qish,  yo‘q  qilish  va  yaratish  kabi  fayl 
bilan  bog‘liq  turli  xil  operatsiyalarni  amalga  oshiruvchi  dasturiy  tizim  vositalar 


121 
 
to‘plamini o‘z ichiga oladi.  
Fayl  tizimi  (FT)  faylni  taqdim  etuvchi  ba’zi  mavhum  ob’ekt  ishlarini 
bajarishda sodda operatsiyalar to‘plamidan iborat dasturlardan foydalanadi.   
Shu  sababli,  dasturchilarga  diskdagi  ma’lumotlarning  joylashuvi,  ularni 
buferlash  va  boshqa  uzoq  vaqt  xotirada  saqlovchi  qurilmada  ma’lumotlarni 
uzatish  bilan  bog‘liq  past  pog‘ona  operatsiyalarini  to‘liq  bilishi  shart  emas. 
Chunki bu funksiyalarning hammasini fayl tizimi o‘z ichiga oladi.  
Fayl  tizimi  diskli  xotirani  taqsimlaydi,  faylni  nomlaydi,  tashqi  xotiradagi 
tegishli  manzilda  fayl  nomini  tasvirlaydi,  ma’lumotlarga  kirishni  ta’minlaydi, 
qismlarni qo‘llab quvvatlaydi, faylni himoya qiladi va qayta tiklaydi.  
Boshqa  so‘z  bilan,  fayl  tizimi  oraliq  qatlam  rolini  bajaradi,  uzoq  vaqt 
saqlanadigan  ma’lumotlarni  fizik  tashkil  etilishining  barcha  murakkabliklarini 
himoyalaydi,  ma’lumotni  nisbatan  sodda  saqlanishini  ta’mindash  maqsadida 
maxsus  dasturni  fayl  yaratuvchisiga  taqdim  etadi,  shuningdek  unga  murakkab 
fayllar uchun qulay bo‘lgan buyruqlardan foydalanishga imkon yaratadi.  
FT ning eng sodda ko‘rinishi bu bir foydalanuvchili va bir dasturli OT lar, 
masalan  MS-DOS.  Bir  foydalanuvchili  va  bir  dasturli  OT  FT  ning  asosiy 
funksiyasi quyidagi masalalarni hal etish hisoblanadi: 

faylni nomlash; 

ilovalar uchun dasturiy interfeys; 

ma’lumotlar saqlaydigan fizik tashkil etuvchisida fayl tizimining mantiqiy 
modelini tasvirlash; 

manbadagi  to‘xtalishlarga,  apparat  va  dasturiy  vositalar  xatoliklariga  fayl 
tizimining bardoshliligini ta’minlash. 
Fayl  tizimi  bir  foydalanuvchi  ishlashiga  mo‘ljallangan,  lekin  unga  bir 
vaqtning  o‘zida  bir  nechta  jarayonlarni  ishga  tushirishga  imkon  beradigan  bir 
foydalanuvchili  multidasturli  OT  operatsiyalarini  o‘rnatish  mumkin,  bu  FT  ning 
ishlashini murakablashtiradi. 
Yangi topshiriqni qo‘shish masalasini bajarishda faylga bir nechta jarayonlar 
kirishiga ruxsat berilishi kerak bo‘ladi. Buni amalga oshirish uchun fayl resurslarga 


122 
 
ajratiladi. Fayl tizimi ushbu resurslar bilan bog‘liq barcha muammolarni hal etishi 
kerak bo‘ladi.  
Bir foydalanuvchili multidasturli FT da faylni va uning qismlarini bloklash, 
quvib  o‘tishni  oldini  olish,  tupikni  rad  etish,  nusxalarni  moslashtirish  va 
boshqalarni ko‘rib chiqish mumkin.  
Ko‘p  foydalanuvchili  FT  ning  yana  bir  muhim  xususiyati  bu  –  bir 
foydalanuvchining fayliga boshqa bir foydalanuvchini ruxsat etilmagan kirishidan 
himoyalash.  
FT    funksiyasining  yana  bir  murakkab  ta’rafi  –  bu  OT  tarmoq  tarkibida 
ishlashi.  
Fayl  tizimlarini  ierarxik  strukturasi.  Foydalanuvchi  belgili  nom  bo‘yicha 
faylga  murojaat  etadi.  Biroq  inson  xotirasida  ob’ekt  qiymatlarini  saqlab  qolish 
xususiyati  cheklangan,  ya’ni  foydalanuvchi  faqat  nom  bo‘yicha  murojaat  qilishi 
mumkin.  
Nom  joylarini  ierarxik  tashkil  qilish  bu  chegaralarni  kengaytirish 
imkoniyatini  beradi.  Aynan  shu  sababli  ko‘plab  fayl  tizimlarida  quyi  pog‘ona 
katalogi  nisbatan  yuqori  bo‘lgan  pog‘ona  katalogi  tarkibiga  kirishi  mumkin 
bo‘lgan pog‘onalarni tashkil etish hisobiga ierarxik strukturaga ega bo‘ladi. 
Shu sababli ierarxik struktura xususiy holatlarda barcha fayllar bitta katalog 
ichiga  kirganda  bir  pog‘onali  tashkil  etiladi.  (2.10,a  -  rasm).    Ierarxik  katalogni 
tavsiflovchi graf daraxtli (2.10,b - rasm) yoki tarmoqli ko‘rinishda (2.10,v - rasm) 
bo‘lishi mumkin. Katalog agar faqat bitta katalogga kirishga ruxsat berilgan bo‘lsa 
daraxtli, agar fayl bir nechta kataloglarda joylashgan bo‘lsa tarmoqli bo‘ladi.  
Masalan  MS-DOS  va  Windows  da  kataloglar  daraxtsimon  Unix  da  esa 
tarmoq ko‘rinishda ifodalanadi.  
Kataloglarni  bunday  tashkil  etilishi  foydalanuvchini  barcha  fayllarning  
nomlarini eslab qolish zaruratidan ozod qiladi, unga  o‘zi yaratgan fayllarini qaysi 
guruhda  saqlanishi  mumkinligini  bilishi  yetarli  bo‘ladi.  Foydalanuvchi  o‘ziga 
kerak bo‘lgan faylni  kataloglar ketma ketligini ko‘rib izlab topadi.  
 


123 
 
a) 
 
b)  
 
v)  
 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish