Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Ob’ektga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizimlar



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

2.2. Ob’ektga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizimlar 
 
Yuqorida  qayd  etilganidek,  taqsimlangan  tizimlarni  yaratishda  eng  muhim 
masala bu oraliq muhit faoliyatini yaratish hisoblanadi. 
Unikal oraliq  muhitni  yaratish  (  ya’ni,  har  xil  sistemaviy  dasturiy  ta’minot 
negizida  shakllantirilgan  kompyuterlarni  yagona  tizim  shakliga  keltirishni 
ta’minlaydigan  muhitni  yaratish)  bir  tarafdan  katta  xarajatlarni  talab  qiladi, 
Foydalanuvchilar 
Foydalanuvchilar 
Ma’lumotlar 
bazasi 
Ma’lumotlar 
manbasi 
Foydalanuvchi 
interfeysi 
komponentlari 
Mantiqiy ilova 
komponentlari 
Ma’lumotlarga 
kirish 
komponentlari 


105 
 
ikkinchi tarafdan – to‘liq bo‘lmagan yechimlar asosida yaratilgan tizim ko‘zlangan 
maqsadga javob bermay qoladi. 
Yangi  taqsimlangan  tizimni  yaratish  uchun  kam  bo‘lmagan  xarajatlar  
evaziga  unikal  oraliq  muhit  dasturiy  ta’minoti  (DT)  ni  yaratish  o‘rniga  oraliq 
sathga  mos  keladigan  mavjud  DT  lardan  foydalanish  (middleware)  maqsadga 
muvofiq  bo‘ladi.  Ammo  oraliq  muhit  uchun  yaratilgan  har  qanday  dasturiy 
ta’minot rejalashtirilgan oraliq muhit vazifasini bajaravermaydi. 
Taqsimlangan  tizimlar  uchun  o‘zining  holati  (ma’lumotlari)  bilan 
xarakterlanuvchi  ob’ektlarga  bo‘linish  va  bu  holatlarga  kirishni  ta’minlovchi 
interfeyslar  juda  muhim  hisoblanadi.  Chunki,  bir  mashinada  joylashgan  interfeys 
orqali  boshqa  mashinadagi  resurslarga  (ob’ektlarga)  kirishga    to‘g‘ri  keladi. 
Boshqa  so‘z  bilan,  har  xil  platformadagi  kompyuterlarda  saqlanayotgan 
ma’lumotlarga kirish uchun maxsus interfeys dasturlari talab etiladi. 
Taqsimlangan  ob’ektga  bog‘langan  foydalanuvchi  ilovasi  ishga  tushganida 
uning  manzil  kengligida  o‘rinbosar  (proxy)  deb  nomlanuvchi  ob’ekt  interfeysi 
joriy etilishi axborotni taqsimlangan rejimda taqdim etilishini ta’minlaydi. 
Ob’ektning  muhim xususiyatlaridan biri  – bu uning saqlanishi hisoblanadi. 
Saqlangan ob’ekt – bu o‘zining joriy serveri joriy kengligida bo‘lmay turib, ya’ni 
serverga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  mavjudlikni  davom  ettiruvchi  ob’ekt 
hisoblanadi. Amaliyotda bu shuni bildiradiki, ob’ektlar bilan ishlovchi server uni 
qo‘shimcha xotira qurilmasida saqlaydi. Server o‘zining ishini to‘xtatishi mumkin, 
ammo  uni  yangilab  saqlangan  ob’ekt  holatini  o‘qishi  va  unga  yo‘naltirilgan 
so‘rovlarni qayta ishlashga kirishishi mumkin. Bunday hususiyatga ega bo‘lmagan 
ob’ektlar faqatgina ularni server boshqarganda mavjud bo‘ladi. 
CORBA  (Common  Object  Request  Broker  Architecture)  andozasiga  mos 
qilib  yaratilgan  dasturiy  ta’minot  TT  oraliq  muhitining  yuqori  talablariga  javob 
beradigan dasturiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. 
Bu  ideologiyada  tizim  taqsimlangan  ob’ektlar  texnologiyasi  negizida 
yaratiladi  –  tizim  bir  necha  o‘zaro  bir-birlari  bilan  munosabatda  bo‘ladigan 
komponentalardan (ob’ektlardan) tarkib topadi. 


106 
 
TT  larni  taqsimlangan  ob’ektlar  texnologiyasidan  foydalanib  yaratishda 
ob’ektga yo‘naltirilgan usulning hamma afzalliklaridan foydalaniladi. Ular: 
- qayta ishlash jarayonlarining vaqtini qasqartirilishi; 
- xatolar sonini keskin kamayishi; 
- dastur komponentalarini qayta ishlatish mumkinligi; 
- kelajakda tizimni o‘zgartirish osonligi. 
Bunday tizimlarning yana bir muhim afzalligi  – «ingichka» mijoz ob’ektini 
yaratish  mumkinligi  hisoblanadi  (2.5  –  rasm).  Dasturchilarga  tizimdagi  mavjud 
komponentalardagi  resurslar  asosida  tez  va  samarali  ko‘pfunksional  ilovalarni 
yaratishlari  uchun  qulay  imkoniyatlar  yuzaga  keladi,  bu  yangi  tizimni  ishlab 
chiqishda mablag‘larni sezilarli darajada iqtisod qilinishiga olib keladi. 
Komponenta 
(modul) 
asosidagi 
taqsimlangan 
ilovalar 
bir-biriga 
bog‘lanmagan  holda  yaratilishi  va  o‘zgartirilishi  mumkin.  Butun  tizim  avtonom 
modullarga bo‘linadi, ular asosidagi faoliyat boshqalariga bog‘liq bo‘lmagan holda 
alohida  bajarilishi,  lekin  kerak  bo‘lganida  bir  modul  boshqalari  bilan  o‘zaro 
munosabatda bo‘lishi mumkin. 
Buning  uchun  modullar  (komponentalar)  bunday  munosabatlarga  imkon 
yaratadigan  maxsus  protokol  va  interfeyslar  bilan  birgalikda  ishlash  qobiliyaiga 
ega  bo‘lishlari  kerak  bo‘ladi.  Modullarda  qo‘llanilgan  usullar  bir-biridan 
izolyatsiyalangani sababli, ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlab chiqiladi. 
Shunday  qilib,  komponentani  ishlatish  darajasi  tizimning  boshqa  qismidagi 
boshqaruv kodining xolatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu xolat bir nechta komandalarni 
ilovalarning har xil bo‘limlari bilan parallel ishlashiga imkon yaratadi. 
Tizimda  modulli yondoshuv bo‘lganligi sababli, yuzaga kelgan muammoni 
yechish uchun ilovaning ma’lum bir funksional qismini almashtirish butun tizimni 
global  o‘zgarishiga  olib  kelmaydi.  Boshqaruv  kodi  faqat  o‘zgartirilishi  kerak 
bo‘lgan modullarda o‘zgartiriladi. Bu sodda va tez bajariladi. 
CORBA tizimining vazifasi – izolyatsiyalangan tizimlarning integratsiyasini 
amalga  oshirish,  ya’ni  har  xil  tilda  yozilgan  va  har  xil  tugunlarda  ishlayotgan 
dasturlarni bir – biri bilan o‘zaro munosabatda ishlay olishlarini, xuddi dasturlarni 


107 
 
bitta jarayonning adres maydonida joylashib, birgalikda ishlayotganlaridek xolatini 
ta’minlab berish. 
CORBA  tizimi  komponentalar  (ya’ni,  ob’ektlar)  munosabatlarining 
infrastrukturasi 
OSI 
modelining 
taqdim 
etish 
va 
amaliy 
sathlarida 
tashkillashtiriladi.  U  taqsimlangan  tizimning  hamma  ilovalarini  ob’ektlar  deb, 
qabul qilishga imkon yaratadi. 
Ob’ektlar navbatma-navbat mijoz yoki server vazifasini bajarishlari mumkin 
- agar ob’ekt boshqa ob’ektdagi ilovaga so‘rov bilan murojaat qilsa - mijoz rolini, 
boshqa ob’ekt undagi ilovaga so‘rov bilan murojaat qilsa - server rolini o‘ynaydi. 
CORBA  ob’ekt  modeli  mijozlar  va  serverlar  orasidagi  munosabatlarni 
aniqlab beradi. 
«Mijoz» ob’ekt modellari serverlar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarga 
so‘rov bilan murojat qiladigan ilovalar ko‘rinishida bo‘ladi. 
«Server»  ob’ekt  modellari  o‘z  tarkibida  bir  muncha  mijozlar  tomonidan 
taqsimlanadigan xizmatlar to‘plamini saqlaydi. Bunday ob’ektlarning interfeyslari 
ma’lum bir ob’ekt klientlari tomonidan chaqirilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar 
to‘plamini tavsiflaydi. Operatsiya so‘ralayotgan servisga yo‘l ko‘rsatadi. 
«Server»  ob’ektlarining  faoliyati  «Mijoz»  ob’ekt  modellari  tomonidan 
so‘raladigan xizmatlarni bajaradigan ilovalar asosida  tashkil etiladi. 
CORBA  modeli  asosida    ikki,  uch  darajali  mijoz-server  tizimlariga 
qaraganda ancha egiluvchan TT larni yaratish mumkin. 
CORBA  modelining  asosiy  komponenti  bu  ob’ekt  so‘rovlarining  brokeri 
(Object Request Broker - ORB) hisoblanadi. 
Uning  asosiy  vazifasi  –  ob’ekt-mijoz  so‘rovlarini  bajarish  mexanizmini 
taqdim  etish,  ya’ni  -  berilgan  so‘rovga  taalluqli  ob’ektni  qidirish,  kerakli 
ma’lumotlarni  jo‘natish,  ob’ektni  qayta  ishlash  jarayoniga  tayyorlash.  Broker 
mijoz va server ilovalari o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligini ta’minlaydi. 
CORBA  modeliga  alternativ  qilib,  Microsoft  Windows  operatsion  tizimi 
asosida  TT  ning  oraliq  muhitini  tashkil  etish  maqsadida    bir  nechta  ob’ektli 
modellar ishlab chiqilgan. Ular: Microsoft COM, DCOM, COM+, .NET. 


108 
 
 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish