Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


99 
 
II bob. Taqsimlangan tizimlarning turlari va imkoniyatlari 
 
2.1. Mijoz-server texnologiyasi. R2R texnologiyasi 
 
Dastlab  taqsimlangan  tizimlar  «mijoz-server»  arxitekturasi  negizida 
shakllantirilgan.  
Bunda  ma’lumotlar  ombori  server  «mijoz-server»  tizimining  asosiy 
komponenti  hisoblanadi.  U  ma’lumotlarni  boshqarish  bo‘yicha  barcha  harakatlar 
kompleksini  amalga  oshiradi.  Ma’lumotlar  ombori  serveri  quyidagi  funksional 
vazifalarni bajaradi: 
-  lokal  tarmoq  kompyuterida  ishlaydigan  mijoz  ilovalardan  olingan 
ma’lumotlarni  hamda  ombor  tarkibidagi  katta  hajmdagi  (meta)  ma’lumotlarni 
tanlash va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan so‘rovlarni bajarish; 
- ma’lumotlarni saqlash va zahiradan nusxa ko‘chirish; 
- ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlar uzatilishining yaxlitligini saqlash; 
-  foydalanuvchilar  huquqlari  va  imtiyozlarini  tekshirish  asosida  ma’-
lumotlarga mualliflashtirilgan holda kirishni ta’minlash; 
- operatsiyalarni protokollashtirish va tranzaksiyalar jurnalini yuritish. 
«Mijoz-server»  arxitekturasi  asosidagi  taqsimlangan  tizim  ikkita  aniq 
ajratilgan standart darajalarga bo‘linadi: 
-  ma’lumotlarni  tashkil  etish  va  saqlash  darajasi  (fayllar  sistemasini  yoki 
ma’lumot bazalarini shakllantiradigan jarayonlar) – serverlar, deb nomlanadi; 
-  ma’lumotlarga  kirish  va  qayta  ishlash  darajasi  (xizmatlarga,  ya’ni 
serverlarga so‘rovlar bilan murojaat qilib, uning javobini kutishni tashkil etadigan 
jarayonlar) – mijozlar (klientlar) deb nomlanadi (2.1 – rasm). 
Mijoz-server  doirasidagi  o‘zaro  munosabat  sinxron  va  asinxron  bo‘lishi 
mumkin.  
Birinchi  holatda  klient  o‘z  so‘rovi  serverda  bajarilishini  kutadi  va  o‘z 
kompyuterida boshqa ishlar bilan shug‘ullanmaydi, ikkinchisida  – klient serverga 


100 
 
so‘rov  yuboradi  va  serverdan  javob  kelishini  kutmasdan  o‘zi  oldin  bajarayotgan 
ishini davom ettiraveradi. 
 
 
 
2.1 – rasm. Mijoz-server asosidagi o‘zaro munosabatlar modeli 
 
Mijoz-server arxitekturasida ilova quyidagi mantiqiy sathlarga bo‘linadi: 
1)  foydalanuvchi  interfeysi  sathi.  Interfeys  odatda  klient  kompyuterida 
amalga oshiriladi; 
2) qayta ishlash sathi (ilova mantig‘i). Ushbu sathda ilovada ko‘zda tutilgan 
asosiy jarayon («biznes-mantig‘i») amalga oshiriladi (funksionallik); 
3) ma’lumotlar sathi. Mijoz masalasini qayta ishlaydigan ilovalarga kerakli 
ma’lumotlarni  taqdim  etadigan  dasturlarni  saqlaydi.  Bu  funksiya  ma’lumotlar 
sathning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi(persistence). Ilova ishlamayotgan 
paytlarda ma’lumotlar keyin ishlatilishi uchun fayllarda yoki ma’lumotlar bazasida 
saqlanadi. Ushbu sath server kompyuterida bajariladi. 
Sath  har  xil  ilovalarga  kerak  bo‘ladigan  ma’lumotlarning  to‘liqligini 
ta’minlaydi.  Odatda  ma’lumotlar  sathi  relyatsion  ma’lumotlar  bazasi  shaklida 
tuziladi. Bunday yondoshuv ma’lumotlarni ilovalarga bog‘liq bo‘lmasligini hamda 
mijoz-server  modelida  qayta  ishlash  sathini  ma’lumotlar  sathidan  ajratilishga 
imkon yaratadi. 
Tizimni  uchta  mantiqiy  sathlariga  bo‘linishida  ilovalar  alohida 
kompyuterlarda  taqsimlanadi.  Bunda  eng  sodda  yo‘l  -  kompyuterlarni  ikki  turga 
bo‘lish: 
1)  mijoz  kompyuterlari  (ishchi  stansiyalar)  –  ularga  interfeys  vazifasini 
bajaradigan mijoz dasturlari o‘rnatiladi; 
 
Mijoz 
 
Server 
So’rov 
Javob 


101 
 
2)  server  kompyuterlari  –  ularda  qayta  ishlash  va  ma’lumot  sathlarining 
vazifalari bajariladi. 
Bunday  tashkil  etishda  tizim  taqsimlangan  sharoitda  faoliyat  ko‘rsata 
olmaydi,  hamma  masalalar  serverda  yechiladi,  mijoz  kompyuteri  faqat  oddiy 
terminal sifatida ishlatiladi. 
Mijoz-server  arxitekturasi  ikki,  uch  va  ko‘p  zvenoli  variantlarda  yaratilishi 
mumkin: 
Ikki  zvenoli  dasturiy  arxitektura.  Amaliyotda  tizimning  har  xil 
foydalanuvchilarini  bir  xil  ma’lumotlarga  kirish  holatlari  ko‘p  uchraydi.  Buni 
amalga  oshirish  uchun  mijoz-server  tizimining  funksiyalarini  bir  necha  mijoz 
kompyuterlari  orasida  ajratish  kerak  bo‘ladi.  Buning  nisbatan  sodda  yo‘li, 
ilovalarning  mantiqiy  sathlarini  server  qismining  ma’lumotlarga  kirishni 
ta’minlaydigan  bir  ilovasi  doirasida  taqsimlanishini  amalga  oshirish  hisoblanadi. 
Bu ilova bir necha mijoz kompyuterlarida joylashgan bo‘ladi va mijoz interfeysini 
ta’minlaydi.  Ilova  mantig‘i  (qayta  ishlash  jarayoni)  server  yoki  mijoz 
kompyuterlariga yo‘naltirilishi, yoki ular o‘rtasida bo‘lingan bo‘lishi mumkin. 
Shunday  qilib,  dasturiy  yechim  mijoz  kompyuteri  interfeys  funksiyalarini 
minimallashtirishdan  («ingichka»  mijoz)  boshlab,  to  foydalanuvchi  interfeysining 
hamma  vazifasini  mijoz  kompyuteriga  topshirishgacha  («yo‘g‘on»  mijoz) 
o‘zgartirib  boriladi.  Ikkala  holatda  ham  server  kompyuterida  joylashgan  xususan 
ilovaga tegishli protokol yordamida tashqi interfeys serverdagi ilovadan ajratiladi. 
Bunday  yondoshuvda  tashqi  interfeys  faqat  ilova  interfeysini  taqdim  etish 
vazifasini bajaradi. 
Bunday arxitektura asosida  tuzilgan model ikki zvenoli mijoz-server modeli 
deb  nomlanadi.  (2.2–  rasm).  Bunday  tizimlar  sodda  taqsimlangan  tizimlar,  deb 
nomlanadi. 
 
 


102 
 
 
2.2 – rasm. Ikki zvenoli mijoz-server arxitekturasining sxemasi.  
 
Mijoz-server  modelining  rivojlanishi  oqibatida  uch  zvenoli  arxitektura. 
yaratildi.  Bu  variantda  foydalanuvchi  interfeysi  ilova  mantig‘i  (qayta  ishlash 
jararyoni)  va  ma’lumotlarga  kirish  qismlar  tizimning  mustaqil  komponentasi 
sifatida  ajratiladi  va  u  mustaqil  kompyuterlarda  ishlash  qobiliyatiga  ega  bo‘ladi 
(2.3  –  rasm).  Dasturlar,  qayta  ishlash  sathining  asosiy  qismi  alohida  serverga 
o‘tkaziladi, uning nomi ilovalar serveri deyiladi. 
Bu tizimda foydalanuvchining so‘rovlari ketma-ket tizimning klient qismida, 
ilovalar  mantig‘i  (qayta  ishlash)  serverida  va  ma’lumotlar  bazasi  serverida  qayta 
ishlanadi. 
Ko‘p  zvenoli  mijoz-server  arxitekturalarida  ilovalar  foydalanuvchi 
interfeysi,  qayta  ishlash  va  ma’lumotlar  serverlariga  bo‘linishlarining  to‘g‘ridan  - 
to‘g‘ri  davomi  hisoblanadi.  Bunday  taqsimlanish  turi  vertikal  taqsimlanish 
deyiladi.  Ularning  aosiy  xususiyati  harxil  vazifa  bajaradigan  ilovalarni  mantiqan 
har xil kompyuterlarda joylashishi hisoblanadi. 
Tashkilotfaoliyatini  avtomatlashtirish  maqsadlarida  yaratilgan  ilovalar 
nuqtai  nazaridan  tizimni  taqsimlangan  deb  yuritiladi,  agar  uning  tarkibidagi 
mantiqiy  ilovalar  (qayta  ishlash  dasturlari)  tizimning  bir  nechta  komponentalari 
orasida  taqsimlangan  bo‘lib,  har  biri  alohida  kompyuterlarda  bajarilishi  mumkin 
Foydalanuvchi 
Ma’lumotlar bazasi 
Foydalanuvchi interfeysi 
Mantiqiy ilova 
Mijozlardan 
tashkil topgan 
tizimlar 
Mantiqiy ilova 
Ma’lumotlarga kirish 
Serverlardan 
tashkil topgan 
tizimlar 


103 
 
bo‘lsa. Bunda foydalanuvchining so‘rovlari foydalanuvchi interfeysidan, to yagona 
ma’lumotlar serverigacha ketma-ket o‘tib bormaydi. 
 
 
 
2.3 – rasm. Uchta zvenoli mijoz-server arxitekturasining sxemasi 
 
Bu ma’noda ko‘p zvenoli arxitekgaturani eniga kengayishi kuzatiladi. Klient 
va  serverlarni  bunday  taqsimlanishi  gorizontal  taqsimlanish  deyiladi.  Mijoz  yoki 
server mantiqan bir xil turdagi modullarning taqsimlangan qismlarini o‘z tarkibida 
saqlashi  mumkin,  ularning  ishlashi  mustaqil,  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda 
amalga oshiriladi (2.4– rasm). 
Masalan,  lokal  tarmoqda  bir  necha  web-server  kompyuterlari  mavjud 
bo‘lsin.  Agar  Web  –  sahifa  o‘zgartirilsa,  bu  o‘zgarishlar  boshqa  serverlarga  ham 
jo‘natiladi.  Kelgan  so‘rov  uchun    ma’lum  bir  server  «karusel»  usuli  asosida 
tanlanadi.  Bunday  formada  taqsimlash  ommabop  Web-saytlar  o‘rnatilgan 
serverlardagi yuklamalarni tekislash maqsadida qo‘llaniladi. 
Bitta  sathli  R2R  (peer-to-peer)    tarmog‘i  asosidagi  TT  lar.Ushbu  tarmoqni 
oldingilaridan  farqi  shundan  iboratki,  bunda  tarmoq  sharoitida  dislokatsiya  
qilingan  kompyuterlar  o‘z  resurslari  bilan  hech  qanday  server  koipyuteridan 
foydalanmasdan  o‘zaro  almashishadi.  Bu  tizimdan  bugunda  ham  millionlab 
Foydalanuvchi 
Foydalanuvchi interfeysi 
Ilovani mijoz 
qismi 
Mantiqiy ilova 
Server ilova 
Ma’lumotlarga kirish 
Ma’lumotlar  
bazasi server  
Ma’lumotlar bazasi 


104 
 
mijozlar  foydalanishadi.R2R  konsepsiyasi  doirasida    ushbu  tarmoq  tarkibiga 
kiruvchi hamma kompyuterlar bir-birlari bilan hech qanday markaziy serverlardan 
foydalanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro munosabatda bo‘lishadi. 
Katta  miqyosda  yaratiladigan  TT  i  oraliq  muhitining  faoliyatini  tashkil 
etadigan dasturiy ta’minot jahon andozalari asosida yaratilishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
Shu sababli, ko‘p hollarda oraliq muhit dasturiy ta’minoti «ochiq tizimlar» 
ning talablariga mos holda ishlab chiqiladi. 
 
2.4 – rasm. Ko‘p zvenoli mijoz-server arxitekturasining sxemasi. 
 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish