1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Nishonboev T.N., Usmanova N.B.
TAQSIMLANGAN TIZIMLAR
O’quv qo’llanma
Toshkent 2018
2
Mualliflar: T.N. Nishonboev, N.B. Usmanova
“Taqsimlangan tizimlar”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: TATU. 2018. ____b.
Referat
AXBOROT, ARXITEKTURA, INTERNET, MA’LUMOT, MA’LUMOT
UZATISH TARMOQLARI, TARMOQ TEXNOLOGIYALARI, DASTURIY
TA’MINOT, TARMOQ ARXITEKTURASI, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TARMOQLARI, TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI, DASTURIY –
KONFIGURATSIYALANADIGAN
TARMOQLAR,
INFRASTRUKTURA
SATHI, BOSHQARUV SATHI, ILOVALAR, ILOVALAR SATHI, TARMOQ
RESURSLARI, TARMOQ XIZMATLARI, TARMOQ OPERATORI, MODEL,
MODELLASHTIRISH, PROTOKOL, INTERFEYS, OSI MODELI, OPENFLOW
PROTOKOLI,
TAQSIMLANGAN
TIZIMLAR,
GRID,
GRID
TEXNOLOGIYASI, GRID TEXNOLOGIYASI ASOSIDAGI TAQSIMLANGAN
TIZIMLAR, BULUT TETEXNOLOGIYASI, BULUT TEXNOLOGIYASI
ASOSIDAGI TAQSIMLANGAN TIZIMLAR. SERVISGA YO‘NALTIRILGAN
ARXITEKTURA NEGIZIDAGI TAQSIMLANGAN TIZIMLAR, MA’LUMOT
QAYTA ISHLASH MARKAZI.
O‘quv qo‘llanmada taqsimlangan tizim (TT)larning arxitekturasi va
funksional xususiyatlari, samarali ishlashini belgilaydigan ko‘rsatkichlar, TT
larning turlari va imkoniyatlari, taqsimlangan fayl tizimlarini tashkil etish
tamoyillari yoritilgan. Qo‘llanmada servisga yo‘naltirilgan arxitektura
konsepsiyasi hamda “Grid” va “Bulut” texnologiyalari negizidagi taqsimlangan
tizimlar, ularda virtuallashtirish texnologiyasini qo‘llash tamoyillari, TT
xususiyatlari negizida bulutdi ma’lumot qayta ishlash markazlarini yaratish
mavzulariga alohida urg‘u berilgan.
O‘quv qo‘llanma axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yo‘nalishida tahsil
olayotgan bakalavr va magiistrlar uchun mo‘ljallangan, u AKT sohasida ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borayotgan mustaqil izlanuvchilarga ham foydali bo‘lishi
mumkin.
3
O‘zbekcha va inglizcha qisqartmalar hamda atamalar
ro‘yxati
Belgilanishi
Kengaytmasi
AKT
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
AT
Axborot texnologiyalari
AHX
Axborot hisoblash xizmati
BT
Bulut texnologiyalari
BT SYTT
Bulut texnologiyalari asosidagi servisga yo‘naltirilgan
taqsimlangan tizim
GT
Grid texnologiyalari
GT SYTT
Grid texnologiyalari asosidagi servisga yo‘naltirilgan
taqsimlangan tizim
DKTT
Dasturiy konfiguratsiyalangan taqsimlangan tizim
DKT
Dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq
ITT
Integrallashgan taqsimlangan tizimlar
MUBS
Ma’lumot uzatilishini boshqarish sathi
MUS
Ma’lumot uzatish sathi
SYA
Servisga yo‘naltirilgan arxitektura
CYTT
Servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim
TOT
Tarmoq operatsion tizimi
TT
Taqsimlangan tizim
TX
Terminal xizmati
API
Application programming interface
HTML
Hyper Text Markup Language
HTTP
Hyper Text Transfer Protocol
ICMP
Internet Control Message Protocol
IP
Internet Protocol
NUMA
Nonuniform Memory Access
OSI
Open System Interconnection
4
QoS
Quality of service
SCTP
Stream Control Transmission Protocol
SDN
Software Defined Networks
SIP
Session Initiation Protocol
TCP
Transmission control protocol
UDP
User Datagram Protocol
UMA
Uniform Memory Access
5
Kirish
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ijtimoiy hayotga
kiritilishi yangi turdagi xizmatlar va murakkab amallarni talab qiladigan
masalalarni keltirib chiqaradi. Bunda axborotni qayta ishlash va uzatish tizimlari
murakkab infokommunikatsiya majmuasi bo‘lib, ularni boshqarish va
imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlaydigan mas’ul mutaxassislardan
chuqur bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.
Taqsimlangan tizimlar yo‘nalishining tarixi qisqa bo‘lishiga qaramasdan
bugungi kunda juda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan va yangidan – yangi
g‘oyalar va yondoshuvlar paydo bo‘layotgan yo‘nalish hisoblanadi.
«Servisga yo‘naltirilgan arxitektura», «Grid texnologiyalari» va «Bulutda
hisoblash» fanlari axborot texnologiyalari (AT) sohasining eng yangi
yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ularning imkoniyatlari asosida taqsimlangan
tizimlarni shakllantirish, resurs va xizmatlarini taqdim etish usullarini o‘rganish va
ular asosida yangi samarali usullarni ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy
axamiyat kasb etadi.
Taqsimlangan
infokommunikatsiya
tizimlarini
ishlab
chiqish
va
rivojlantirishning maqsadli orientatsiyasi hisoblangan global axborot infrastruktura
(GAI)si quyidagi asosiy funksiyalar to‘plamini tavsiflovchi kommunikatsiya,
axborotni saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini o‘zida birlashtiradi:
• foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan axborot, kommunikatsiya va
muammoga yo‘naltirilgan xizmatlarni akkumulyatsiyalash va integrallash;
• xizmat va tarmoq resurslariga personal murojaatini vaqt va
foydalanuvchining joylashuvidan qat’iy nazar ta’minlash;
• qo‘llash, qurish va amalga oshirishning tashkiliy-texnik va tizimli-texnik
o‘zgarishlariga ochiqlikni ta’minlash.
Birlashish va o‘zaro muloqotda bo‘lish jarayonlarini o‘zida aks ettiruvchi
taqsimlangan tizimlar komponentalarining o‘zaro funksional ishlashini tashkil
qilish jarayoni bilan bog‘liq jihatlarni tizimlashtirish, klassifikatsiyalash va
standartlashtirishni amalga oshirilishini talab etadi.
6
Taqsimlangan tizim doirasida tanlangan tarmoq arxitekturasi amalga
oshirilishiga bog‘liq turli funksional yo‘naltirilgan elementlar (ob’ektlar) mavjud.
Elementlar infrastrukturaning ham axborot qayta ishlash, ham tarmoq tashkil
etuvchilariga tegishli bo‘lishi mumkin, bunda elementlarning o‘zaro ishlashi
uchun oraliq muhit (oraliq dasturiy ta’minot) kerak bo‘ladi.
Bugungi kunda mavjud bo‘lgan oraliq muhitlar ochiq, kengaytirilishi
mumkin bo‘lgan va barqaror taqsimlangan tizimlarni yaratishga imkon beradi:
buning uchun oraliq muhit taqsimlangan tizim komponentalarining o‘zaro ishlashi
uchun ularni servislar bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi. Bu yo‘nalishda yaratilgan
ilmiy – amaliy ishlanmalarni o‘rganish va yangi usullarini ishlab chiqish axborot –
texnologiyalari sohasiningdolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma ushbu dolzarb muammoga bag‘ishlangan bo‘lib,
kirish, 5 ta bob va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismlaridan iborat.
Birinchi bob “Taqsimlangan tizimlarning arxitekturasi va funksional
xususiyatlari”, deb nomlanib, uning bandlarida taqsimlangan tarmoq va
tizimlarning ta’rifi va tarkibi, taqsimlangan tizim (TT) - larning arxitekturaviy
xususiyatlari, TT oraliq muhit (Middleware) ining o‘rni va axamiyati, TT
komponentalarini Ethernet va dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘i asosida
o‘zaro bog‘lanish modellari, TT ning samarali ishlashini belgilaydigan
ko‘rsatkichlar qatorida TTlarda jarayonlar va aloqalar, sinxronizatsiya, xavfsizlik
masalalari hamda TTlarda ishonchlilik masalalari va replikatsiya usullari
yoritiladi.
Ikkinchi bob “Taqsimlangan tizimlarning turlari va imkoniyatlari”, deb
nomlangan, uning bandalarida mijoz-server texnologiyasi, va R2R texnologiyalari,
ob’ektga yo‘naltirilgan va Web – texnologiyalar asosidagi taqsimlangan tizimlar
yoritilgan hamda taqsimlangan fayl tizimlarini tashkil etish tamoyillari to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobning nomi “Servisga yo‘naltirilgan arxitektura konsepsiyasi
asosidagi taqsimlangan tizimlar”, unda servisga yo‘naltirilgan arxitekturaning
konseptual modeli, taqsimlangan tizimlarni servisga yo‘naltirilgan arxitektura
7
konsepsiyasi asosida shakllantirish asoslari, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari
resurs va xizmatlarini servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim negizida taqdim
etish masalalari yoritilgan.
To‘rtinchi bobda “Grid” va “Bulut” texnologiyalari negizidagi taqsimlangan
tizimlar, ularda virtuallashtirish texnologiyasini qo‘llash tamoyillari kabi mavzular
sistemalashtirilgan holda tavsiflanadi. Bobning bandlarida grid texnologiyalari
imkoniyatlari negizida taqsimlangan tizim infrastrukturasini shakllantirish asoslari,
grid texnologiyalari asosidagi TT resurslarini SYA asosida taqdim etish
tamoyillari, “Bulut” texnologiyasining
mazmuni va mohiyati, “Bulut”
texnologiyasining afzalliklariga asoslangan taqsimlangan tizimlarni shakllantirish
modeli kabi mavzular o‘z aksini topgan.
Beshinchi bob “Taqsimlangan tizim xususiyatlari negizida ma’lumot qayta
ishlash markazlarini yaratish asoslari” da ma’lumot qayta ishlash markazlarining
maqsad va vazifalari, dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq negizidagi
taqsimlangan ma’lumot qayta ishlash markazining infratuzilmasi tushuntiriladi,
axborot-kommunikatsiya tarmog‘i resurs va xizmatlarini taqsimlangan tizimlar
asosida taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi.
O‘quv qo‘llanma mualliflarning Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshknt axborot texnologiyalari universiteti talabalariga “Taqsimlangan tizimlar”
nomli fan bo‘yicha bir necha yil davomida olib borgan ma’ruza va amaliy
mashg‘ulotlari materiallari hamda ushbu yo‘nalishda bajarilgan Grant
loyihalarining natijalari asosida yozilgan.
Mualliflar kitobni nashrga tayyorlashda va chop ettirishda faol ishtirok
etganligi uchun Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari Universiteti “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari”
kafedrasining assistenti M. Abdullaevga o‘z minnat-dorchiligini bildiradi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |