25
funksiyalarga uzoqlashtirilgan kirishni ta’minlash uchun oraliq qatlam DT
kommunikatsiya servislaridan foydalanishi mumkin.
Bu va boshqa mumkin bo‘lgan yechimlar asosida oraliq qatlam DT
funksionalligidan maksimal foydalanish tamoyili yotadi. Oraliq qatlam DT tizim
funksionalligining katta qismini o‘ziga oladi, dasturchilarga dasturiy va amaliy
sohalarini qoldiradi. Amaliy dasturlarni yaratishda oraliq qatlam DT dan maksimal
foydalanish ishlab chiqilayotgan tizimlarning ishonchliligini sezilarli oshiradi,
ularga
sanoat xarakterini beradi, tizim standartlashtirilgan va sinalgan fundamentga
qurilgan bo‘ladi.
TT larni yaratilishida OT lar bilan taqsimlangan ilovalar oralig‘ida
joylashgan oraliq sath dasturiy vositalari (xizmatlari) asosiy rol o‘ynaydi. 1.10 –
rasmda oraliq sathli TT ning umumlashtirlgan sxemasi keltiriladi.
Oraliq sath dasturiy ta’minoti taqsimlash va aloqa masalasini hal qilishi
uchun aniq bir modelga tayanishi kerak. Bu ma’noda «taqsimlangan faylli tizim»
modeli eng datlabki model hisoblanadi, masalan, Unix operatsion sistemaning
faylli tizimi.
Keyingi model – masofadagi protseduralarni chaqirish (Remote Procedure
Calls, RPC - udalennыy vыzov protsedur). Bajarilayotgan jarayon (masala
yechimini bajarayotgan dastur) foydalanuvchidan sir tutgan holda olisda
joylashgan protseduralarni chaqirishi mumkin. Lekin protseduralarning bajarilishi
olisdagi kompyuterda bajariladi. Protsedura ishlashi uchun kerak bo‘lgan
parametrlar unga tarmoq orqali uzatiladi, protsedura ishini yakunlaganidan so‘ng
boshqaruv yana protsedura chaqirilgan nuqtaga (kompyuterga) beriladi. Bunday
holat tashqaridan xuddi oddiy protsedura chaqirilganidek tuyuladi.
Keyingi modellar taqsimlangan ob’ektlarning munosabatlariga asoslangan
(masalan, DCOM, COM+ hamda ActiveX texnologiyalaria asoslangan modellar).
Taqsimlangan ob’ektlar g‘oyasida har bir ob’ekt o‘zining interfeysini joriy etadi,
unda ob’ekt tomonidan undagi hamma ishlanmalar sir tutiladi va interfeysda
protseduralarni ishlashi uchun kerak bo‘ladigan hamma usullar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Masofadagi jarayon faqat interfeysni ko‘radi, ob’ektni ichiga kira olmaydi.
29
Oraliq qatlam komponentalari turli xil ilovalar va amaliy sohalar uchun
umumiy hisoblanadi - ular turli xil platformalarda taqsimlanadi hamda standart
interfeyslar va protokollarni qo‘llab quvvatlaydi.
Quyida ularning xususiyati keltiriladi:
Oraliq qatlam servisi ko‘plab amaliy sohalarning qator ilovalari talabiga
javob berishi kerak.
Misol uchun, xabarlarni translyatsiya qiluvchi xabarlar kommutatori turli xil
formatdagi xabarlarni uzatish va qabul qilish bilan band bo‘lsa, unda bu oraliq
qatlam servisidan uzviy foydalanayotgan bo‘ladi. Faqat bir formatdagi xabarlarni
uzatayotgan kommutator oraliq tizim servisidan foydalanmaydi.
1.11-rasm.Oraliq qatlam dasturiy ta’minoti
Oraliq tizim servislari turli xil platformalarni qo‘llab-quvvatlashi kerak
bo‘ladi.
Masalan, turli xildagi ma’lumotlar omborini boshqarish xizmati bu oraliq
qatlam dasturiy ta’minoti doirasiga kiradi, chunki turli xil ma’lumotlar ombori bir
nechta platformalardan iborat bo‘ladi.
Oraliq qatlam servislari taqsimlangan hisoblanadi. Bu unga masofaviy
ulanish imkoniyati (ma’lumotlar ombori servisi) mavjudligi yoki u boshqa
Ilova
Ilova
Platforma
-OT
-Apparat ta’minoti
Platforma
-OT
-Apparat ta’minoti
Interfeys platformasi
Interfeys platformasi
Ilovalar, Middleware
(taqsimlangan tizim xizmatlari)
Do'stlaringiz bilan baham: