3.2. Taqsimlangan tizimlarni servisga yo‘naltirilgan arxitektura
konsepsiyasi asosida shakllantirish asoslari
Servisga yo‘naltirilgan arxitektura negizidagi taqsimlangan tizimlar asosan
uchta bosqichda shakllantiriladi.
Ularda oqimlar (oqimlar servislarni birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi) ni,
komponentalarni hamda
servislarni identifikatsiyalash,
klassifikatsiyalash,
spesifikatsiyalash vazifalari va joriy etish usullarini ishlab chiqish amallari
bajariladi.
1.Servislarni identifikatsiyalash.
149
Servislarni identifikatsiyalashda quyidagi dekompozitsiya metodlaridan
foydalaniladi:
- pastga qarab dekompozitsiyalash negizida identifikatsiyalash;
- yuqoriga qarab dekompozitsiyalash negizida identifikatsiyalash;
- «Ma’lumot chiqadigan» tarafga qarab dekompozitsiyalash negizida
identifikatsiyalash.
Bunda ta’sir doirasini segmentlarga ajratish, mavjud vositalarni tahlillash,
masalalar va ularni yechish vositalarini modellashtirish hamda servislarni
modellashtirish masalalari yechiladi:
a) pastga qarab dekompozitsiyalash negizida identifikatsiyalash.
Ko‘p hollarda bu usul jarayonni ta’sir doirasida (domen) dekompozi-
siyalash deb yuritiladi. Bunda ta’sir doirasidagi (domen) biznes faoliyat funksional
qismlarga (jarayon jarayonostilariga dekompozitsiyalanadi;
b) yuqoriga qarab dekompozitsiyalash negizida identifikatsiyalash.
Kompaniyaning mavjud tizimini takomillashtirish maqsadida SYA ga
asoslangan taqsimlangan tizim yaratishga kirshiladi. Bunda dastlab mavjud tizim
tahlil qilinadi, xarajatlarni iqtisod qilish maqsadida uning yangi yaratilayotgan
biznes-jarayonga taalluqli bo‘lgan funksional servislari aniqlanadi va yangi tizimda
ishlatish uchun ajratiladi;
c) «Ma’lumot chiqadigan» tarafga qarab dekompozitsiyalash. Pastga va
yuqoriga qarab dekompozitsiyalash negizida identifikatsiyalashda topilmagan
servislar «masala-servis» tipida modellashtirish asosida tanlab olinadi va ularning
haqiqiyligi isbotlanadi. U servislarni masalalarga, ularni o‘z navbatida yanada
kichikroq masalalarga, ishlab chiqarishning kalit ko‘rsa-gichlariga va kirish
parametrlariga ajratadi.
2. Servislarni klassifikatsiyalash- servislar identifikatsiyasi asosida amalga
oshiriladi.
Servislar klassifikatsiyasini ierarxik asosda boshlash juda muhim, chunki
bunda servislarning kompozit yoki fraktal tabiati aniq aks ettiriladi. Bunda
150
servislar muhim (biznes-jarayonni amalga oshirish yo‘lida) strukturali
koponentalar va servislardan tarkib topgan bo‘lishi shart.
Klassifikatsiya kompozitsiyalarni aniqlashga va ierarxik ko‘rinishni xosil
qilishga hamda o‘zaro bir-biriga bog‘liq servislarning ierarxiyasini qurishga
yordam beradi. Undan tashqari, oddiy boshqaruv tizimi yordamida o‘sib
borayotgan muhim strukturali servislarning hajmi aniqlanadi, loyihalashtiriladi va
joylashtiriladi.
3. Komponentalarni spesifikatsiyalash.
Komponentalarni spesifikatsiyalashda servislar asosida ish yurituvchi
komponentalarning quyidagi detallari aniqlanadi: ma’lumotlar; qoidalar; servislar;
sozlanadigan profil. Shu bilan birga ma’lumot almashinuvining spesifikatsiyasi,
har xil holatlarning spesifikatsiyasi hamda boshqaruv tizimi aniqlanadi.
Servislarni joriy etish jarayonlarida quyidagi masalalar hal qilinadi:
1. Servislarni joylashtirish.
Servislarni joylashtirishda servislarni tizimdagi identifikatsiyalangan
tizimostilarga taqsimlash amallari bajariladi.
Tizimosti korporativ komponentalarga mos keladi, deyish mumkin.
Har xil «shablan»lardan foydalangan holda korporotiv komponentlar
kombinatsiyasini yaratish natijasida quyidagi yo‘nalishlarda strukturlashtirilgan
komponentalar paydo bo‘ladi: vositachilar yo‘nalishida; taqdim etish modellari
yo‘nalishida; qoidalar yo‘nalishida; xizmatlar reestri yo‘nalishida.
Servislarni joylashtirish masalasi servislarni va ularni ishlatadigan
komponentalarni SYA pog‘onalariga mos ravishda taqsimlash vazifalarini o‘z
ichiga oladi.
Bunday joylashtirish asosiy masala hisoblanadi, chunki bunda SYA
asosidagi faoliyatni optimal tashkil etishda qatnashadigan hamma elementlarning
ishini hujjatlashtirish va tahlillash talab etiladi.
2. Servislar ishlatilishini yo‘lga qo‘yish.
Bu pog‘onada ushbu servis ishlatilishini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot
buyurtma asosida yoki tanlangan xolda yaratilishi lozimligi aniqanadi.
151
Dasturiy ta’minot yaratishning boshqa alternativ variantlariga in-
tegratsiyalash usullaridan foydalanish, mavjud dasturlarni o‘zgartirish hamda Web-
servislardan foydalangan holda tashqi resurslarning funksional imkoniyatlaridan
foydalanish kabi variantlar kiradi.
Mavjud tizim imkoniyatlaridan foydalangan holda ma’lum bir servis
dasturini yaratish uchun mavjud tizimning qaysi modulidan foydalanish
mumkinligi, qaysi bir modulni yangitdan, ya’ni noldan boshlab yaratish zarurligi
aniqlanadi.
Bundan tashqari, SYA asosidagi taqsimlangan tizimning biznes
funksiyalariga taalluqli bo‘lmagan boshqa servislarini ta’minlaydigan dasturiy
ta’minotlar ham aniqlanadi, ular qatoriga: axborot xavfsizligini ta’minlash,
servislarni boshqarish va nazorat qilish kiradi.
3.4 - rasmda kompaniya boshqaruv va biznes jarayonlarini yuqorida bayon
etilgan servisga yo‘naltirilgan arxitektura prinsiplari asosidagi taqsimlangan
axborot tizimini bosqichma-bosqich yaratish bo‘yicha fikr va mulohazalar
keltiriladi. Bosqichlarda amalga oshiriladigan vazifalar bloklarda keltirilgan va
ortiqcha izohni talab qilmaydi.
Quyida misol tariqasida kompaniya boshqaruv jarayonlarining avto-
matlashtirilgan tizimini SYA konsepsiyasi asosida yaratishda hal qilinadigan
masalalar va ularning yechimi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Kompaniya boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda yuzaga keladigan
asosiy muammolarni quyidagicha izohlash mumkin:
- aksariyat yirik kompaniyalarda boshqaruv va mahsulot ishlab chiqarish
faoliyatlarining hamma jihatlarini hisobga olib ish yuritadigan samarali boshqaruv
tizimi mavjud emas;
- mavjud tizimlar integrallashmagan holda faoliyat yuritadi;
- kompaniya miqyosida uning funksiyalarini (servislarini) tartibga keltirish,
modernizatsiyalashtirish, funksiyalarining joylarda qaytarilishini oldini olish va
yo‘qotish muammmolari yetarlicha yechilmagan.
152
3.4 – rasm. Kompaniyaning SYA tamoyillari asosidagi taqsimlangan
axborot tizimini yaratish bosqichlari
SYA negizidagi boshqaruv tizimiga o‘tishdan asosiy maqsad axborot
texnologiyalari asosidagi faoliyatni yaratish uchun ajratilgan investitsiyalar
miqdorini saqlab qolish va undan chetga chiqish mumkin emasligi kabi
muammolar kiradi.
Tanlangan predmet sohasini o'rganish va tahlillash asosida
mahsulot ishlab chiqarish va boshqarish (biznes) tizimini
shakllantirish va uni dekompoziciyalash (tizimostilariga
ajratish)
Tizimostilarining faoliyatini o'rganish va tahlillash
Tizim komponentalarini va ularning axborot modellarini
spesifikasiyalash
Servislarni aniqlash, identifikasiyalash va spesifikasiyalash
Servislarni tizim komponentalari bo'yicha kompanovka qilish
ya'ni, har bir tizimostisining faoliyatini tashkil etish uchun
qanday servislar kerak bo'lishini aniqlash, ularni servislar
reestridan topib, har bir tizimostisi uchun “kompozit” (bir necha
servislar to'plami) servislarni shakllantirish
Servislarni Orkestrovka rejimida faoliyatini tashkil etish va
monitoringini olib borish
153
Bunga erishish uchun:
a) kompaniyaning axborot texnologiyalari asosidagi faoliyatini modullik
negizida bosqichma-bosqich yaratib borish:
- uning mavjud servislarini (ilovalarini) evolyusion tarzda (talabga binoan
biznes jarayonlarining rivojlanishiga muvofiq) modullik prinsipi asosida
yaratilayotgan tizim sharoitiga moslash;
- kompaniyaning har xil platformadagi dislokatsiyalangan ilovalarini
birlashtirish va kompaniya miqyosida platformaga bog‘liq bo‘lmagan yagona
axborotlashtirilgan boshqaruv muhitini yaratish;
- tashqi tashkilotlarni taqdim etiladigan servislardan sodda, ishonchli va bir
tizim sharoitidagidek foydalanishlariga erishish;
b) kompaniyaning axborot texnologiyalari asosida ishonchli ishlashini
ta’minlash, bir tizimosti yoki element ishdan chiqqanida tizim ishonchli ishlashini
davom ettirishiga erishish kabi masalalar yechilishi kerak bo‘ladi.
SYA yondoshuvini belgilaydigan muhim talablar:
- servislar va ular taqdim etilishini ta’minlaydigan so‘rovlarni ma’lum bir
belgilangan formatlarda shakllantirish;
- SYA muhitida servislar va komponentalar orasida axborot almashuv
jarayonlarida ishtirok etadigan boshqaruv va biznes ma’lumotlarini
unifikatsiyalash, ya’ni ma’lum bir belgilangan formatlarda shakllantirish;
- SYA elementi deb qaraladigan hamma korporativ ilovalarni ma’lumot
almashuv «shina»siga ulash (ya’ni, ularni «shina»ga kirish huquqi bilan
ta’minlash.
Boshqaruv va biznes-jarayonlariga tegishli unifikatsiyalangan ma’lumotlar
eng quyi darajani tashkil etadi va ular butun tizimning «axborot fundamenti»
hisoblanadi.
Boshqaruv tizimi alohida mustaqil platformada yaratilishi va bir necha
ilovalardan tarkib topishi («Foydalanuvchi» avtomashlashtirilgan ish joyi (AIJi),
«Ekspert AIJi, «Administrator «AIJ»i va b.) va korporativ tarmoq imkonidan
foydalanib, kirishga ruxsat etilgan servislarni taqdim etishi mumkin.
154
Yuqorida qayd etilganidek, SYA ning asosini Web-servislar tashkil etadi.
Ularni ifodalash, izlash, bir-biri bilan muloqotini tashkil etish maxsus standartlar
orqali aniqlanadi.
Web-servislar bir necha texnologiyalardan foydalanishni talab etadi:
- XML tili - Web-servislar yaratiladigan fundament;
- SOAP (Simple Object Access Protocol) - Web-servislarga so‘rov for-
matini aniqlab beradi, ya’ni Web-servis va foydalanuvchi orasidagi ma’lumotni
maxsus «konvertga» joylaydi. Ma’lumot ma’lum bir amalni bajarish uchun so‘rov
yoki bajarilgan amalning javobi bo‘lishi mumkin;
- WSDL (Web Services Description Language) - XML tiliga asoslanadi va
Web-servislarning interfeyslarini, ma’lumot hamda muloqot turini va bog‘lanish
protokolini aniqlaydi. Mutuxassis servisni yaratishdan avval uni WSDL tilida
ifodalaydi - bunda Web-servis manzili, qanday protokol asosida bog‘lanishi
mumkinligi, qanday operatsiyalar bajara olishi, so‘rov va javob formatlari
ko‘rsatiladi;
- UDDI (Universal Description, Discovery and Integration) - Web-
servislarning reestrini shakllantiradi va izlash mexanizmi bilan ta’minlaydi. Ish
yuritish ma’lumotlarini tartiblash va saqlash hamda Web-servis interfeyslarini
belgilaydigan ko‘rsatkichlarni topishda foydalaniladi.
Internet tarmog‘i asosida muloqotda bo‘ladigan ushbu texnologiyalar va ular
asosida yaratilgan dasturlar bir-birlarini aniqlashi, aloqa o‘rnatish axborotlarini
topishi, qanday model qo‘llanilishi (so‘rov/javob yoki murakkabroq ketma-ketlik)
va qanday xizmatlar bajarilishi kerakligi, axborot xavfsizligini ta’minlanishi,
axborot qabulini tasdiqlovchi ma’lumotlar uzatilishi, shartnomalarni tuzilishi kabi
jarayonlarni birgalikda amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
3.5
-
rasmda
servisga
yo‘naltirilgan
taqsimlangan
tizimining
umumlashtirilgan sxemasi keltirilgan.
Sxemada servislar virtuallashtirish jarayonlarini va taqsimlangan tizimning
boshqa funksional imkoniyatlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
155
Taqsimlangan tizimining resurslarini boshqarish va taqsimlangan tizim
muhitida foydalanuvchi topshiriqlari (masalalari) bajarilishini ishga tushirish
jarayonlari yagona boshqaruv tizimi tomonidan bajariladi.
Foydalanuvchi dasturiy ta’minoti taqsimlangan tizimning resurslari
to‘g‘risida ma’lumot olish maqsadida ro‘yxatga olish servisiga murojaat qiladi va
mavjud resurslar to‘g‘risida ma’lumot oladi, ya’ni resursga kirish mumkinmi yoki
yo‘q, resursni yuklanganlik darajasi juda kattami (resursga talab ko‘pmi) yoki
yo‘q va x.k.
Foydalanuvchiga resurslar ma’qul bo‘lsa, boshqaruv tizimiga xabar beradi
va u ishga tushirish xizmatiga foydalanuvchi masalasini ishga tushirish to‘g‘risida
so‘rov yuboradi.
So‘rovlarni ishga tushirish xizmati navbatdagi so‘rovni topshiriqlarni
taqsimlash xizmatiga uzatadi (ko‘p hollarda ushbu xizmat “rejalashtirish” xizmati
deb yuritiladi).
Topshiriqlarni taqsimlash xizmati resurs taqdim etadigan xizmat bilan
bog‘lanadi va undan masalani bajarishga kerak bo‘ladigan resurslar qanday
holatda ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘raydi.
So‘ng topshiriqlarni taqsimlash xizmati taqsimlangan tizimdagi topshiriqni
bajarishga kerak bo‘ladigan hamma resurslar to‘g‘risida ma’lumot so‘raydi va ular
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, virtuallashtirilgan resursga kirish mumkinligiga
ishonch hosil qiladi.
Agar masalani yechish uchun kerak bo‘ladigan resurslardan foydalanish
imkoni mavjud bo‘lsa, rejalashtirish xizmati eng yaxshi resurslar to‘plamini
tanlaydi va ular to‘g‘risidagi ma’lumotni topshiriq bajarilishini boshlash so‘rovi
bilan resurs taqdim etuvchi servisiga uzatadi. U “Ha” javobini berib, resurslarni
ishga tushirish xizmatiga murojaat qiladi va so‘rovni bajarilishi boshlanadi.
156
Do'stlaringiz bilan baham: |