t
;
- xizmatdan foydalanish narxi - S;
- AKT ning so‘rovga “sezgirligi - T
s
;
- so‘rovni bajarish vaqti – T
b
va AKT sifatli ishlashini belgilaydigan boshqa
mezonlar qo‘llanilishi mumkin.
164
Quyida misol tariqasida «so‘rovni bajarish vaqti» mezon ko‘rsatkichi
xususiyatlari batafsilroq yoritiladi.
So‘rovni bajarish vaqti umuman olganda tasodif qiymatga ega, chunki
foydalanuvchining so‘rovini bajarishda AKT ning deyarli hamma komponentalari
ishtirok etadi va so‘rovni qayta ishlash uchun ketadigan vaqt ularning holatiga
bog‘liq.
Internet tarmog‘i asosidagi xizmat (ya’ni, Web-servis) OSI modeli amaliy
sathining HTTP protokoli hamda transport sathi TCP protokoli negizida taqdim
etiladi. Ushbu xizmatga so‘rov amalga oshirilishida quyidagi bosqichlar bajariladi:
1) xizmat saqlanayotgan Web-server kompyuterining IP manzilini qidirish.
Bu bosqichda yuzaga keladigan kechikish vaqti tarmoqda ma’lumot uzatish
tezligiga va adreslar nomi saqlanadigan domen server (DNS –server) ining ishlash
tezligiga bog‘liq bo‘ladi;
2) server bilan bog‘lanish.
Bu jarayonda TCP protokolidan foydalaniladi, dastlab xizmat saq-
lanayotgan server bilan aloqa o‘rnatiladi. Kechikish vaqti foydalanuvchi va server
oralig‘idagi tarmoq xarakteristikalariga bog‘liq bo‘ladi. Bog‘lanish jarayonida
quyidagi bosqichlar bajariladi - foydalanuvchi tomonidan bog‘lanish paketi
jo‘natiladi, serverdan bog‘lanishga rozilik paketi qabul qilinadi va qabul
qilinganlik to‘g‘risidagi paket foydalanuvchi tomonidan yana serverga jo‘natiladi;
3) so‘rovni jo‘natish.
Bosqichni amalga oshirish uchun ketadigan vaqt foydalanuvchi tomonidan
so‘rovni shakllantirish va uni jo‘natish uchun sarflanadigan vaqt bilan o‘lchanadi;
4) javobni kutish.
Bosqich davomida foydalanuvchi so‘rovi server kompyuteri tomonidan
qayta ishlanadi va javob tarmoq orqali uzatiladi. Kechikish vaqti tarmoqdagi
kechikish va xizmatni quvvati bilan o‘lchanadi;
5) javobni olish.
165
Bosqichda so‘ralgan xizmat paket texnologiyasi asosida qabul qilinadi.
Bosqichga ketadigan vaqt tarmoq tomonidan kiritiladigan kechikish va xizmatning
hajmiga bog‘liq bo‘ladi;
6) TCP bog‘lanishning yopilishi - juda kam vaqt talab etadi.
Shunday qilib, NTTR so‘rovi amalga oshirilishida quyidagi kechikishlar
yuzaga kelishi mumkin:
- har xil ma’lumot uzatish muhitlari tomonidan yuzaga keladigan ke-
chikishlar - so‘rov foydalanuvchi kompyuteridan, to xizmat saqlanadigan server
kompyuteriga simsiz, kabel va optik tolali muhit orqali uzatilishi mumkin;
- foydalanuvchi kompyuteri va xizmat saqlanadigan server kompyuteri
hamda oraliq kommunikatsion markazlar (aloqa tugunlari) orasidagi masofaga
bog‘liq kechikishlar. Vaqt o‘tishi bilan tarmoq topologiyasi o‘zgarishi natijasida
paydo bo‘ladigan qo‘shimcha faktorlar kechikishlarning o‘zgarishiga sabab
bo‘ladi.
- tarmoq apparat-dastur vositalari tomonidan yuzaga keladigan kechi-
kishlar.So‘rov signalini foydalanuvchidan, to xizmat saqlanadigan server
kompyuteriga uzatish yo‘lida, u bir necha router, kommutator va boshqa tarmoq
qurilmalaridan o‘tishi mumkin. Ularning har biri tarmoqdagi kechikish
variatsiyasiga o‘zining hissasini qo‘shadi, chunki ularda yuklamaning hajmi har xil
bo‘lishi va ularda har xil yordamchi qurilmalar ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
Boshqa mezon ko‘rsatkichlarini ham shunday tasodif funksiyalar orqali
ifodalash mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, foydalanuvchi so‘rovi «kompozit
servislar» asosida bajariladi, so‘rovni har xil sifat darajasida amalga oshirish uchun
har xil turdagi «kompozit servislar»ni shakllantirish kerak bo‘ladi. Bunda ularning
sifat ko‘rsatkichlari tanlangan mezon ko‘rsatkichining qiymati orqali aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan modelni AKT xizmatlarini taqdim etish jarayonlarida
qo‘llashni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
166
Ko‘p hollarda AKT xizmatlari provayderlar tomonidan taqdim etiladi.
Bunda har bir provayder o‘ziga tegishli bo‘lgan xizmatlarni shakllantiradi va
taqdim etish shart-sharoitlarini belgilaydi.
Lekin foydalanuvchi so‘rovida talab etilgan xizmat provayder taqdim
etadigan xizmatlarning tarkibida bo‘lmasligi mumkin. Bunday xolatlar provaydr
tomonidan bajarilmagan so‘rovlarning sonini ko‘payishiga olib keladi. Ushbu
ko‘rsatkich har bir provayder uchun salbiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Muammo servisga yo‘naltirilgan arxitektura uslubini qo‘llash negizida
yechilishi mumkin (3.7 – rasm).
Unga muvofiq SYA andozalariga asoslangan holda AKT provayderlari
xizmatlarining reestri shakllantiriladi va u Internet tarmog‘iga o‘rnatiladi. Agar
ma’lum bir provayderga kelgan so‘rov bajarilmay qolish xavfi paydo bo‘lsa (ya’ni,
so‘ralgan xizmat turi provayderda mavjud bo‘lmaganida), u tarmoq orqali SYA
reestriga murojaat qiladi.
Reestr so‘ralgan xizmat qaysi provayderda borligini, uni taqdim etish yo‘lini
va shartini provayder orqali foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Foydalanuvchi
hamma shartlarga rozi yoki rozi emasligi to‘g‘risida tarmoq orqali reestrga
ma’lumot yuboradi.
Shart bajarilganida boshqa provayderdagi xizmat turi so‘rov kelgan
provayder orqali foydalanuvchiga taqdim etiladi va so‘rov bajariladi.
Natijada ikkala provayder ham foyda ko‘radi. Quyida taklif etilgan usulning
samaradorligini aniqlash bo‘yicha yaratilgan algoritmning sxemasi yoritiladi.
Axborot-kommunikatsiya tarmog‘i xizmatlarini servisga yo‘naltirilgan
arxitektura uslublari asosida taqdim etishning samaradorligini aniqlash masalasini
formallashtirish va uning yechimini izlash ko‘zlangan maqsadga olib keladi.
167
3.7 – rasm. AKT provayderlari tomonidan taqdim etiladigan
xizmatlarni servisga yo‘naltirilgan arxitektura uslubi
negizida taqdim etish sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |