392
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
likasining fuqarolari» iborasi bilan faqat voyaga yetgan, muomala layoqatiga
ega shaxslarni nazarda tutadi. O‘z-o‘zidan ma’lumki voyaga yetmagan, ruhiy
kasal shaxslar bunday huquqdan foydalana olmaydilar.
Kengaytirilgan sharhlash qonun normasi matnining mazmuni uning
mantiqiy ma’nosidan tor bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasining 112-moddasida «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qo-
nunga bo‘ysunadilar», deyilgan. Bunda qo‘llanilgan «sudya» iborasining haqiqiy
ma’nosi keng tushuniladi. Qonun chiqaruvchi idora «sudya» iborasi orqali faqat
sudyalarni emas, shu bilan birga xalq maslahatchilarini ham mustaqilligini va
faqat qonunga bo‘ysunishini nazarda tutgan.
Shunday qilib, huquqiy normalarni sharhlash, huquq yaratuvchi organ-
ning normativ-huquqiy hujjatlarda mujassamlangan irodasining haqiqiy ifodasi
bilan huquqiy normaning so‘zda ifodalangan ma’nosini aniqlash va tushuntirish
orqali, huquqning to‘liq tatbiq etilishiga ko‘maklashadi. Aholining huquqiy nor-
malar mazmunini teran anglashga, ularga qat’iy amal qilishga, huquqiy tarbiya
va huquqiy madaniyatning yuqori saviyada bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |