399
XIX bob.
Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
tizimga (huquqiy oilaga) kiruvchi davlatlarning qonun chiqaruvchi organlari
huquqiy hujjatlarning matnini yaratishda bir xil yuridik konstruksiyalardan,
normativ materialni shakllantirish usulidan, ularni tartibga solish va tizim-
lashtirishning o‘xshash uslublaridan foydalanadilar.
Hozirgi zamonda faoliyat yuritayotgan asosiy huquqiy tizimlarni tas-
niflashda huquqshunos tafakkur yuritib, uncha ko‘p bo‘lmagan huquqiy tizim-
lar tahlili bilan cheklanishi lozim. Chunki, kimki tasniflash chog‘ida
sayyoramizdagi barcha huquqiy tizimlarni qamrab olishga intilsa, u juda katta
empirik material ummoniga g‘arq bo‘lib ketadi. Bugungacha mavjud biron –
bir xalqaro ensiklopediyada dunyodagi barcha huquqiy tizimlar ro‘yxati to‘la
aks ettirilmagan.
Huquqiy tizimlar tahlili bilan shug‘ullanadigan huquqshunos, eng avvalo,
tarixan tarkib topgan asosiy (shajarani boshlab beruvchi) huquqiy tizimni
aniqlab olishi, so‘ngra uning geografik yoyilishini, ya’ni resepsiya qilinganligini
kuzatishi (o‘rganishi) lozim. Agar dunyo huquqiy xaritasiga e’tibor bilan razm
solinsa, davlatlarning uchdan ikki qismi ikki asosiy huquq tizimiga (huquqiy
oilaga): roman-german va ingliz huquqiy tizimlariga daxldor hisoblanadi.
Tasniflash mezoni sifatida quyidagi asoslar olinadi:
birinchidan, huquqiy
tizimning geografik jihatdan qanchalik keng yoki tor yoyilganligi,
ikkinchidan,
huquqiy tizimning tarixiy ildizlari va rivojlanish yo‘llari;
uchinchidan, tizim
tarkibidagi yuridik institutlar va huquqiy tarmoqlar hisobga olinadi. Ushbu
mezonlardan foydalanishda madaniy, etnik, milliy, geografik, diniy, huquqiy-
texnikaviy, huquqiy-uslubiy va hokazo omillar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Huquqiy tizimlarni tasniflashning mazmuni buning uchun tanlab olinadi-
gan mezonga bog‘liq bo‘ladi. Bunday mezonlar yana formal – yuridik, ma’rifiy
(sivilizatsiyali), ma’naviy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy (formatsiyaviy)
bo‘lishi mumkin. Bu mezonlarning turli kombinatsiyalarda qo‘llanilishi zamo-
naviy qiyosiy huquqshunoslikda tasniflashning o‘ziga xos jihatidir. Chunki, bitta
mezon dunyoning yuridik xaritasi haqida mufassal bilim hosil qilishi mushkul.
Masalan, hozirgi Xitoyning huquqiy tizimi
formal – yuridik mezonga ko‘ra,
roman-german huquqiy oilasiga taalluqli bo‘lsa,
ma’rifiy va ma’naviy mezonga
muvofiq – an’anaviy (odat huquqi tizimiga) tizimga,
ijtimoiy-siyosiy mezonga
binoan – sotsialistik huquqiy oilaga mansubdir. Ba’zi mamlakatlarning huquqiy
tizimi o‘z tarixiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra hech bir huquqiy oilaga mos
kelmaydi. Masalan, Shotlandiyaning huquqiy tizimi umumiy (anglo-sakson)
huquq bilan kontinental (roman-german) huquq tizimlarining uyg‘unlashgan
ko‘rinishi sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, anglo-sakson va roman-ger-
man tizimlarining uyg‘unlashgan ko‘rinishi AQSh ning Luiziana shtati, Kana-
daning Kvebek provinsiyasida kuzatiladi. Hozirgi Isroilning huquqiy tizimi uch
Do'stlaringiz bilan baham: |