394
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
yidagi izohlarni uchratish mumkin. «Sistema» – yaxlit bir butunlik sifatida
tashkil topgan obyektni ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya. Odatda, siste-
mani eng umumiy tarzda elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar birligi sifatida
ta’riflaydilar. «Sistema» tushunchasi o‘z ma’nosiga ko‘ra «aloqa», «element»,
«butun», «birlik», «struktura», (elementlar o‘rtasidagi aloqalar sxemasi)
tushunchalari bilan bog‘liq. Ushbu o‘rinda sistemali tadqiq etishning asosiy
vazifalari: sistema elementlari, aloqalari va strukturasini, elementlar o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ajratishdir. Sistemaning mohiyatini metodologik tushunishga ko‘ra
sistemalilik obyekt va hodisalarning o‘z xossasi deb emas, balki faoliyatning
aniq bir maqsadga yo‘naltirilishi, tafakkurni tashkil etish sifatida ta’riflanadi
1
.
Shunday qilib, sistema atrof-muhitdan, ijtimoiy hayotdan ajratib olingan
o‘zaro ichki munosabat va aloqalar asosida birlashgan bir qancha elementlar va
ular tarkibiy tuzilmalarining yaxlit bir butunligidir
2
.
Yuridik adabiyotda yer yuzasida mavjud milliy huquqiy tizimlarni umumiy
tarzda ifodalash uchun
«dunyoning huquqiy xaritasi», «dunyoning yuridik
geografiyasi», «huquqiy tizimlarning hamjamiyati» (uyushmasi) degan ibora-
lar qo‘llaniladi. Mazkur kategoriyalar turli-tuman yo‘nalishdagi milliy huquqiy
tizimlarning miqdor jihatdan katta qismini o‘z qamroviga olishi – masalaning
bir tomoni. Ularning bundan-da muhim ikkinchi tomoni shundaki, bu terminlar
ijtimoiy va tarixiy notekis shakllangan hamda turlicha rivojlanish bosqichida
bo‘lgan huquqiy tizimlarni bir sinxron turkumga birlashtirib o‘rganish imko-
nini beradi. Shu narsaga e’tibor qaratish joizki, turli mamlakatlarning huquqiy
tizimi, ayniqsa, qonunchiligi turfa tillarda, turli yuridik texnika qoidalari aso-
sida va ma’naviyati, e’tiqodi, tarkibiy tuzilishi har xil bo‘lgan jamiyatlar uchun
yaratiladi
3
. Bular ularni differensiyalashga, farqlashga asos bo‘luvchi jihatlardir.
Afsuski, «huquqiy tizim» kategoriyasini tahlil etganda ba’zan olim-
lar «huquq tizimi» ning tor doirasida fikr yuritadilar. Ammo, huquq tizimi
o‘z tarkibiga huquq sohalari, huquq institutlari, huquq normalarini qamrab
olgani holda huquqiy tizimning birgina elementini tashkil etadi. Ma’lumki,
faqat huquqiy normalarning yig‘indisi huquqiy tizimni to‘la aks ettira olmaydi.
Huquqiy tizim «huquq tizimi»ga nisbatan ancha keng, serqirra, murakkab ijti-
moiy hodisadir.
Chexiyalik olim, akademik Imre Saboning talqiniga ko‘ra, «huquqiy tizim
tushunchasi muayyan huquq tiliga tegishli bo‘lgan alohida tizimlarni ifoda-
lashga xizmat qiladi», bunda gap «huquq normalarining oddiy yig‘indisi emas,
1
Fаlsаfа: qоmusiy lug‘аt // Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir Q. Nаzаrоv. – T., 2004. – 370-bet.
2
Qаrаng: Оdilqоriyev Х.Х. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining qоnunchilik tizimi. – T., 2008. – 16–17-betlar.
3
Qаrаng: Давид Р., Жоффре – Спинози К. Основные правовые системы современности. – М., 1996.
– 18-bet.