Rasmiy sharhlash – qonun bilan sharhlash vakolati berilgan davlat
organlari tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash bo‘lib, u hamma uchun
umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Sharhlanayotgan huquq normalarining
umummajburiyligi sharhlayotgan subyektning holatiga, huquqiy maqomiga
bog‘liq bo‘ladi.
Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda
normativ (umumiy)
va
kazual turlarga bo‘linadi.
Normativ sharhlash umumiy xarakterga ega bo‘lib, uning natijalari
huquqni qo‘llashda majburiy ahamiyatga ega. Normativ sharhlash yangi huquqiy
normalarni yaratmaydi, balki harakatdagi huquqiy normalarning mazmunini
tushuntiradi. Bunday sharhlash natijalari huquqni tatbiq etish jarayonida umu-
miy qoida sifatida qabul qilinadi, cheklanmagan miqdorda hayotda vujudga
keluvchi ijtimoiy munosabatlarga qo‘llanadi hamda huquqiy munosabatlar
ishtirokchilarining keng doirasiga taalluqli bo‘ladi. Normativ sharhlash tarki-
bida
Do'stlaringiz bilan baham: |