Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet445/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

308

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o‘rnatishning muhim 

vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat subyektlarining 

manfaatlariga mos keladi. Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulo-

salarni chiqarish mumkin:

1) huquqiy munosabatlar – ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo‘lib, 

ular ustqurmaning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish mu-

nosabatlari zamirida vujudga keladi va takomillashib boradi;

2) huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, jamiyat hayotiga, ishlab chiqarish 

jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;

3) huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida paydo bo‘ladi (o‘zgaradi 

yoki barham topadi) hamda o‘z tabiatiga ko‘ra irodaviy xarakterga ega bo‘ladi;

4) faqat huquqiy normalargina ijtimoiy munosabatlarga qonuniy shakl 

baxsh eta oladi;

5) huquqiy munosabatlar – davlatli jamiyatga xos hodisa. Ular davlat 

siyosati, xohish-irodasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquq vositasida davlat 

ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi; zarur hollarda huquqiy mu-

nosabatlarni ro‘yobga chiqarish, muhofaza etish uchun davlatning majburlash 

kuchi ishga solinadi;

6) demokratik jamiyatda huquqiy munosabatlar, asosan, ixtiyoriy, ongli 

ravishda amalga oshiriladi. Biroq shunday bo‘lsa-da, huquqiy munosabatlar 

doimo davlatning madadiga (kuchiga) tayanadi;

7) huquqiy munosabatlar quyidagi to‘rt unsurli tarkibiy tuzilishga ega: 

huquqiy munosabat subyekti, uning obyekti, huquqdorlik, yuridik majburiyat;

8) huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o‘zgartiradigan 

(rivojlantiradigan) yoki barham toptiradigan hayotiy hodisalar (shuningdek, 

tabiat hodisalari) yuridik faktlar hisoblanadi (chizmaga qaralsin);

9) yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil bo‘lib, davlat xo-

hish-irodasi tufayligina huquqiy ma’noga, ahamiyatga ega bo‘ladi;

10) huquqiy munosabatlar obyektiv va subyektiv huquqni amalga oshirish-

ning alohida shaklidir.

Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlash-

malari, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi turli-tuman 

aloqalarni tartibga solish orqali jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun 

ustuvorligini qaror toptirish, shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatla-

rini huquqiy jihatdan uyg‘unlashtirishga samarali xizmat qiladi.





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   441   442   443   444   445   446   447   448   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish