313
XV bob.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
Huquq instituti huquqiy normalarning alohida guruhi bo‘lib, u ijti-
moiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, huquq ins-
tituti huquqiy normalarning uncha katta bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib,
u ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga soladi. Demak, agar
huquqiy norma huquqiy materiyaning birlamchi elementi bo‘lsa, huquq
instituti esa, uning dastlabki huquqiy umumlashmasidir. Har bir tarmoq
o‘z ichiga bir qator institutlarni qamrab oladi va ular tarmoqning tarkibiy
qismi, bo‘lagi, bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘lib, ayni paytda, muayyan mus-
takillikka ega. Zero, ular ma’lum darajada mustaqil masalalarni tartibga
soladi. Huquq institutlariga misol qilib, ma’muriy huquqda – mansabdor
shaxs instituti; fuqarolik huquqida – da’vo muddati, shartnomalar, oldi-sotdi
institutlari; konstitutsiyaviy huquqda – saylov tizimi, fuqarolik instituti;
jinoyat huquqida – zaruriy mudofaa instituti; oila huquqida – nikoh instituti
va boshqalarni keltirish mumkin.
Huquq institutlarini turlicha guruhlashtirish mumkin. Eng avvalo, biz
ularni huquq tarmoqlari bo‘yicha ajratamiz: ma’muriy huquq institutlari, fuqa-
rolik huquqi institutlari va shu kabilar. Demak, qancha huquq tarmog‘i bo‘lsa,
shuncha yo‘nalishdagi huquq institutlari majmui mavjud. Bunda huquq
tarmoqlari institutlarni turlarga ajratish mezoni vazifasini o‘taydi. Hayotda
shunday bo‘ladiki, muayyan bir ijtimoiy munosabat bir huquq tarmog‘iga oid
institut bilan tartibga solinib qolmay, bir necha tarmoqqa tegishli institutlar
bilan tartibga solinishi mumkin. Shu munosabat bilan ular tarmoq institutlari
va tarmoqlararo institutlar hamda
oddiy va murakkab (kompleks-majmuaviy),
regulyativ (tartibga soluvchi), qo‘riqlovchi va ta’sis etuvchi (mustahkamlovchi)
institutlarga ajraladi.
Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartib-
ga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining umumiy majmui.
Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasi hisoblanadi
va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Ta’kidlash joizki,
ba’zi adabiyotlarda huquq tizimining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy
elementlaridan tashqari yana huquq tarmoqchasi va subinstitutlar ham
ajratiladi. Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga unga bo‘lgan
obyektiv zarurat asos bo‘lib hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o‘z vaqtida
anglab, uni rasmiylashtiradi, xolos. Huquq tarmog‘i qonun chiqaruvchi or-
gan tomonidan o‘ylab topilmay, balki ijtimoiy va amaliy ehtiyoj mahsuli
sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar u yoki bu sohasining sifat jiha-
tidan turdoshligi muayyan huquq tarmog‘ining shakllanishini taqozo etadi.
Shu bois, u yoki bu huquq tarmog‘ining mavjudligi yoki mavjud emasligi
huquqiy tartibga solishga «muhtoj bo‘lgan» ijtimoiy munosabatlarning te-
Do'stlaringiz bilan baham: |