310
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
XV bob. HUQUQ TIZIMI VA QONUNCHILIK TIZIMI.
QONUNCHILIKNI TIZIMLASHTIRISH*
1
Huquqiy voqeliklar talqiniga tizim-
li yondashuv o‘tgan asrning o‘rtalaridan
boshlab, vaqt o‘tgani sayin sezilarli dara-
jada faollashdi. Obyektiv (pozitiv) huquqqa
normalarning oddiy yig‘indisi emas, balki
yuridik normalarning
mukammal tizimi sifatida qarash uning boy ichki
olamini, ijtimoiy vazifasi va tabiatini teran anglash imkonini beradi. Avval
ta’kidlaganidek, huquqning mohiyati, ichki tuzilishi jamiyatning iqtisodiy
va sotsial tuzumiga bog‘liq. Boshqacha aytganda, huquqning tizimi, u bilan
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga, tabiati va ichki
tizimiga bevosita bog‘liq.
Ijtimoiy munosabatlar har qancha turli-tuman bo‘lmasin, ular muayyan
qonuniyatlarga bo‘ysunadi, jamiyatning rivojlanish qonunlari asosida vujudga
keladi va namoyon bo‘ladi. Shu bois ular ham muayyan tizim sifatida mavjud
bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar ham ma’lum darajalar va sohalar bo‘yicha birla-
shadi hamda guruhlanadi. Ularning aynan mana shu umumlashuv (integratsiya)
hamda tabaqalashuv (differensiatsiya), guruhlashuv xususiyati huquq tizimining
ichki mazmunini, botiniy tuzilishini belgilash uchun asos bo‘ladi. Huquqiy
normalarning mazmun jihatdan xususiyatlariga ko‘ra tegishlicha toifalanishi,
o‘zaro bog‘liq guruhlarga bo‘linishi ularning tizimli xususiyatga egaligidan
dalolat beradi.
Yuridik adabiyotda «huquq» va «qonunchilik» iboralari ko‘pincha sinonim
sifatida qo‘llaniladi. Ular o‘xshash voqeliklar bo‘lsa-da, farqli jihatlari, nisbiy
mustaqillik, alohidalik xususiyatlari mavjud. Avvalo, ularning nisbati «maz-
mun» bilan «shakl» nisbati kabidir. Qolaversa,
huquq – normalar yig‘indisi,
qo-
nunchilik esa, normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisidir. Biroq, ularning ham ik-
kisi muayyan tizimlar sifatida faoliyat qiladi. Shu bois mavzu doirasida «huquq
tizimi» va «qonunchilik tizimi» masalalarini tahlil etamiz.
Huquq tizimi – bu huquqning botiniy tuzilishi, uning ichki arxi-
tekturasi, tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligi
*
Mаzkur bоb yuridik fаnlar nоmzоdi Хоjiаkbаr Аdilkаriyev bilаn hаmkоrlikdа yozilgаn.
Huquq tizimi
tushunchasi va
uning tarkibiy
qismlari
1-§.
311
XV bob.
Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
va qismlari o‘rtasidagi munosabat, aloqadorlik hamda nisbatni ifodalaydi.
Huquq tizimi obyektiv tabiatga ega. Buning ma’nosi shuki, mavjud
ijtimoiy munosabatlar va ularning real manzarasi huquq tizimini belgilovchi
omil hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi, yangilanishi huquq
tizimida o‘zining aynan aksini, ifodasini topadi. Shu jihatdan har bir davlat-
ning huquq tizimi mazkur jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning in’ikosi,
ifodasi hisoblanadi.
Ma’lumki, har qanday huquq davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi
hokimiyat vositalari bilan ta’minlanadigan normalar majmuidan iborat. Ayni
vaqtda, bu normalar majmui betartib tarzda jamlangan bo‘lmay, balki uning
qismlari o‘zaro muvofiqlik, bog‘liqlik asosida birlashadi. Bu tizim bir paytda
umumiylik va alohidalik, mustaqillik va bog‘liqlik, o‘xshashlik va farqlanish
xususiyatlariga egadir. Huquq tizimini tashkil etgan normalarning umumiyligi
va birligi ularda ifodalangan
davlat irodasining yagonaligi, huquqiy norma-
lar amal qilib turgan «huquqiy zamin»ning, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy
tartibga solish mexanizmi va bu mexanizm asoslanadigan umumiy qoidalarning
yaxlitligi, shuningdek vazifalari va maqsadlarining mushtarakligi bilan belgi-
lanadi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, huquq tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:
–
birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib
obyektiv ravishda shakllanadi;
–
ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu
tizim qanday ichki «qurilma»dan iboratligini ko‘rsatadi;
–
uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning
muayyan guruhlarga birlashishini ifodalaydi;
–
to‘rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular
birlashgan guruhlarning o‘zaro farqlanishini ko‘rsatadi;
–
beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va o‘ziga xosligi
yuridik normalarning ham ma’lum darajada ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi.
Falsafiy talqindagi «tizimlar nazariyasi»ga ko‘ra, har qanday tizimning
tarkibiy tuzilishi muayyan qoidalar va mezonlar asosida tashkil topadi. Biron-
bir tizimni chuqurroq anglash uchun tizim asosida yotadigan ushbu mezon-
larni aniqlash lozim. Bu huquq tizimini o‘rganish uchun ham zarur bo‘lib,
uning natijasida huquqning nimalarga asoslanib «qurilganligi», huquq norma-
larining jamlanishi (integratsiya) va guruhlarga bo‘linishi (differensiatsiya)
asosida nima yotganligini bilib olamiz. Shu maqsadda adabiyotlarda qator yon-
dashuvlardan foydalaniladi. Genetik yondashuv asosida birlamchi va ikkilamchi
(hosila) mezonlar ajratiladi. Huquqqa nisbatan, avvalo, inson birlamchi mezon
hisoblanadi. Shu ma’noda huquqqa nisbatan turli yo‘llar bilan shakllangan