Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet446/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

309

XIV bob.

 Huquqiy 

munosabatlar

Y

u

ridi

k

 f

а

k

tl

а

r

H

uq

uq

q

a

 m

u

vo

fiq

 

h

ar

ak

a

t

y

ur

id

ik a

k

tl

а

r

y

ur

id

ik 

 

х

аt

ti

-h

a

ra

k

at

ji

n

о

iy

fu

q

a

rov

iy

m

a’m

u

ri

y

in

tizо

m

iy

H

uq

uq

q

a

 x

il

o



h

ar

ak

a

t

Y

ur

id

ik h

a

ra

k

a

t

Y

ur

id

ik h

о

d

isа

H

uq

uq

ni

 o

‘r

n

а

tu

vc

h

i

H

uq

uq

ni

 o

‘z

g

a

rt

ir

u

vc

h

i

H

uq

uq

ni

 b

ek

o

r q

il

u

vc

h

i

Y

u

ridi

k

 f

a

k

tl

а

rni

n

g

 t

a

snif

i


310

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

XV bob. HUQUQ TIZIMI VA QONUNCHILIK TIZIMI. 

QONUNCHILIKNI TIZIMLASHTIRISH*

1

Huquqiy voqeliklar talqiniga tizim-



li yondashuv o‘tgan asrning o‘rtalaridan 

boshlab, vaqt o‘tgani sayin sezilarli dara-

jada faollashdi. Obyektiv (pozitiv) huquqqa 

normalarning oddiy yig‘indisi emas, balki 

yuridik normalarning 

mukammal tizimi sifatida qarash uning boy ichki 

olamini, ijtimoiy vazifasi va tabiatini teran anglash imkonini beradi. Avval 

ta’kidlaganidek, huquqning mohiyati, ichki tuzilishi jamiyatning iqtisodiy 

va sotsial tuzumiga bog‘liq. Boshqacha aytganda, huquqning tizimi, u bilan 

tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga, tabiati va ichki 

tizimiga bevosita bog‘liq.

Ijtimoiy munosabatlar har qancha turli-tuman bo‘lmasin, ular muayyan 

qonuniyatlarga bo‘ysunadi, jamiyatning rivojlanish qonunlari asosida vujudga 

keladi va namoyon bo‘ladi. Shu bois ular ham muayyan tizim sifatida mavjud 

bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar ham ma’lum darajalar va sohalar bo‘yicha birla-

shadi hamda guruhlanadi. Ularning aynan mana shu umumlashuv (integratsiya) 

hamda tabaqalashuv (differensiatsiya), guruhlashuv xususiyati huquq tizimining 

ichki mazmunini, botiniy tuzilishini belgilash uchun asos bo‘ladi. Huquqiy 

normalarning mazmun jihatdan xususiyatlariga ko‘ra tegishlicha toifalanishi, 

o‘zaro bog‘liq guruhlarga bo‘linishi ularning tizimli xususiyatga egaligidan 

dalolat beradi.

Yuridik adabiyotda «huquq» va «qonunchilik» iboralari ko‘pincha sinonim 

sifatida qo‘llaniladi. Ular o‘xshash voqeliklar bo‘lsa-da, farqli jihatlari, nisbiy 

mustaqillik, alohidalik xususiyatlari mavjud. Avvalo, ularning nisbati «maz-

mun» bilan «shakl» nisbati kabidir. Qolaversa



huquq – normalar yig‘indisi, qo-

nunchilik esa, normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisidir. Biroq, ularning ham ik-

kisi muayyan tizimlar sifatida faoliyat qiladi. Shu bois mavzu doirasida «huquq 

tizimi» va «qonunchilik tizimi» masalalarini tahlil etamiz.

Huquq tizimi – bu huquqning botiniy tuzilishi, uning ichki arxi-

tekturasi, tarkibi bo‘lib, u huquqning qanday qismlardan iborat ekanligi 

Mаzkur bоb yuridik fаnlar nоmzоdi Хоjiаkbаr Аdilkаriyev bilаn hаmkоrlikdа yozilgаn.



Huquq tizimi 

tushunchasi va 

uning tarkibiy 

qismlari

1-§.


311

XV bob.

 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.

Qonunchilikni tizimlashtirish

va qismlari o‘rtasidagi munosabat, aloqadorlik hamda nisbatni ifodalaydi. 

Huquq tizimi obyektiv tabiatga ega. Buning ma’nosi shuki, mavjud 

ijtimoiy munosabatlar va ularning real manzarasi huquq tizimini belgilovchi 

omil hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi, yangilanishi huquq 

tizimida o‘zining aynan aksini, ifodasini topadi. Shu jihatdan har bir davlat-

ning huquq tizimi mazkur jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning in’ikosi, 

ifodasi hisoblanadi.

Ma’lumki, har qanday huquq davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi 

hokimiyat vositalari bilan ta’minlanadigan normalar majmuidan iborat. Ayni 

vaqtda, bu normalar majmui betartib tarzda jamlangan bo‘lmay, balki uning 

qismlari o‘zaro muvofiqlik, bog‘liqlik asosida birlashadi. Bu tizim bir paytda 

umumiylik va alohidalik, mustaqillik va bog‘liqlik, o‘xshashlik va farqlanish 

xususiyatlariga egadir. Huquq tizimini tashkil etgan normalarning umumiyligi 

va birligi ularda ifodalangan 

davlat irodasining yagonaligi, huquqiy norma-

lar amal qilib turgan «huquqiy zamin»ning, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy 

tartibga solish mexanizmi va bu mexanizm asoslanadigan umumiy qoidalarning 

yaxlitligi, shuningdek vazifalari va maqsadlarining mushtarakligi bilan belgi-

lanadi.

Tahlillar ko‘rsatishicha, huquq tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:

– 

birinchidan, ijtimoiy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib 

obyektiv ravishda shakllanadi;

– 

ikkinchidan, u yaxlit tizim sifatida huquqning ichki tuzilishini, ya’ni bu 

tizim qanday ichki «qurilma»dan iboratligini ko‘rsatadi;

– 

uchinchidan, huquq tizimi uni tashkil etuvchi yuridik normalarning 

muayyan guruhlarga birlashishini ifodalaydi;

– 

to‘rtinchidan, huquq tizimini tashkil etuvchi yuridik normalar va ular 

birlashgan guruhlarning o‘zaro farqlanishini ko‘rsatadi;

– 

beshinchidan, ijtimoiy munosabatlarning xususiyati va o‘ziga xosligi 

yuridik normalarning ham ma’lum darajada ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi.

Falsafiy talqindagi «tizimlar nazariyasi»ga ko‘ra, har qanday tizimning 

tarkibiy tuzilishi muayyan qoidalar va mezonlar asosida tashkil topadi. Biron-

bir tizimni chuqurroq anglash uchun tizim asosida yotadigan ushbu mezon-

larni aniqlash lozim. Bu huquq tizimini o‘rganish uchun ham zarur bo‘lib, 

uning natijasida huquqning nimalarga asoslanib «qurilganligi», huquq norma-

larining jamlanishi (integratsiya) va guruhlarga bo‘linishi (differensiatsiya) 

asosida nima yotganligini bilib olamiz. Shu maqsadda adabiyotlarda qator yon-

dashuvlardan foydalaniladi. Genetik yondashuv asosida birlamchi va ikkilamchi 

(hosila) mezonlar ajratiladi. Huquqqa nisbatan, avvalo, inson birlamchi mezon 

hisoblanadi. Shu ma’noda huquqqa nisbatan turli yo‘llar bilan shakllangan 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   442   443   444   445   446   447   448   449   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish