306
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha vo-
qeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda
turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo, ularning hammasi
ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt
deb e’tirof etish davlatning xohish-irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy mu-
nosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat vujudga keltiradi.
Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi.
Yuridik faktlar – huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni
vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir.
Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim
rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan aniq
huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.
Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq subyekti), sub-
yektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiy munosabatlarning
zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
sining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqaroning
oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish huquqi amalga oshishi uchun u balog‘at yoshiga
yetganligi hamda muomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik fakt
mavjud bo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – uning kirish imtihonlarini muvaf-
faqiyatli topshirishi, tanlovdan o‘tishi va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qa-
bul qilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyati o‘rtasida
huquqiy munosabat kelib chiqadi.
Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi.
Masalan, nikohni FHDYo (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti – yuri-
dik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mus-
tahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish faktlari (urf-odati)
mavjud. Biroq, bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois, u yuridik fakt
bo‘la olmaydi.
Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi.
Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab:
huquq-
ni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga
bo‘linadi.
Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham
huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Ma-
salan, insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib
chiqishiga sabab bo‘la oladi, shu choqqacha mavjud bo‘lgan huquqiy muno-
sabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni, o‘lgan shaxs bu
munosabatdan chiqib ketadi), mavjud qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy
munosabatlarning barham topishiga asos bo‘ladi.
307
XIV bob.
Huquqiy
munosabatlar
Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab, ikki asosiy guruhga:
yuridik
hodisalar va
yuridik harakatlarga bo‘linadi.
Hodisalar – tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki,
ularning yuz berishi
kishilarning erku irodasi, ongi va ehtiyojiga bog‘liq emas. Masalan, yer qimir-
lashi, bola tug‘ilishi, insonning vafot etishi, yong‘in, sel kabi tabiiy ofatlar va
boshqalar. Mazkur hodisalar huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosa-
batlarga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababdan ular yuridik faktlar,
deb tan olinadi. Odatda, hodisalar huquqiy munosabatning obyektiga ta’sir etadi.
Masalan, yong‘in tufayli uy-joyiga zarar yetgan shaxs bilan tegishli davlat
idoralari, jumladan, sug‘urta idoralari o‘rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi.
Harakatlar – huquqiy munosabat ishtirokchilari irodasi bilan bog‘liq faktlar.
Ular bir necha turga ajraladi:
huquqqa muvofiq va
huquqqa xilof harakatlar.
Amaldagi qonun normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar
bilan tartibga solinadigan harakatlar
huquqiy (huquqqa muvofiq) harakat-
lar, deb ataladi. Huquqiy normalar talablariga zid, ularni buzuvchi harakatlar
huquqqa xilof (g‘ayriqonuniy) harakatlar hisoblanadi.
Huquqqa zid harakatlar o‘z mazmuni va xususiyatiga qarab
jinoiy,
ma’muriy, fuqarolik va
intizomiy-huquqiy bo‘lmagan harakatlarga bo‘linadi.
Huquqiy bo‘lmagan harakat qonunga binoan yuridik javobgarlikni keltirib
chiqaradi. Masalan, jinoyat sodir qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik kelib
chiqadi.
Huquqqa muvofiq harakatlar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
– yuridik aktlar;
– yuridik xatti-harakat.
Yuridik aktlarda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibat-
larni vujudga keltirishi nazarda tutilib sodir etiladi. Bunday harakatlarda huquq
va majburiyatlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish va barham toptirishga qara-
tilgan xohish ifodalandi. Masalan, fuqarolik huquqiy bitimlari, ma’muriy aktlar
shunday aktlar sirasiga kiradi.
Yuridik xatti-harakat kishilar tomonidan huquqiy oqibatlarga olib kelishi-
ni atayin ko‘zda tutmagan holda sodir etiladi, biroq bunday oqibatlar qonunda
nazarda tutilganligi tufayli kelib chiqadi. Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy
asar yaratdi, deylik. Bunda ijodkorning huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishni
istagani yoki istamaganidan qat’i nazar, qonun mualliflik huquqiy munosabat-
lari paydo bo‘lishini shart qilib qo‘ygan. Demak, ijod mahsulining yaratili-
shi – yuridik faktdir.
Yuridik aktlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ularda yuri-
dik ahamiyatga molik asosiy shart – yuridik oqibatlarni ko‘zlab o‘zicha ish
ko‘rishdir.