d) huquqiy munosabat – bu kishilarning o‘zaro subyektiv huquq-
lar va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir. Bu ijtimoiy alo-
qaning alohida shakli. Ya’ni, huquq normalari bilan mustahkamlangan huquq
va majburiyatlar orqali amalga oshadigan aloqadir. Subyektiv huquq egasi –
huquqdor, vakolatli shaxs; yuridik majburiyatlar egasi – majburiyat o‘tovchi
shaxsdir. Har qanday huquqiy munosabatda huquqdor shaxs qarshisida maj-
buriyat o‘tovchi shaxs (inson, tashkilot, davlat idorasi) hozir bo‘ladi. Xuddi shu
ma’noda huquqiy munosabat individuallashgan (ya’ni, shaxsi aniqlangan) aloqa
hisoblanadi.
Shaxsini belgilash
nomma-nom va ijtimoiy vazifani bajarishdagi roliga
qarab ikki ko‘rinishda bo‘ladi.
Shaxsini nomma-nom belgilashda huquq sohiblari o‘z ismi-shariflari,
tashkilotlar esa, o‘zlarining to‘liq unsurlari bilan nomlanadilar. Masalan, nikoh
1
Дудин А.П. Диалектика правоотношения. – Саратов, 1984. – 13-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |