b) huquqiy munosabat – huquq normalarining insonlar xulq-at-
voriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabat. Huquq normasi
bilan huquqiy munosabat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Hayotda faqat yuri-
dik normalarda nazarda tutilgan huquqiy munosabatlargina mavjud. Kishilar
o‘rtasidagi muayyan munosabatlarga huquqiy norma qo‘llanilgach, ular huquqiy
munosabatlarga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini
ixtiyoriy hodisa emas, balki qonuniyatli jarayon deb tushunish lozim. Buning
sharti shuki, huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan,
bevosita huquqiy voqelikdan kelib chiqishi kerak, chunki huquqiy normalar
munosabatlarni tug‘diruvchi sabab bo‘lishdan avval ushbu munosabatlar
ichki rivojlanishning oqibati, ularning zaruriy, mohiyatiga oid maxsus belgisi
bo‘lganligidir
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |