294
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy munosabatlarni ta’riflaganda hamisha e’tibor beriladigan muhim
sifatlardan biri ularning
mafkuraviy tabiatidir. Mafkuraviylikni sobiq totali-
tar tuzumdagi sinfiylik bilan aralashtirib yubormaslik lozim. O‘z mohiyatiga
ko‘ra, mafkura ijtimoiy-siyosiy hayotga oid turli qarashlar, fikrlar va nazari-
yalar tizimidir. Masalan, erkin bozor va tadbirkorlik munosabatlariga o‘tish
g‘oyasi, falsafasi, mafkuradir; davlat va jamiyatning dinga munosabati ifodasi
ham mafkura; aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish
ham davlat va jamiyatning mafkurasi va hokazo. Shuningdek, huquq va unga
mos huquqiy munosabatlar moddiy hayot va moddiy munosabatlarning shakli
sifatida hamisha mafkuraviy hodisalar bo‘lib qolaveradi. Mafkuraviylikning
yana bir xususiyati shundaki, huquqiy munosabatlar, avvalambor, kishilar ongi
orqali o‘tib (huquqiy ong sifatida mavjud bo‘lib), so‘ng real voqelikka aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |